Mahmudova Dinoraning


Download 9.42 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi9.42 Kb.
#1505105
  1   2
Bog'liq
Mahmudova Dinora 9

Termiz pedagogika instituti 2-bosqich 202-guruh talabasi Mahmudova Dinoraning Tasviriy san’at tarixi fanidan Haykaltaroshlik realistik tendentsiyalarining rivojlanishi,tasvir va ifoda vositalari.Rassomchilik,Grek klassikasining gullagan davrisan’ati (er.av. V asrning 3 choragi).Haykaltaroshlar Miron,Poliklet,Fidiy ijodi.Songi klassika davri san’ati mavzusida tayyorlagan TAQDIMOTI


Haykaltaroshlik - asviriy sanat turi; borliqni hajmli shakllarda, makonda uch oʻlchamda tasvirlashga asoslanadi. Tasvir obʼyekti, asosan, inson; shuningdek, hayvonlar (anima-listika), tabiat (manzara) va narsalar (natyurmort). H.ning 2 asosiy koʻrinishi — aylanib kuzatish imkonini beruvchi dumaloq haykal hamda faqat bir tomondan koʻrishga moʻljallangan boʻrtma (qabariq) tasvir relyef turi farqlanadi. Relyef, oʻz navbatida, yuzaga nisbatan bir oz boʻrttirib ishlanadigan barelyef hamda tasvir yuzaga nisbatan ancha boʻrttirib ishlanadigan gorelyefta boʻlinadi; shuningdek nursoya oʻyini hisobiga tasvir koʻzga tashlanadigan tekis yuzaga ishlanadigan yana oʻyma koʻrinish mavjud.
Haykaltaroshlik tarixi qadimiy Paleolit va neolit davrlaridayoq loy, suyak, shox, toshning yumshoq xillaridan hayvon, qush, kishilarning tasvirlari tayyorlanganligi ma’lum. Qadimgi Misrda toshdan ulkan sfinkslar ishlangan, firavnlarning katta haykal va relyeflari yaratilgan
Ularda firavnning qudratli ekanligi ifodalangan, ko’pincha bunday haykallar iloxiylashtirib aks ettirilgan. Yunonistonda, qisman Qadimgi Rimda haykaltaroshlik insonparvarlik g’oyalariga xizmat qildirildi (har tomonlama go’zal inson gavdalantirildi). Xristiyan dini o’rta asrlarda haykaltaroshlikni sobor, ibodatxonalarning muxit qismiga aylantirdi. Janubiy Osiyo mamlakatlarida, ayniqsa, Xindiston, Xitoyda budda ibodatxonalari ulkan haykallar bilan bezatilgan.
Xindistonda metall haykal tayyorlashning o’ziga xos texnikasi vujudga kelgan (haykal mumdan ishlanib, loy forma bilan qoplangan, qizdirilgan, mum oqizilib o’rnini metal egallagan). Ayritom, Varaxsha, Niso va boshqa joylardagi arxeologiya obidalari bu yerlarda ham Haykaltaroshlik qadimda rivoj topganini ko’rsatadi
Miron (Muron, miloddan avvalgi 5-asr) — yunon haykaltaroshi, ilk klassikaning yirik namoyandasi. Afinada ishlagan. M. asarlarida inson tanasi goʻzalligini harakat bilan uygʻunlikda tasvirlagan. M. asarlari (asosan, bronzadan ishlangan) saqlanmagan, ular haqida qad. mualliflarning yozmalari va Rimda marmardan ishlangan nusxalari orqaligina tasavvurga ega boʻlamiz. "Disk irgʻituvchi", "Afina va Marsiy" guruhi va boshqa M. torevtika ustasi boʻlgan, boʻrtma tasvirli kuboklar ishlagan
MIRON (Muron, mil. av. 5-a.) — yunon haykaltaroshi, ilk klassikaning yirik namoyandasi. Afinada ishlagan. Miron asarlarida inson tanasi goʻzalligini harakat bilan uygʻunlikda tasvirlagan. Miron asarlari (asosan, bronzadan ishlangan) saqlanmagan, ular haqida qad. mualliflarning yozmalari va Rimda marmardan ishlangan nusxalari orqaligina tasavvurga ega boʻlamiz. «Disk irgʻituvchi», «Afina va Marsiy» guruhi va b. M. torevtika ustasi boʻlgan, boʻrtma tasvirli kuboklar ishlagan.
Qadimgi Yunoniston haykali uchun klassik davr, politsiyaning gullab -yashnashi uchun quyidagi xususiyatlar xarakterlidir. Tasvirning asosiy ob'ekti hali ham inson qiyofasi. Ammo arxaik haykaltaroshlik bilan solishtirganda, tasvir yanada dinamik va anatomik jihatdan to'g'ri bo'ladi. Ammo haykallarning shakllari va yuzlari hali ham individual xususiyatlarga ega emas: ular umumiy qurollangan jangchilar, sportchilar, sportchilar, xudolar va qahramonlarning mavhum tasvirlari.
Mironning yana bir asari - bu guruh kompozitsiyasi "Afina va Silen Marsyas", Afina Akropolida o'rnatilgan. Unda rassom inson tanasi harakatining avj nuqtalarini etkazishga harakat qildi: Afina tinch holatda turib, o'zi ixtiro qilgan nayni tashlaydi va yovvoyi o'rmon jinlari harakatda ko'rsatiladi, u nayni ushlamoqchi lekin Afina uni to'xtatdi. Marsyas tanasining harakatlanish dinamikasi Afina ma'budasi qiyofasining harakatsizligi va qattiqligi bilan bostiriladi.

Download 9.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling