Mahsulot — faoliyat yoki jarayon natijasi
Download 248.96 Kb. Pdf ko'rish
|
11-amaliy ish;
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sifat halqasi
Mahsulotning xavfsizligi uning murakkab xossasi bo‘lib, inson uchun zararli ta’sir etish miqdorini
belgilaydigan ko‘rsatkichidir. Mahsulotning ekologikligi uning murakkab xossalaridan biri hisoblanib, atrof-muhitga zararli ta’sir etish miqdorini belgilaydi. Tayyor mahsulot o‘zining iste’moldagi bahosi va boshqalariga hamda uning iste’mol yoki ishlatilishdagi xarajatlarning yig‘indisiga mahsulotning iste’mol bahosi deb ataladi. Mahsulotning ham muayyan ehtiyojga mos kelish darajasi, ham shu ehtiyojni qanoatlantirishdagi xarajatlar bo‘yicha raqobat- lanuvchi mahsulotlardan uning ajralib turishini ifodalovchi mahsulotning tavsifi uning raqobatbardoshligi deb ataladi. Sifat ham boshqa tushunchalar kabi o‘zining tizimiga egadir. Sifat tizimi tashkiliy tuzilish, mas’uliyat, ish tartibi, jarayonlar, resurslar yig‘indisi bo‘lib, sifatning umumiy boshqaruvining amalga oshirilishi tushuniladi. Sifat halqasi — ehtiyojni aniqlashdan to ularning qanoatlanishini baholashgacha bo‘lgan turli xil bosqichlarda sifatga ta’sir etuvchi o‘zaro bog‘liq faoliyat turlarining konseptual modelidir. Belgilangan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarining nomenklatu- rasini tanlash, bu ko‘rsatkichlarning qiymatlarini aniqlash va ularni asos bo‘luvchi qiymatlar bilan taqqoslashni o‘z ichiga oluvchi ishlarning yig‘indisi mahsulot sifatining darajasini baholash deb ataladi. Mahsulotlar sifatini belgilovchi asosiy ko`rsatkichlar va ularni aniqlash usullari Mahsulot sifati ko`rsatkichlari – uni ishlab chiqarish va iste’mol qilish bilan bog`liq ma’lum sifat ko`rsatkichlari parametrlarining miqdoriy o`lchamini ifodalaydi. Qishloq xo`jaligida bunday ko`rsatkichlarga oziq-ovqat mahsulotlari bo`yicha ularning foydalilik darajasi, texnologik parametrlari, standartlashtirish xususiyatlari, ishonchliligi, ekologik tozaligi, to`yimliligi kabi ko`rsatkichlar kirsa, paxta xomashyosida uning navlari, turi, tola va chigit chiqish nisbati, tolaning uzunligi va pishiqligi kabi ko`rsatkichlarni misol qilib keltirish mumkin. Ko`pchilik sifat ko`rsatkichlari mahsulot xususiyatlarining parametrlaridan tashkil topadi. Sifat ko`rsatkichlari muayyan mahsulotning iste’mol xususiyatlariga ko`ra turlicha bo`lishi mumkin. Qo`yilgan maqsaddan kelib chiqib, mahsulot sifatini baholashga imkon beruvchi ko`rsatkichlarni belgilari bo`yicha turkumlash mumkin: Download 248.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling