MahmudKoshg‘ariy ijodiy faoliyati boʻyicha annotatsiyalar va ilmiy ish. Abdullayeva Kamola 207-guruh talabasi


Download 156.9 Kb.
bet2/4
Sana19.08.2023
Hajmi156.9 Kb.
#1668364
1   2   3   4
Bog'liq
Abdullayeva Kamola ilmiy ish(2)

Annotatsiya.
Ushbu maqolada pedagogik qarashlarning tarixan shakllanishi haqida so'z boradi. Mutafakkirlarning pedagogikaga oid qarashlari bugungi kun pedagogikasi uchun poydevor bo'lib xizmat qiladi. Ta'kidlash lozimki, aynan Mahmud Sodiq Qoshg'ariyning pedagogik qarashlari maqolamiz uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Mahmud Sodiq Qoshg'ariyning pedagogik qarashlari bugungi kunda ham o'zining muhim ahamiyatiga ega.
Kalit so'zlar: Mahmud Koshg'ariy, pedagogik qarash, fikrlar, pedagogika, ta'lim-tarbiya.
Barchamizga ma'lumki, inson ta'lim-tarbiyasida pedagogika fani muhim rol o'ynaydi. Insonni qay tarzda kamol toptirish, uning odobaxloqiga, xulq-atvoriga "javobgar" fan bu pedagogika desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi. Aytish lozimki, pedagogika fanining shakllanishi bugungi kundan emas, balki qadim tarix davrlariga borib taqaladi. Ushbu fan haqida mutafakkirlar tomonidan bildirilgan fikrlar, turfa mulohazalar pedagogika fanining qiymatini yanada oshiradi. Biz siz bilan tadqiq qilmoqchi bo'lgan maqolada esa Mahmud Sodiq Qoshg'ariyning pedagogikaga oid qarashlari ilgari suriladi.
Mahmud Sodiq Qoshg'ariy XVII-XIX asrlar oralig'ida yashab o'tgan tarixchi, filolog, shoir hisoblanadi. "Tazkirai azizon", "Tazkirai as'hob ul qahf", "Risolayi kasbdor" va shu kabi qator asarlar muallifi sanalmish Mahmud Sodiq Qoshg'ariy "Sodiq" taxallusi ostida ijod qilgan. Bundan tashqari, Mahmud Sodiq Qoshg'ariy yetuk tarjimon hisoblanib, Tabariyning "Tarixi Tabariy", Muhammad Haydarning "Tarixi Rashidiy" kabi asarlari aynan Mahmud Sodiq Qoshg'ariy tomonidan tarjima qilingan. Mahmud Sodiq Qoshg'ariy ijodidan turli janrdagi asarlar o'rin olgan bo'lib, xususan, g'azal, muxammas, ruboiy, masnaviy, qit'a va shu kabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin[10].
Ilmiy adabiyotga sharh.
Sultonova . Z. Devonu lug‘at-it-turk asarida narsa - buyum otlari. Toshkent. 2019.64
Mundarija:
Kirish. BMIning umumiy
tavsifi……………………………………………….2
I.Bob.―Devonu lug‘otit turk‖dagi maishiy buyum otlari………………………7
1.1.Kiyim-kechak
otlari…………………………………………………………7
1.2.Uy-ro‘zg‘or buyum
otlari…………………………………………………..26
II.Bob.‖Devonu lug‘otit turk‖dagi narsa-buyum otlarining morfologik xususiyatlari……………………………………………………………41
2.1. Tub
otlar………………………………………………………………….41
2.2. Sodda yasama
otlar……………………………………………………….44
III.Bob. Amaliyotga tatbiq etilgan dars ishlamalari va slaydlar………………50
Umumiy
xulosa……………………………………………………………….62
Foydalanilgan adabiyotlar
ro‘yxati……………………………………………64

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning ―o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma‘naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi‖1 degan bebaho so‘zlari tilning jamiyatdagi


rolini yorqin aks ettiradi. Zotan, ijtimoiy hayotning barcha jabhalaridagi tarixiy taraqqiyotni tilsiz tasavvur qilish mumkin emas.
O‘zbek tilshunosligi bugungi kunga qadar bir qancha davriy bosqichlarni bosib o‘tdi. Ushbu vaqt oralig‘ida o‘zbek tilining anchayin muammoli, yechilmagan jihatlari tom ma‘noda o‘rganilib, fanga ma‘lum qilindi. Bu yoʻlda tilshunos olimlar barakali faoliyat olib borishdi. Ularning mehnati samarasi o‘laroq o‘zbek tilining leksik, grammatik, morfologik, fonetik kabi sathlarida nazariy manbalar, ilmiy asoslar yaratildi. Ona tilimizning o‘ziga xos serqirra jihatlari namoyon bo‘ldi. Ammo yutuqlar bilan bir qatorda hali o‘rganilish lozim boʻlgan muammolarimiz yetarlichani tashkil qiladi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi orqali o‘zbek tilining tub negizi, ya‘ni
Mahmud Koshg‘ariyning ―Devonu lugotit turk‖ asari va unda keltirilgan narsabuyum otlari keng koʻlamda tadqiq etiladi. Bugungi kunda iste‘molda bolgan
sozlar qomusiy olim davri (XI asr) da qanday nomlangan va hozirga qadar qay tarzda yetib kelganligi mushohada qilinib, oxshash va tafovutlar haqida ma‘lumotlar beriladi. Va, albatta, bir til oilasiga birlashgan millatlar tillari ham organilib, ulardan misollar keltiriladi. Bu esa mazkur narsa – buyum otlarining qadimiy ildizlarini aniqlash, ularning manbalari va evolyutsiyasi bosqichlarini tahlil qilish, shuningdek, bu terminning tilshunoslikdagi tutgan orni va ahamiyatini ilmiy tadqiq etish zarurligini korsatadi. Ana shularning barchasi mazkur ilmiy tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
Tadqiqotning obyekti. ―Devonu lugotit turk‖ asari.
Tadqiqotning predmeti. ―Devonu lugotit turk‖ asarida narsa – buyum otlarining talqini.
Tadqiqotning maqsadi. Narsa-buyum otlarining tarixiy ildizini aniqlash, bugungi kunda qay tarzda ifodalanayotganligini organish ushbu bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadini tashkil qiladi.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari:

  • ―Devonu lugotit turk‖dan narsa-buyum otlarini toplab, tahlil qilish;

  • Narsa-buyum otlarining tarixiy-genetik ildizlarini aniqlash;

  • Narsa-buyum otlarining kiyim-kechak, uy-rozg‘orda qanday nomlanishini yoritish;

  • Narsa-buyum otlarining dehqonchilik va ovchilikda nomlaninishini yoritish; - Narsa-buyum otlarining tilshunoslikda bajaradigan funksiyasini o‘rganishdan iborat. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Mazkur bitiruv malakaviy ishda ozbek tilining ot soz turkumi ma‘noviy guruhlaridan biri – narsa-buyum otlari genezisi aniqlanib, u bilan bogliq ilmiy qarashlar jamlab organildi. Mavzuni yoritishda kitoblar, dissertatsiya, monografiyalar organildi. Hozirgi kunda tarixiy va arxaiklashgan sozlarga alohida ta‘rif berilganligi kabi masalalar aniqlanganligi tadqiqotning ilmiy yangiligi hisoblanadi. Tadqiqotning metodologik asosi va metodlari. Tadqiqotning metodologik asosini Solih Mutallibov tarjimasi hisoblangan ―Devonu lugotit turk‖ asari va undagi narsa – buyum otlari talqini va bugungi kunda qollanilish darajasining qiyosiy tahlilini tashkil etadi. Bu ishda qiyosiy, analiz, sintez, tavsiflash, tasniflash, qiyosiy-tarixiy kabi usullar qollanildi.

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ishning ilmiy-nazariy xulosalari, unda tahlil qilingan faktik material va chiqarilgan umumlashmalardan ozbek tilidagi narsa-buyum otlarining tarixiy-genetik asoslarini chuqur tadqiq etish bitiruv malakaviy ishining ilmiy-nazariy ahamiyatini tashkil etadi.
Tadqiqotning tuzilishi. Kirish, uch asosiy bob, xulosa va foydalanilgan
I.Bob.“Devonu luģotit turk”dagi maishiy uy-roʻzģor otlari.
1.1. Kiyim-kechak otlari

Kiyimlar moddiy madaniyatning asosiy qismlaridan bolib, ularda shu xalqning milliy xususiyatlari va madaniy qadriyatlari namoyon boladi. Har bir xalqning an‘anaviy mashgulot turi (dehqonchilik, chorvachilik,


hunarmandchilik va hokazo), fasl va yoshdagi o‘zgarishlar, hatto osha xalqning fe‘l-atvoridagi nozik tomonlari ham kiyimlarda mujassamlashgan. Kiyimlar tarixning turli davrlarida bolgan ozgarishlar barobarida ozgarib borgan va osha zamonning in‘ikosini ozida aks ettirib turgan
Kiyim insoniyat tarixining ilk davrlarida tashqi ta‘sirlardan muhofaza qilish vositalaridan biri bo‘lgan bolsa, keyinchalik uning vazifa doirasi kengayib, boshqa xususiyatlar ham kasb etdi. Kiyim insonni tashqi ta‘sirlardan muhofaza qilish bilan birga, uning ijtimoiy taraqqiyot faktorlari majmuyini ozida aks ettiruvchi, inson tanasini u yoki bu darajada berkitib, orab, beza turuvchi predmetlar yig‘indisidir. Kiyim ijtimoiy hodisa boʻlib, jamiyat taraqqiy etgan sayin u ham taraqqiy etib, rivojlanib boradi.
Tadqiqotchilar A. Levin-Dorsh va G. Kunovlarning yozishicha, ibtidoiy yovvoyi odam beliga boglagan tasma yoki oyoq-qoliga taqilgan xalqalar ham keng ma‘noda kiyimga kiradi. Hatto badanni boyash (tatiurovka), xom teridan qilingan yopinchiqlar, oʻsimlik yaprogi, qush patlaridan tayyorlangan tutqichlar ham ―kiyimning ibtidosi‖ hisoblanadi4
.
Qadimgi Bozqir turklari kiyim-kechaklarini qoy, sigir, tulki va turli ov hayvonlarining terisidan hamda qo‘y, echki, tuya kabi hayvonlarning junidan tayyorlashgan. Ayniqsa, kigiz yomgir va qorda kiyiladigan ustki kiyimlar, shuningdek, bosh va oyoq kiyimlarini tikishda asosiy xomashyo vazifasini bajargan. Shu bilan bir qatorda, qadimgi turklar boz toʻqishgan, kiyim uchun kendir yetishtirishgan. Turklar tomonidan ishlab chiqarilgan jun gazlamalar va kigizlar Xitoy va boshqa mamlakatlarga eksport qilingan. Mahmud Koshgariy ham ―Devonu lugtit turk‖ asarida qadimgi turklar gilam, jun va ip gazlamalarni qo‘l dastgohlarida toqiganliklari, shoyi gazlamalarni esa Xitoydan olib kelganliklarini qayd qilib o‘tgan. Mahmud Koshgariyning «Devonu lugʻotitturk» asarini sinchklab tadqiq
qilish asosida, Markaziy Osiyolik turkiy xalqlar madaniyatining X-XI asrlardagi
ahvoli qanday saviyada bolganlagini organish mumkin. Xususan, ushbumonumental asarda yuzlab kiyim-kechakka oid sozlarning uchrashi, oʻsha
davrda turkiy xalqlarning nechog‘lik madaniy saviyaga ega bolganligni koʻrsatadi. Turkiy qabila va urugʻlarning bir-biridan farq qiladigan lahjalardagi kiyim-kechaklar atamalari va ularning nomlari ham berilgan.
«Devonu lug‘otit turk» asarida uchraydigan kiyim-kechakka oid sozlarni quyidagicha tasniflash mumkin:

  1. Faslbop kiyimlar.

  2. Аyollar kiyimi: a) bosh kiyimlari b) ust kiyimlari d) oyoq kiyimlari.

  3. Erkaklar kiyimi: a) bosh kiyimlari b) ust kiyimlari d) oyoq kiyimlari.

  4. Bolalar kiyimi. 5. Marosim kiyimlari.

6. Kasb kiyimlari; asosan, jangchilarga xos kiyimlar.
I. Faslbop kiyimlar: 1. اٍٍّ ٍّ - yalma – yopinchiq, paxtali toʻn, Mahmud
Koshgʻariyning fikricha, forslar buni turkiy xalqlardan olib, yalme shaklida ham talaffuz qilganlar. Uning yozishicha, ―arablar forslardan olib, yalmaq shaklida qoʻllaydilar. Chunonchi, kandani ذىٕو kanda ذقٕخ xanda qilib olganlar. Аrab shoirlaridan hech kim bu soʻzni turklar forslardan olgan deb da'vo qila olmaydilar. Chunki men bu soʻzni eng togʻlik chegaralarda yashovchi oddiy turk
xalqlaridan ham eshitganman. Bular boshqa xalqlardan koʻra bu xil yopinchiqqa
muhtojroqdirlar‖. 2. Kizuk وزن yomgʻirda kiyiladigan yopinchiq. 3.Yishim طٍُّ - sovuqda ikki oyoqqa kiyiladigan pocha. 4.Eliklik هٍّىٌا - qoʻlqop. 5.Keduklik kiziz ٍّهٍّوذو وز ص – yomgʻirda yopingʻich qilish uchun tayyorlangan namat. II. Аyollar kiyimlari: А)Bosh kiyimlar 1. Didak ذنٍّد - kelin koʻchganda, yurganda begonalardan yashirinish uchun pinadigan narsa. 2. Koʻshik ووضه - yopish, bekitish yopinchiq ma'nosida. 3. Kiduk وذن - patdan qilinadigan bosh kiyim. 4. Uragʻut burunchuk oʻrindi xotin peshonabogʻ (dakana) oʻradi. 5.
Engak - ىهٔا xotinlar bosh yopinchiqlariga bogʻlaydigan ip, bogʻich. 6.
Saragʻuch سشاغج - xotinlarning boshiga yopinadigan narsalari, roʻmolchalari. 7.
Tulfir - فشٍّج parda. Xotinlar pardasi , bu ipakli gazmollardan ishlanadi.
B) Ust kiyimlar: 1. Yurunlugʻ uragʻut غٍّٔشٍّ اساغث ipak kiyimlik boʻlaklari bor xotin.2 . Terinchak جهٔجش - xotinlarning yengi yopiq ust kiyimi (oʻgʻuzcha).
3. Bagʻirdaq- بغشدق xotinlar koʻkragiga tutadigan narsa (siynaband). 4. Chubra - جبشا eski kiyim (umumiy qoʻllangan). 5. Partu - بشج و yaxtak (bir qavatli ustki toʻn) partuk. Shayx Sulaymon lugʻatida partuk degan soʻz bor. Bunda hozirgi orqasi bogʻichli ish va ovqat mahalda tutiladigan fartuk soʻzi kabidir. Rus etimologik lugʻatida bu soʻz polyak tilidan XVIII asrda olingan deb yoziladi, ammo XI asrda yashagan ajdodlarimiz ham shu soʻzni qoʻllashgan. 6. Qulan لٍّٓ
- kamar ( umumiy) . 7. Sizik- سزن ustki kiyimning bir tomoni. 8. Qur- ل qurshovchi,belbogʻ, kamar. 9. Oʻtran - اجش اْ ishton (bu yagʻmo qabilasida uchraydi). 10. Artigʻ- اسجغ xotinlar kiyadigan nimcha (jeletka). 11. Um - اَ ishton, lozim, shalvar. D) Oyoq kiyimlar: Bukum- بىُ bukum etuk- xotinlar kiyadigan etik, mahsi
(oʻgʻuzcha) oʻgʻuzlardan boshqalar ، ى ٍٓ ىُ mukin, mukim deydilar.
M.Koshgʻariy shunday yozadi: «Men buni toza turkcha deb hisoblamayman, lekin qipchoq va qabilalarning (oddiy kishilari) shunday ataydilar». Tizilduruk - ذسنٌجز mahsining boshiga bezak uchun qadaladigan yaltiroq chaqalar.
Bundan tashqari ayollar kiyimining bir qancha taqinchoqlari mavjud: 1. Suwluq- كٍّسف dastroʻmol. 2. Ulatu - حوٌا dastromol. Va quyidagi zargarlik buyumlari ayollar libosi bilan taqilgan. 1. Tolgʻagʻ- غاغٍّج quloqning yuqorisiga taqiluvchi xotinlar zirak iborasi shundandir. 2. Qawurgan: bu bilazok ol bilik qawurgʻan - بو بالرن هٍّبٌا ٍْلفشغا. Bu bilakuzuk ziragi. Jinju tolgag marvarid har vaqt bilakni siqadi. 3. Bogmaq - كبغ Boʻyintumor, tilla va boshqa narsalardan yasalib, har xil qimmatbaho toshlar va marvaridlar qadalgan, kelinlarning boʻyniga taqiladigan ziynat asbobi. 4. Kimsan - سا وْ doppi va quloqlarga ishlatiladigan, taqiladigan yupqa va girdak oltin kulchalari. 5.Didim- ددَ. Nikoh kechasi kelinga kiydiriladigan toj (qimmatbaho toshlar oʻrnatilgan bosh kiyim).6.Oʻkmak - ه او xotinlarning koʻylaklariga taqiladigan oltin yoki kumushdan qilingan xalqa, zirak. 7. Quz yintu tolgʻadi – ضَل جوٕ ج غادىجٍّ qiz inju va boshqa narsalardan yasalgan zirak taqdi.
III. Erkaklar kiyimi. А) Bosh kiyimlar: 1. Qiymaj-جَّل qiymaj bork- جَّل بشن uzun, mayin, oq echki yungidan qilingan qalpoq. Uni chigillar kiyadilar. 2. Er suwliqin sarindi- اس ٓ مٍّثف ذىٔسش odam sallani boshiga oʻradi. 3. Salqanduruq - مذسقٍّس qalpoq tushib ketmasin uchun unga boglanib, jagtagidan oʻtkazilib qoʻyiladigan chizimcha. Ipakdan toʻqiladi. 4. Qizigligbork - غٍّلز غ بشن atrofi jiyakli, qirgoqlari burama qalpoq. 5. Suqarlaj bork- جٌسمش بشن uzun qalpoq. B) Ust kiyimlari: 1. Toqu-جمو kamar toqasi. 2. Yipkil ton- بىٍّ ٍْجوًАrguvon rangli ton. 3 . Qorin - لوسٍّٓ belbogʻ. 4. Er qaftan yaxsindi - اس ٍْإلفح ذىٕخسٍّ. Odam kaftan kiyimni kiftiga soldi, bogichini (tugmasini) ham bogʻlamadi, qoʻllarini ham yengiga kirgizmadi. Bu soz faqat yelkaga tashlanadigan hirqa va boshqalarga (unga oʻxshash narsalarga) qoʻllaniladi. Navoiyda kaftan sozi xuddi shu ma'noda qollanilgan.
Hirqa aning jismida kaftan bolib,
Kaftanni ton jismi aning jon bolib.
5. Suf - ثوف yungdan qoʻlda toʻqilgan kamar. Fikrimizcha, bu orinda «s» harfining ishlatilishi Mahmud Koshgariyning turk tilida bu tovush ishlatilmasligi haqidagi korsatmasiga ziddir. 6. Er bertlandi -ا س ذىٍّبشج odam kalta paxtalik toʻnli boʻldi. 7. Qurshagʻ- لشضا غ belbogʻ. 8. Qarshag لشضا غ toʻn kengligi. Аning qarshagʻi koʻr - uning choponining kengligini koʻr. 9. Kazindi toʻn - ذىؤز ٍْجو koʻp kiyilgan toʻn ma'nosida. 10. Qaftan - لفح اْ ton ustki kiyim. Bu soʻz rus tilida qoʻllanilib, usmoniy turklardan olingan deb ma'lumot beriladi. 3. 11. Ko‘rk - وشن moʻyna poʻstin. 12. Qars-لشط tuya yoki qoʻy yungidan qilingan kiyim. 13. Er ishtonlandi - اس ذ ٍٕىٍ ٕ اضح odam ishton kiydi. Аsli ichtonlandi. 14 ذ ٍٕىاجح. Ubraq toʻn - ابشا ق ٍْجو eskirgan toʻn ma'nosida.
15.Ichmak - ه اج qoʻzi terisidan qilingan poʻstin. 16. A:z - أا ص oq susar poʻstin.
17.Eshuk- اضه ust kiyim. 18. Ichuk - اجه sobol, olmaxon va boshqa hayvonlarning terisidan qilingan poʻstin. 19. Jengshu- ىطوٕج kalta paxtalik toʻn. 20. Ol qaftanig qurladi- اي غَٔلفح ا لشالد ى u to‘nga belbog‘olib, uni ton ustidan bogladi. 21.Sanch kisirlu- جٕس وسشي sonoch-burdyuk, tursuk.
D) Oyoq kiyimlar: 1. Er bashmaklandi - ا س ذ ٍٕى مبط odam sandal-chuvak kiydi (oguzcha). 2. Etik- اجه etik. 3. Oguq- اغك. Mahsini ayab, ustidan kiyiladigan paytava kabi narsa. 4. Yorganchi - جيٕشوٍّ paytava.
Bolalar kiyimlari deb berilgan sozlar uchramaydi, ammo shu kiyimlarning kichik shakllari shu nom bilan bolalarga ham ishlatilgan bolsa kerak
IV. Marosim kiyimlari: bu haqida quyidagi ma'lumotlarni koʻrish mumkin: 1. Tanguq-ىكٕج. Chavgon o‘yinida koptokni tortilgan orovdan otkazganga beriladigan ipak kiyimlik; shohlar safarga chiqqanda beriladigan taom va ipak kiyimliklarga qoʻllaniladi. Umuman, tanguq sozi tortiq, sovga ma'nosida qollanilgan. 2. Ashuk - اضه shohlar, beklar oʻlganda ularning hurmati uchun qabrlari ustiga yopilib, song faqirlarga beriladigan ipak mato yirtish. 3.Kazut - وزت kiyiladigan kiyim. Kopincha bu soz toyda kelin va kuyov yaqinlariga hurmat yuzasidan kiydiriladigan tonga nisbatan aytiladi. Kezut berdi, ya'ni ton berdi, kiygazdi ma'nosida.
5.Kasb kiyimlari: 1.Yariq- ش قٍّ janglarda kiyiladigan temir ko‘ylak (zirh) va qalqonning har ikkisiga qollaniladigan turdosh ismdir, song ularni farq qilib, temir koylakka kuba yariq وبا شقٍّ, qalqanga say yariq س ش قٌٍّ deyilgan. 2. Yaptach - بحجٍّ yomgirdan, qordan saqlanish uchun yopinadigan yopinchiq. 3. Er bechkamlandi - اس ذ ٍٕى بجى. Odam jang kuni kiyiladigan kiyimlarni kiydi. 4. Tulumlandi - ذ ٍٕ ىٍ ٍّج. Jang kiyimlarini, yaroqlarini kiydi, qurollandi. 5. Er suwluqlandi - اس ذ ٍٕىمٍّسف odam salla oʻradi. 6. Batraq –بحشق uchiga maxsus ipaklik osilgan yogʻoch yoki askar jangda shu bilan ozini belgili qiladi. 7.
Ashuq - اضك temir qalpoq dubulga.
Yuqorida biz devonda uchraydigan kiyim-kechakka oid terminlarni tasniflar ekanmiz, ayrim asosiy terminlarni misol tariqasida keltirish bilan cheklandik. Аslida bunday terminlar ta'kidlab otilganidek ikki yuzdan oshiqdir.
Ushbu tasnif shartli ravishda qilindi. M.Koshgariy aksariyat kiyimkechaklarni jinslarga bolmasdan umumiy qilib beradi. Biz ularning ba'zilarini funksiyasiga yoki Koshgariy keltirgan misollarga tayanib shunday tasniflashni lozim topdik.
Shuningdek,«Devonu lugʻotit turk»da kiyim kechak bilan bog‘liq maqollar ham uchraydi:
1.Tawgach xanning turqisi telim tenglamazib bichmas:

Download 156.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling