MahmudKoshg‘ariy ijodiy faoliyati boʻyicha annotatsiyalar va ilmiy ish. Abdullayeva Kamola 207-guruh talabasi
Download 156.9 Kb.
|
Abdullayeva Kamola ilmiy ish(2)
Kiyim-kechak qismlariKiyim-kechak va mato nomlari leksikasi, o‘z navbatida, quyidagicha kichik mavzuviy guruhlarga bo‘linadi: Mato nomlari, ust kiyim nomlari, kiyim-kechak qismlari nomlari, kiyimkechak tikishda qollaniladigan xomashyo, buyum nomlari, bosh kiyim nomlari, oyoq va qoʻlga kiyiladigan kiyim nomlari, ich kiyim nomlari, sep nomlari. ―Devon‖da kiyimga oid atamalarning koplab shakllari mavjud. Kiyim sozi ma‘nosining tarixiy rivojini organish shuni korsatadiki, bu nom hozirgi ma‘noda, ammo boshqacha fonetik shakllarda Orxun-Enasoy yozma yodgorliklaridan boshlab XIII-XV asrlar manbalarida kadim // kazim kadgu // kazgu tarzida, umuman, ustga kiyiladigan libos ma‘nosida uchraydi. Eski oʻzbek tilida kadim // kazim variantining kayim, kiyim talaffuziga otishi prof. S.Ye.Malov tomonidan toʻģri aniqlangan Har qanday kiyim, masalan, chopon, koʻlylak, doppi bir yoki bir necha bolak matolardan tikiladi. Kiyim-kechak qismlari har qaysi tur kiyimda bir necha xil bolib, kasb ustalari ularni nomlash uchun umumxalq tilidagi sozlardan foydalaniladilar. Lugatda esa ular quyidagi nomlar bilan ifodalangan: Bogʻich turlari: Boʻruk – xaltaning ogʻzini bogʻlaydigan bogich yoki ishtonbog(I, 366); bogʻmaq – koylak bogʻichi (I, 433); ilarsoʻk – ishtonbogʻ, torvaning bogi va, umuman, narsalarni yigib boglash uchun maxsus ipdan qilingan bogich (I, 406); bogʻ ol toʻrgak chekdi – u boxchaning bogini bogladi (I, 433. II, 29). Qadimda tugmalar bo‘lmagan davrda libosning old qismini yopish uchun maxsus toʻqilgan bogʻichdan foydalanishgan. Otmishda xalta koylak, mullacha koʻylaklarga yoki oʻyindigʻining chetlariga ingichka jiyak tutilib, ikki yelka chetida bog‘chlar bogangan. Bu qadimiy turkiy soz bolib, yodgorliklar tilida bavuz (S.Ye. Malov, 367), ―Muqaddimatul al-adab‖ da qorin bogʻi (брючная повязка), bilak bogʻi (ручная повязка), qoʻlbogʻ (браслет), qilich bogʻi (ремень меча) kabi tarzda berilgan. Demak, bogʻich soʻzi otmishda har bir narsani bogish, bogʻlash, tugishga nisbatan ishlatilgan. Yeng nomlari: Yeng – yeng, kiyim yengi (III, 373): Yeng yosodi koʻnglakka (Приладил рукава к рубашке) (Поппеб 291) 7 M. Кошғарий. Девону луғотит турк. Taржимон ва нашрга тайёрловчи С.М. Муталлибов. – Tошкент: ФзФА Bolsa yonimda bir harifi zarif, tut yengidan dagi charog sondur (S. Saroyi, 375)9 . Navoiy, Bobur va boshqa mumtoz janr ijodkorlarining asarlarida ham bu soz asosiy va kochma ma‘nolarda kop ishlatilgan. 3. Etak nomlari: Soʻzugʻ – koylak etagining ikki tomonidan yoqasigacha bolgan qismi. Soʻzugʻ japib oltirdi – koylakning ikki tomonini oz tarafiga orab, puflab turadi. Bu holat noziklik va ozodalikdan boladi (I, 355). Qudurgʻaq – choponning bir tomoni, orqa etagi (I, 461). Etak – etak (I, 98). Bu soz ―Devonu lugotit turk‖ 10 da toʻn etaklandi – toʻn etakli boʻldi (I, 98); etaklik ton – etaklig kiyim (I, 167) kabi birikmalar tarkibida keladi. Hozirgi zamon turkiy tillarning deyarli barchasida (fonetik talaffuzni hisobga olmaganda) etak sozi uchraydi: edak (ozarb.); etek (turkm.); etek (qirg.); etek (qozoq); adaq (uryanxay); idek (xakas). Etak sozi ishtirokida ozbek tilida ba‘zi soz birikmalari yasalgan: qoʻsh etak, ilonizi qoʻsh etak, etakli kamzul va shu kabi. 4. Belbogʻ va kamar nomlari: Belbogʻ turkiy soʻz boʻlib, bel – odam tanasining oʻrta qismi, bogʻ – bogʻlanadigan narsa. Belbogʻ XI asr tilida qur, qurshagʻ soʻzlari bilan ifodalangan. Aslida qurshagʻ – qurshamoq (oʻramoq) fe‘lidan olingan boʻlib, ―Devonu lugʻotit turk‖ da bu soʻz yana oʻtov ustidan aylantirib bogʻlanadigan jiyak, oʻtov jiyagi, arqoni kabi ma‘nolarda ham ishlatilgan (I, 432). 2.2. Uy – ro‘zģor buyumi otlari Tarixan bizga ma‘lumki, insoniyat ibtidoiy toda davridan buyon ham uyrozgor buyumlarini yasashgan va ulardan foydalanishgan. Keyinchalik esa ular yanada takomillashib, foydalanishga qulay tarzda qayta ishlanib kelavergan. Hozirgi kunga kelib esa uy-rozgor buyumlari bejirim, qulay va chidamli bir korinishga keltirildi. Negaki inson aqli takomillashuvi hayot tarzining tubdan yaxshilanishiga komak berdi. XI asrda ham odamlar svilizatsiyadan ancha yiroqda boʻlishlariga qaramay, turli xil uy-rozgor anjomlaridan foydalanganlar. Jumladan, qomusiy olim Mahmud Koshgʻariy qimmatli asarida ushbu buyumlarning anchagina qismini berib oʻtadi va ularning asl kelib chiqish oʻzagini izohlashga harakat qiladi. Jumladan, k/g, gʻ harflari arabcha fe ‗llar oldiga qoʻshilib, qurol oti yasovchi m harfiga oʻxshaydi. ―Oʻroq‖ ma‘nosidagi جٍْٕ ًْ minjal soʻzi ―ot ordi‖ ma‘nosidagi جًٔ najala fe‘li oldiga m qoʻshilib yasalgan. ―Elak‖ ma‘nosidagi خٍْٕ ٍْ ًٍ munxul soʻzi esa ―eladi‖ ma‘nosidagi حًٔ naxälä fe‘li oldiga m qoʻshib yasalgan. ―Supurgi‖ ma‘nosidagi فْ سٍْٕ minsaf soʻzi ham shundaydir. Ya‘ni سفٔ nasafa (supurdi) fe‘lidan m orttirib yasalgan. ―Taroq‖ ma‘nosidagi قْ شغ اْ ج targʻaq soʻzidagi gʻ ham shundaydir. Ya‘ni taradi fe‘lidan kelib chiqqan. جْ ا ض ashich – qozon; ashich ayur tübüm altun, qamïch ayur mën qaydaman? ―Qozon aytur:tubim oltin, choʻmich aytur: men qaydaman?‖; جْ ٍ ا amach – omoch tarzida ifodalangan. شْ اد idish – qadah, piyola; yagʻmo, tuxsi, yamak, oʻgʻuz va argʻular tilida tos, obdasta, tovoq va laganlarning hammasi idish deyiladi. كْ ا ج ochaq – oʻchoq; قْ اس uruq – arqon deb yuritilgan. هْ ا ج ötük – dazmol; كْ ٍٍّا ayaq – idish; kosa; piyola; oʻgʻuzlar buni bilmaydilar. Ular ayaq oʻrnida yanaq deydilar. ثْ ىُ ٍْ ٍٔ ٍَا angut – sharob quyadigan voronka. س ُو ٍْ جْ ُ ا örkÿch – ustiga qozon yoki idish qoʻyib taom pishiriladigan uch oyoq, dala oʻchogʻi. شَ غْ ٍَا ْagʻran – yer tandir. Quyida qoraqalpoq tilida va ―Devon‖da uchraydigan narsa-buyum otlarini qiyoslab koʻrib chiqamiz: Iyne – tikish uchun temirdan qilingan qurol31. Mahmud Koshgʻariyning ―Devonu lugʻotit turk‖ lugʻatida teman yigna soʻzi ―juvoldizni‖ bildirgan. Teben soʻzi hozirgi qoraqalpoq tilida ―katta igna‖ni bildiradi. Oshaq – soʻzi hovlida gʻishtdan oʻralib, turli taomlar tayyorlash uchun moʻljallangan buyum. Taraq – soch, soqol va boshqa narsalarni tarash uchun moʻljallangan buyum. Mahmud Koshgʻariyning ―Devonu lugʻotit turk‖ida targʻaq shaklida uchraydi. Taraq soʻzi tara fe‘lidan kelib chiqqanligini E.V.Sevortyan alohida ta‘kidlagan. Qazan – ovqat pishirishga moʻljallangan buyum. M. Koshgʻariy lugʻatida ashich soʻzi ―qozon‖ ma‘nosini bildirilgan32 . L. Budagov lugʻatida qazgʻan,kazan, V.V.Radlov lugʻatida yogʻochdan ishlangan qozon quyadigan qolip33 deb izoh beriladi. Bu soʻz oʻzbekcha qozon, uygʻur va qozoq tillarida qazan, qirgʻiz tilida kazan, turkman tilida gazan deb aytiladi. V.G.Igorov bu soʻzning qaz, qazioʻ fe‘li bilan aloqadorligi, u bizga qaz gʻa-qazgʻanqaz/gʻ/anqazan shaklida fonetik oʻzgarishlar bilan yetib kelganligini ta‘kidlaydi34 . L.X.Gʻafurova uni qaz fe‘liga – an qoʻshimchasi qoʻshilishidan hosil boʻlgan desa35, I. Ismoilov bu soʻz turkey tillarda har xil nomlar bilan atalishini qayd qiladi36 . Masalan, oʻzbekcha doshqozon, mahalla qozon, toʻy qozon (kata qozon): uygʻurcha doshqozon//bashqozon, qozoqcha qara qazan, tay qazan (bir toyning goʻshti sigʻadigan qozon); qirgʻizcha dashqazan; qoraqalpoqcha qara qazan; turkmancha uli gara gazan kabi. Qoraqalpoq tilida katta qozonni shulen qazan deb ataydi. va shu kabilar uchun ishlatiladigan oddiy uzun yogʻoch yoki temir tayoq ma‘nosini bildiradi. Kosov soʻzi tarixiy yodgorliklar tilida وُوَوض اُ (M>K, I, 418), وْ وساوٍُ َ kosov (Attuhfa, I, 221), kösӓv, kösӓgi – kosov (Attuhfa, II, 328), وْ وساوُ kÿsav oʻt qalaydigan asbob, kesov, kosov (NAL, 328) kabi fonetik variantlarda mavjudligi qayd qilinadi. Kosov regiondagi tillarda kosov (oʻzb.), kosey (uygʻ.), kösey (qoz.), kosoo//kozoo (qirgʻ.), kesevi (turkm.) formalarida uchraydi. Kosov shakli M. Koshgʻariy zamonidagi tilda uchraydigan kÿzӓkÿ formasidan keyingi davr tilida yuqoridagi koʻrinishlarda shakllangan holida yetib kelgan koʻrinadi. Bizningcha, kÿzӓkÿ soʻzining oddiy fonetik oʻzgarishlari natijasidir. Boshqacha qilib aytganda, z tovushining s ga, oxirgi boʻgʻindagi k tovushining oʻzbek, turkman tillarida v tovushiga oʻtishi va u ning oʻz holicha qolishi, qirgʻiz tilida singarmonizm qonuni asosida o ga uygʻur tilida y ga oʻzgarishi bilan shakllangandir. Kÿzӓkÿ - kosov soʻzining etimologiyasini esa shu soʻzning funksional ma‘nosidan qidirishga toʻgʻri keladi, ya‘ni kosov – oʻchoq, tandirdagi va boshqa yerdagi yonib turgan oʻtin va oʻtinga oʻxshash yonuvchi predmetlarni toʻgʻrilash, uni oʻz joyidan siljitish, qoʻzgʻatish kabi vazifalarni bajaradi.. Demak, shunday ekan, diqqatni oʻzbek tilidagi qoʻzgʻamoq fe‘li jalb etishi, tabiiy. Bu fe‘lning negizi qoʻzgʻa boʻlib, uning qoʻz oʻzagiga soʻz yasovchi affiks – ov qoʻshilib qoʻzgʻov>qoʻzov yasalgan va bu formadan keyinchalik regiondagi gtillarning xususiyatlari asosida kosov, kosey, kösey, kozoo, kesevi fonetik variantlari shakllanib qolgan boʻlishi ham mumkin, deb faraz qilsa boʻladi. Turkiy tillarning tarixiy lugʻatlarida teridan qilingan qop, buyum ma‘nosida qurluq – qimizni pishitish uchun ishlatiladigan idish, mesh (sanoch) (MK, I, ك ),43 ٍْ جٍ ُ tulquq – shishintirilgan mesh, tulum (MK, II, 334), butiq – kichik mesh (DTS, كْ ,130( حُبٍ butiq - kichik mesh (qashqarcha) (MK, I, 358) soʻzlari ham faol qoʻllangan. Qadimgi qurluq leksik birligiga yaqinroq fonetik shakllangan koʻnak soʻzi oʻzbekcha-ruscha lugʻatda shevaga xos birlik deb, uning kata teri mesh (qimiz saqlanadi) ekanligi koʻrsatilgan. Bu nom aslida turkiy koʻn (oshlangan teri) soʻziga -ak soʻz yasovchi affiksi qoʻshilishi tufayli yuzaga kelgan. Teridan yasalgan qop ma‘nosini yana bir qator leksik birliklar ham bildirib keladi. Masalan, uygʻur tilining Qumul shevasida tulum – mesh, qop, turkman tilining Teke, Mari, Arsari shevalarida tulum, Noʻxur shevasida tulum – yogʻ pishitadigan mesh, Teke, Axal shevalaridagi tulluk- suv tashiladigan mesh va shu shevadagi tullumo fonetik variant – mesh, suv qopi deb izohlanadi. Devonu lug‘otit turk”da sochiluvchi narsalar solinadigan ro‘zg‘or buyumlarini ifodalovchi otlar” Mahmud Koshgariyning ―Devonu lugotit turk‖38 asarida maishiy hayotning turli jabhalariga oid 300 dan ortiq leksik birliklar izohlanganligi bilan diqqatni tortadi. Uy-roʻzgor buyumlari nomlarini ifodalovchi otlarning rang-barangligi ajdodlar maishiy turmush tarzining qay darajada boʻlganligini belgilashda muhim omil vazifasini oʻtaydi. Lugʻatdan oʻrin olgan uy-roʻzgʻor buyumlari nomlarini anglatuvchi leksik guruh tarkibida ―sochiluvchan narsalar solinadigan roʻzgʻor buyumlari‖ ma‘nosini bildiruvchi mikroguruh xususida mulohaza yuritish mazkur bitiruv malakaviy ishining maqsadidir. ―Oʻzbek tilining izohli lugʻati‖da ―Matodan tikilgan, sochiluvchan narsalar solib qoʻyiladigan, mato, chipta va shu kabilardan tikilgan, xaltadan katta, qanordan kichik roʻzgʻor buyumi‖39 sememasi ―taxlamoq, qalamoq‖ ma‘nosidagi qa harakat fe‘liga – p affiksini qoʻshishdan yasalgan qap derevati bilan ifodalangan: turluk chechek suchuldi, yenchu qapi achildi (II, 139). Lugʻatda yasamaning, shuningdek, ―mesh, sanach‖ ma‘nolarini bildirgani ham qayd etiladi. “Kichik qop” ma‘nosi ―Devon‖da yemechuk leksik birligi bilan nomlangan (III, 55). Qopning bunday turiga aksariyat bugʻdoy solingani lugʻatshunos tomonidan ta‘kidlangan. Bunday ma‘lumot oʻzga eski turkiy til yodnomalarida mavjud emas. Keltirilgan ma‘no hozirgi oʻzbek tilida qopchiq, qopcha otlari bilan anglashiladi40. Hozirgi turk tilida ―karchik‖ soʻzi ―idishcha, xaltacha, toʻrvacha‖ kabi ma‘nolarga ega41 . “Kuramoq, oʻymoq” ma‘noli kuri//kure fe‘lidan – n affiksi bilan hosil qilingan kurin yasamasining ―Oʻzbek tilining izohli lugʻat‖ida ―qovun-tarvuz, bodring va boshqa narsalar tashish uchun ishlatiladigan chetan, kajava oʻrnidagi qop, zambil qop, kashu” ma‘nosini ifodalashi aytib oʻtilgan (I, 384). Keyingi davr manbalari tilida ushbu otni uchratmaymiz. U ifodalagan ma‘no hozirgi oʻzbek tilida forscha-tojikcha savat42 hamda tub turkiycha chetan43 oti zimmasiga yuklatilgan. Bugʻdoy va boshqa narsalar solinadigan ―qop, toʻrva‖ otining tagʻar yasamasi bilan anglashilganligini ―Oʻzbek tilining izohli lugʻati‖dan bilib olamiz (I, 389). Tarixiy etimologik jihatdan ushbu soʻzning kelib chiqishi haqida hozircha aniq fikr bildirish qiyin boʻlsa ham, buyum otining turkiy qatlamga oidligini ta‘kidlash mumkin. Alisher Navoiy asarlari tilida ―togʻora, kosa‖ ma‘nosidagi tagʻar/tagʻara buyum oti ―may kosasi, qadah‖ ma‘nosini bildirgan: Ketur saqiy, tagʻari bahrtimsal Qadah kishtisin ul may bahrigʻa sal. Dehqonchilik bilan bogʻliq narsa-buyum otlari Dehqonchilik xoʻjaligining taraqqiy etishi natijasida boshoqli va dukkakli oʻsimliklarni yetishtirish keng avj oldi. Buning barobarida don mahsulotlarini yanchish, tuyish va ezib maydalashga moʻljallangan roʻzgʻor buyumlari ham takomillashib bordi. Mahmud Koshgʻariy maishiy uy–roʻzgʻor otlarini sanab oʻtganda dehqonchilikda foydalaniladigan asbob-uskuna nomlari haqida ham bir qancha oʻrinlarda toʻxtalib oʻtadi. Jumladan, D.P.Aytbayev ―Devonu lugʻotit turk‖dagi gidrologiya (suvshunoslik) ga oid soʻzlarni maxsus oʻrganib, bu sohaga tegishli soʻzlar 1200 dan ortiqligini aniqlagan. Shundan 218 tasi I-tomda, 447 tasi II – tomda, 562 tasi III – tomda mavjudligini hisoblab chiqqan57 . Muallif ushbu maqolasida M. Koshgʻariyning ―Devonu lugʻotit turk‖ asaridan suvshunoslik atamalari manbai sifatida foydalanish, oʻlkamiz hududining oʻsha davrdagi gidrografiyasi haqida tegishli tasavvur hosil qilishga hamda uning hozirgi kundagi holati bilan solishtirishga imkon berishini alohida ta‘kidlaydi. Aniq kuzatishlarga koʻra ―Devon‖da 480 ga yaqin bevosita obikor dehqonchilikka oid soʻzlar mavjudligini koʻrsatdi. Saban – qoʻsh, qoʻsh hoʻkiz, omoch, boʻyinturuq. Bu soʻz qoʻsh bilan yer haydash ma‘nosida ham qoʻllanadi (I, 382), kerki – oʻroq, randa (I, 405), ketman – ketmon, yer chopiladigan asbob (I, 416), esku – elak, gʻalvir (I, 149), orgʻaq – oʻroq (I, 141), azri – ayri – bugʻdoy sovurish uchun qoʻllanadigan asbob (I, 146), boʻyunduruq – boʻyunturuq. U yogʻochdan maxsus shaklda yasalib, qoʻsh hoʻkizlarning boʻyinlariga solinadi (III, 194). II.”Devonu lug‘otit turk”dagi narsa-buyum otlarining morfologik xususiyatlari 2.1.Tub otlar Otlar yasalish xususiyatlariga koʻra boshqa turkumdagi soʻzlarga nisbatan alohida ajralib turadi. Chunonchi, otlarda yasovchi qoʻshimchalar koʻp boʻlib, ular ishtirokida koʻplab yangi soʻzlar yasalganidek, soʻz qisqarishi asosida yangi soʻzlar yasalishi ham ot turkumiga xosdir. Shu boisdan ham otlar yangi soʻzlar hisobiga tez boyib boruvchi turkumdir. Otlar asosan morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi. Soʻz oʻzak, negiziga maxsus soʻz yasovchi goʻshimchalar qoʻshish bilan ot yasalishi morfologik usul bilan yasalishdir. Ot yasovchi qoʻshimchalar yordamida ot, sifat, son, fe`l va boshqa turkumlardan ot yasaladi. Masalan, ishchi (otdan), terim (fe`l dan) , birlik (sondan ), yaxshilik (sifatdan). Bugungi kunda koʻpgina soddalashgan otlar tarixan yasalgan otlar sirasiga kiradi. Jumladan, oʻzbek tilining tarixiy ildizi hisoblanmish ―Devonu lugʻotit turk‖da qishloq, ovloq, toshloq, oʻchoq kabi bir qancha otlar yasalganlik xususiyatiga ega boʻlgan. Keyinchalik til taraqqiy etavergani sayin soddalashib tub holiga kelib qolgan. Mahmud Koshgʻriyning ushbu qomusiy asari orqali oʻzbek tilining shakllanish darajasini, ilk koʻrinishlarini bilib olishimiz mumkin boʻladi. Olim oʻzi yashayotgan davrda ikki harfdan yetti harfgacha boʻlgan soʻzlar mavjud ekanligini ta‘kidlab oʻtadi. Olimning fikricha, otlar ikki turli: yasama ot va tub otdan iborat boʻladi.Fe‘llardan yasalgan otlar fe‘l oxiriga oʻn ikki harfdan birini qoʻshish bilan yasaladi. Qilich, oq kabi otlar tub otlar sirasiga kiradi. Bu xil otlar boshqa soʻzlardan kelib chiqmagan. Yasama otlar boshqa soʻzlardan kelib chiqadi. Bularning ba‘zilari turmushda qoʻllanib, eshitilib yurilgan boʻlsa, ba‘zilari aniq emas, qiyosiy asosdadir. Men iste‘moldagilarini berib, muhmallari (iste‘moldan chiqqan, ma‘nosi noaniq) ni tashladim. Lekin muhmallarni solishtirib aniqlash mumkin boʻlarlik qilib, quyidagicha bir qoida yaratdim: fe‘llardan yasaluvchi otlar quyidagi oʻn ikki harfdan birining qoʻshilishi bilan tuziladi. Bu harflar تْاْ kabilardir58 ج ٍْش ٍْ غ ٍْق ْن ٍْي ٍْ ٍَ ٍْ ٍْ ْو . ―Devonu lugʻotit turk‖ da keltirilgan soʻzlar tarkibiga nazar tashlasak, asosan, tub otlar koʻproq ikki va uch harfli soʻzlardan tashkil topgan. Tub otlarga ―Devon‖dan misollar keltirib oʻtamiz: تْ ٍَا - et, goʻsht ; ا ot - oʻt, oʻsimlik; ا ot – dori, davo; ot ichtim dori ichdim; tabib ma‘nosidagi otachi soʻsi shu soʻzdan yasalgan. ا ot – ogʻu, zahar; ا oʻz – yogʻ; oʻzluk moʻn – yogʻlik shoʻrva; اٍ َ as – yirtqich hayvonlarga tekkan parcha goʻsht اٍ َ as – karkas qushi; burgut: Keldi menga tat, Aydim emdi yat, Qushqa bolub at, Seni tilar as boʻri. ―Menga bir tot keldi; unga men: yot, qushlarga yem boʻl, qushlar, qurtlar seni kutayotirlar, (deb uni oʻldirdim)‖. (Mening oldimga bir uygʻur kofiri keldi. Seni yirtqichlar, boʻrilar parchalasin, qushlarga yem boʻlib, shunday yot dedim). 58 Маҳмуд Кошғарий. Девону луғотит турк ا oq – yer va boshqa hissalarni ajratishda ishlatiladigan chek (qur‘a); ا um – ishton, lozim, shalvar اٍ َ ay – toʻq sariq rangdagi bir ipak kiyimlik; قْ ا ٍَ arq – chiqit, chiqindi; ٌ جٍ َ – temir chiqindisi; جاٍ َ tam uli – devor osti, devor poydevori. Mavzu yuzasidan xulosa qiladigan boʻlsak, tub otlariga oid soʻzlar ―Devonu lugʻotit turk‖ning I va II jildlarida batafsil berib oʻtilgan. Soʻzlar soni koʻpligi sababli ayrimlarini misol keltirib oʻtish bilan cheklandik, xolos. Ammo mavzuni oʻrganish davomida tub otlar ichiga kiruvchi dehqonchilik, hunarmandchilik, uy-roʻzgʻor buyumlari, hayvon va qushlar nomlarini ham bilib oldik. Bundan tashqari asarda ma‘noviy guruhiga koʻra aniq va mavhum otlar tasnifiga kiruvchi soʻzlarni koʻrib oʻtdik. Umuman olganda, ot soʻz turkumi nafaqat oʻn asr oldingi tilshunosligimiz, balki Hozirgi oʻzbek adabiy tilining ham muhim oʻrganilib kelayotgan obyektlaridan biridir. Bugungi kunda ushbu turkum doirasida koʻplab ishlar olib borilmoqda. Biz ham ―devonu lugʻotit turk‖ dagi tub soʻzlarni oʻrganishda oz boʻlsa ham , oʻz hissamizni qoʻshishga harakat qildik. Download 156.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling