Mahmudov sherzodbek innovatsion iqtisodiyot fanidan mustaqil ishi


Download 36.98 Kb.
bet2/3
Sana21.10.2023
Hajmi36.98 Kb.
#1714664
1   2   3
Bog'liq
betlik

Patent olish tartiblari

Patent idorasi intellektual mulk obyektlariga talabnomalarni * ko'rib chiqish uchun qabul qiladi va davlat ekspertizasini o'tkazadi. Davlat ekspertizasini o'tkazish ko'p bosqichli jarayon bo'lib, unda talabnoma berilgan obyektning belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi. Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalariga patent olish uchun berilgan talabnomalar bo'yicha davlat ilmiy-texnika ekspertizasi o'tkaziladi, u esa o'z navbatida rasmiy ekspertiza, foydali modelga ekspertiza va mohiyati bo'yicha ilmiy-texnik ekspertizaga bo'linadi. Foydali modelga patent foydali modelga ekspertiza o'tkazilgandan so'ng, ixtiro va sanoat namunalariga patentlar esa mohiyati bo'yicha ekspertiza o'tkazilgandan so'ng beriladi. Qayd etib o'tish kerakki, foydali modelga ekspertiza va mohiyati bo'yicha ekspertiza talabnoma beruvchining iltimosnomasiga ko'ra boshlanadi. Bunday iltimosnoma Patent idorasining rasmiy ekspertiza ushbu talabnomani ko'rib chiqishga qabul qilingani to'g'risidagi qarori sanasidan boshlab uch oy mobaynida berilishi mumkin. Rasmiy ekspertiza vaqtida birinchi navbatda talabnomaning to'g'ri rasmiylashtirilganligi tekshiriladi. Masalan, talabnomaning to'liqligi (zarur hujjatlarning mavjudligi, talab etiladigan nusxalar soni va hokazo) tekshiriladi, oldindan noto'g'riligi ma'lum bo'lgan talabnomalar (masalan, sanoat namunasi taklif etiladi, lekin ixtiroga patent berilishi so'raladi) ajratiladi, shuningdek boshqa rasmiy jihatlari (muallifning imzosi, talabnoma beruvchi korxona muhri va hokazolar mavjudligi) tekshiriladi. Rasmiy ekspertiza natijasida to'g'ri rasmiylashtirilgan talabnomaning berilgan sanasi bo'yicha obyektning ustuvorligi belgilanadi. Ekspertizaning keyingi bosqichi mohiyati bo'yicha ekspertiza (ixtiro va sanoat namunalarining patentga talabnomalar uchun) yoki foydali modelga ekspertiza (tegishlicha foydali modellar uchun)dir. Bu ekspertizalar vaqtida patent so'ralayotgan obyektning belgilangan patentga layoqatlilik mezonlariga mosligi tekshiriladi. Agar obyekt patentga layoqatlilik mezonlariga mos bo'lsa, u tegishlicha ixtiro, foydali model, sanoat namunasi deb tan olinadi. Kichik raqobat muhitida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida investitsiya ishlab chiqarishni yangi texnika va texnologiyani qo’llash asosida tashkil etishni, xizmat ko’rsatish sohasida yangi, avval qo’llanilmagan xizmat turlarini nazarda tutadi. Innovatsiya tushunchasi yangi maxsus turlarni mavjud ishlab chiqariladigan mahsulotni almashtiruvchi, uning o’rnini bosuvchi yangi mahsulotni ishlab chiqarishni ham anglatadi. Kuchli raqobat muhitida yangi texnika va texnologiyalarni qo’llash asosida yangi mahsulotni, yangi bozorga olib chiqishni ham bildiradi. Investitsiya kashfiyotlar asosida fan va texnika sohasida yangi bilimlarni qo’llashga kiritilishini, yangi ilg’or texnika va texnologiyalarni yaratilishini, ularni ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida qo’llanilishini, ular asosida yangi tovar va xizmatlarni yaratilishini va ular hisobiga raqobatni kuchaytirishni, yangi bozorni egallashni ham anglatadi.
Innovatsiya an’anaviy va yangi ilm-fan sig’imi yuqori bo’lgan tarmoq sohalarida iqtisodiy o’sishni va raqobatbardoshlikni doimiy ravishda ta’minlovchi zaruriy vosita sifatida namoyon bo’ladi.
Innovatsiyaning asosiy xususiyatlari:

  • Ilmiy-texnik yangilik;

  • Amaliy qo’llanilishi;

  • Tijoriy amalga oshirilishi, ya’ni bozorda ma’lum darajada iste’molchilar talabini qondira olishi.

Umuman olganda, innovatsion jarayon - bu yangilik g’oyadan to mahsulotgacha shakllanishi va bozorga tarqalishidir.
Innovatsion jarayon bosqichlari:
1-bosqich bu yangi g’oya va bilimlar;
2-bosqich bu yangilikni (novatsii) amaliy faoliyatga tadbiq etish, ya’ni innovatsiya;
3-bosqich bu innovatsiyalar diffuziyasi. Ya’ni innovatsion mahsulot, xizmat va texnologiyalarni yangi makon va sharoitlarda qo’llanilishi.
Shunday qilib, “innovatsiya” tushunchasi barcha sohalardagi (ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot va boshqa) ishlanmalar, yangiliklar va takomillashtirilgan vositalar sifatida, sarf-xarajatlar imkoniyatlarini ta’minlaydi yoki bo’lmasa ularni ta’minlash uchun sharoit yaratadi.
Innovatsiyalarni oxir-oqibat maqsadi tovar (mahsulot) raqobatbardoshligini kuchaytirish, uning bozorini kengaytirish, firma (korxona) faoliyati barqarorligini ta’minlash asosida foyda (daromad) hajmi va normasini ko’paytirishdir.
Innovatsiyalar o’zining predmeti va qo’llash sohalari bo’yicha quyidagilarga bo’linadi:
-mahsulotli (yangi tovar yoki xizmatlar);
-bozorboplik (tovarni ishlatilishini yangi sohalarini tashkil etuvchi yoki xizmatlarni yangi bozorda tadbiq etish);
-innovatsiyalik jarayonlari (texnologiyalar, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish jarayonlari)
- texnologiya (ishlab chiqarish) innovatsiyasi;
- ijtimoiy innovatsiya.
Mahsulot innovatsiyasi - korxona mahsulotini sotish darajasi imkoniyatini yangilash jarayonini namoyon etadi.
Texnologiya innovatsiyasi - ishlab chiqarish imkoniyati (potentsial) yangilash jarayonidir
Ijtimoiy innovatsiyalar korxonaning gumanitar doirasini reja asosida yaxshilash jarayonini namoyon etadi.

O’zbekistonda mulkchilikning turli shakllari rivojlanishiga yo’l ochilishi bilan tadbirkorlikni rivojlantirishning haqiqiy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari yaratildi:


- xususiy mulkchilikning iqtisodiyotda alohida mavqega ega bo’lishi va mulk shakllari teng huquqliligining ta’minlanishi;
- tadbirkorlik va tanlash erkinligi;
- foyda va daromad olishga intilish;
- raqobat va raqobatchilik muhiti;
- narx erkinligi;
- davlatning iqtisodiyotga, xususan tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvining cheklanganligi;
Tadbirkorlik faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari quyidagi sifatlarini belgilab beradi:
- mustaqil xo’jalik yuritish, mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, narx belgilash va tasarruf qilish erkinligi;
- ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga bo’lgan mulkchilik huquqlarining ta’minlanishi;
- erkin tadbirkorlikni ta’minlaydigan muayyan umumiy qonunchilik, soliq imtiyozlari, tadbirkorlikni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjudligi;
- etarli moliyaviy mablag’, moddiy texnika resurslari, yuqori malakaga ega bo’lish, iqtisodiy xavf-xatarga qo’l ura bilish va hokazolar.
Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar barcha xo’jalik yurituvchi subektlar teng huquqli bo’lib, raqobat muhitida o’z faoliyatini olib borish imkoniyatlariga ega bo’lishadi. Erkin raqobat muhitini yaratilishi va uni tobora kuchayib borishi xo’jalik yuritish sub’ektlari zimmasiga ularning mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, doimiy tarzda rivojlanishni, yangilanishni, raqobatbardosh bo’lishni yuklaydi. Bunday sharoitda oddiy xo’jalik yuritish naf keltirmaydi, raqobatbardoshlikni taminlamaydi, bankrotlikka olib keladi. Shuning uchun ham erkin raqobat muhitida faoliyat yuritish xo’jalik yurituvchilar zimmasiga anchagina ma’suliyat vazifalarini belgilab, ularni ta’minlab borishni yuklaydi. Raqobatbardoshlikka erishish va uni doimiy ravishda ta’minlash xo’jalik yurituvchi sub’ekt zimmasiga mulkiy shaklidan qat’iy nazar, tadbirkor bo’lishni, rivojlanish yo’lini tanlab olishni, iqtisodni belgilab olish vazifalarini yuklaydi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bunday sharoitdagi asosiy vazifasi raqobatbardoshlikni ta’minlagan holda o’z maqsadiga erishishdir. Raqobatbardosh mahsulot (xizmatlar) ishlab chiqarish va ayni paytda yuqori daromadga erishish xo’jalik yurituvchi sub’ektdan izlanuvchi ijodkor bo’lishni, yangiliklarni doimiy joriy etishni, yaratuvchan bo’lishni, yangi ishni amalga oshiruvchi, fan va texnika yutuqlari natijasidan oqilona foydalanuvchi, yangi texnologiyalarni joriy etuvchi xo’jalik yuritishni yangi tashkiliy jihatlarini targ’ib etuvchi, boshqaruvni takomillashtiruvchi, bozorni tadqiq etuvchi bo’lishni, tovarlarni yangi turlarini ishlab chiqaruvchi, resurs tejash usullaridan foydalanuvchi, raqobat muhitiga moslashuvchi, novator bo’lishni, barcha innovatsiyalarini o’z faoliyatiga kiritib boruvchi bo’lishni, uddaburonlik va hokazolarni talab etadi. Shunday ekan, har qanday xo’jalik yurituvchi sub’ekt birinchi navbatda tadbirkor sifatida innovatsiya faoliyatini yuritishi zarur. xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z faoliyatini oddiy yo’l bilan olib borar ekan, u erta yoki kech raqobat muhitida engiladi, ko’zlagan maqsadiga erisha olmaydi, rivojlana olmaydi, oxir oqibatda engiladi, bankrotlikka uchraydi. Shuning uchun ham har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z faoliyatini innovatsiyalar asosida amalga oshirishi zarur. Albatta innovatsiyalar keng qamrovlidir. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z faoliyatini tanlov asosida tashkil etar ekan, u innovatsiyalar qamrovini ham aniqlab olishi, novatorlik yo’li bilan rivojlanib borishni belgilab olishi zarurdir.

XULOSA
Litsenziya shartnomasi intellektual mulk ob'ektlarini tijoriylashtirishda qo'llanadigan usullardan biri sanaladi. Misol uchun, bir ilmiy tadqiqot instituti qishloq xo'jaligida foydalanish uchun uskuna yaratdi. Uskunani tijoriylashtirish va keng ishlab chiqarish maqsadida bir korxona bilan litsenziya shartnomasi tuzish mumkin. Korxona yoki tadbirkor o'zining intellektual mulkini boshqarish tizimini yaratishga muvaffaq bo'lsa, intellektual mulk ob'ekti korxona uchun qimmatli nomoddiy aktivga aylanishi mumkin. Tabiiyki, intellektual mulkning nomoddiy aktivlar mavjudligi korxonaning investitsiyaviy jozibadorligini oshiradi. Tijoriylashtirish jarayonida intellektual mulk ob'ektlarining egalari va ushbu intellektual mulkdan foydalanuvchi shaxslar ishtirok etadi. YAna bir muhim jihat, intellektual mulk ob'ektidan foydalanmoqchi bo'lgan manfaatdor taraf huquq egasiga intellektual mulk ob'ektidan foydalanish istagini bildirsa va huquq egasi rozi bo'lsa, litsenziya shartnomasi tuziladi. Agar amaliy qism bo'lsa, shuningdek, ilmiy ish texnologiya bilan bog'liq bo'lsa, unda yana bir bosqich - natijalarni ishlab chiqish kiradi.Muallif o'z tadqiqotlari natijalarini amalda qanday amalga oshirish mumkinligini tushuntirishi va ushbu jarayonning texnologik ishlanmalarini taklif qilishi kerak. Har qanday ishni yozishda tadqiqot metodologiyasining tuzilishiga rioya qilish kerak. Unda bilish usullarining butun doirasini amalga oshirish haqida gap ketmoqda. Avvalo, o'rganish ob'ekti, ularning dolzarbligi va to'g'riligi to'g'risida ma'lumot olishga imkon beradigan barcha faktlarni hisobga olish muhimdir. Mavzu tarixi, u haqidagi nazariy bilimlar, kelajakda rivojlanish istiqbollari - bularning barchasi ilmiy ishda aks ettirilishi kerak.


Download 36.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling