Mahsulot innovatsiyaga oid asosiy tushunchalar Toshkent Davlat Iqtisodiyot
Download 14.5 Kb.
|
tur inovatsiya
Mahsulot innovatsiyaga oid asosiy tushunchalar Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti TU-92- guruh Olimboyev Umidjon Annotatsiya. Mazkur tezisdab turizm sohasining mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati va unda mahsulot innovatsion jarayonlari imkoniyatlari bo'yicha fikr-mulohazalar keltirilgan. Kalit so'zlar: turizm, iqtisodiyot, innovatsion jarayonlar, tur mahsulotlar.innovatsion texnologiyalar. Mamlakatimizda turizm sohasi yildan-yilga rivojlanib, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlaridan biriga aylanmoqda. Ushbu holatlarda turizm sohasini rivojlantirish, uning imkoniyatlarini to'la namoyish etish maqsadga muvofiqdir. Turizm va innovatsiyalar - bir qaraganda zid tushunchalar. Turizm - bu dam olish, sayohat, taassurot, tarix degani. Innovatsiyalar esa, texnologiyalar, sanoat industriyasi, IT-tarmoqqa yaqin tushuncha. Bu ikkisini qanday uyg'unlashtirish mumkin va u nimaga olib keladi? Turizm deganda xarakteri, tajribasi, sayohatga nima undaganiga qaramay, aksariyat odamlar uchun bu tushuncha yaxshi kayfiyat, ta'til, romantikaga boy yo'l, dengiz, quyosh, tog'lar, mazali taomlar, tarix, havoda uchish, sarguzashtlar bilan bog'liqdir. Innovatsiyalar esa bu so'zni eshitganimizda xayolimizga nima keladi? G'oyalar, texnologiyalar tatbig'i, sanoat kashfiyotlari, infratuzilma, jadal taraqqiyot, mehnat unumdorligi, ilm-fan, modernizatsiya, dizayn, servis, o'zgarishlar, ratsionallik. Bu ikki "assotsiatsiyalar buluti"ni birlashtirishga urinib ko'ramiz. Tarix va modernizatsiya. Mehnat unumdorligi va ta'til. Sarguzashtlar va ratsionallik. Yakunida xaridorgir sayyohlik mahsuloti chiqishi uchun ularni qanday juftlash mumkin? Global bozorda tovarlar va xizmatlar mijoz istagiga asoslanishiga qaramay, turizmda boshlang'ich nuqta - bu doimo mahsulot va uning imkoniyatlaridir. Axir turizm bu ishlab chiqarish emas, bu sohada hatto talab darajasida moliyaviy va ma'muriy ta'sirga ega bo'linsa ham, texnologik jo'shqinlikni amalga oshirib bo'lmaydi. Kerakli texnologiyalar va kadrlarni "quloqlaridan tortib" ham keltirishning iloji yo'q. Turizmda sayyohlik yo'nalishiga tabiiy omillardan, geografik va ob-havo sharoitlaridan, tarixdan, madaniy merosdan kelib chiqish kerak. Ularni bilib ishlatish, turli-tuman xizmatlar kombinatsiyasi, yangi mahsulotni yaratish mana shu tarmoq o'sishi va rivojlanishining salohiyatidir. Albatta, katta investitsiyalar va yuksak texnologiyalar hisobiga qurilgan istisnolar bor, masalan, Dubaydagi Emirates Mall da barpo etilgan tog chang'isi trassasi. Ammo u aynan ruhlantirish uchun ham mustasno boʻlib, izchillik bilan, o'ylab o'z mahsulotini yaratishga chaqiradi. Qolaversa, yirik infratuzilmaviy loyihalarni hisobga olmaganda, turizm - bu kichik biznes. Ko'p hollarda hatto biznes ham emas, balki ayrim olingan odamlar gidlar, mehmon uylari sohiblari, hunarmandlar, musavvirlar, musiqachilarning faoliyati, xobbisidir. O'zbekiston ajoyib iqlim, tabiatga, boy tarixga ega, Buyuk Ipak Yoʻlida joylashgan. Shularning o'zi, zamonaviy texnologiyalar joriy etilmasa ham, O'zbekistonning turistik yo'nalish sifatida raqobatbardoshligi uchun yetarlimi? Masalan, Misr chromlari shu holicha, millionlab sayyohlarni jalb qiladi. Ammo Misrda dengiz bor va sayyohlar ta'tilni ikki qismga bo'ladilar tarixiy sayohat va plyajdagi hordiq chiqarish. Bu hol Gretsiyada, Turkiyada, Hindiston, Tailand, Ispaniya, Vetnam, Isroilda ham ish beradi. O'zbekiston bo'ylab sayohat mazmuni qanchalik jiddiy tarixiymi, me'moriymi, diniymi yo etnikmi bo'lmasin, aslo unutmaslik kerakki, umuman olganda turizm ko'ngil ochish industriyasiga mansub bo'ladi. Odamlar unga o'z ta'tillarini sarflaydilar, byudjetni shunga qarab hisoblaydilar. Ta'tildan taassurot - pirovardida qoladigani shu bo'ladi. Shu sababli, dengiz yo'q joyda o'z mehmonlari hissiyotlarini alohida izchillik bilan rejalashtirish kerak. Buxoroning jazirama oftobi ostida yoki Xorazmning suyaklardan o'tib ketuvchi izg'irinida obidadan-obidaga charchatib qo'yuvchi sayrlar otelerlar, restoratorlar, transportchilar, yo'nalish mualliflari va sayyohlik mahsulotining boshqa ishtirokchilari charchagan sayyohning ko'nglini ko'tarish va ertangi kunga tayyorlash uchun qulaylik va kashfiyotchilik ko'rsatishlari bilan kompensatsiyalanishi kerak. Shunda O'zbekistonga yana qaytish istagi tug'ilsa ham ajab emas. Turlarni tashkil qiluvchilar va innovatsiyalarga ehtiyoj sezuvchilar safiga e-visa.gov.uz interfeysi yaratuvchilari, chegarachilar, shaharsozlar, shaharlardagi va ular o'rtasidagi navigatsiyaga mas'ullar, sayyohlik va turizmga yondosh servislar ko'rsatuvchilar ham qo'shiladi. Nimaning hisobiga texnologiya o'zgaradi, mahsulot yaxshilanadi, raqobatbardoshlik o'sadi? Turizm sohasidagi innovatsiyalar bir-biridan nimasi bilan farqlanishi mumkin? Ko'lami. Innovatsiya butun tarmoq, alohida korxona, mamlakat, shahar, yangi sayyohlik mahsuloti yaratish yoki borini o'zgartirish, sayyohlik ob'ekti miqyosida joriy etilishi mumkin. Joriy etish sohasi. Qidiruv va sayyohlarga yordam beruvchi boshqa ilovalarda, odamlarni boshqarish va ularni ish bilan ta'minlashda. Bunga yengil mikrokreditlash va xususiylik shakli bilan qo'llab-quvvatlanuvchi mehmon uylarini ochish, texnik servis sohasi, masalan aeroportda onlayn-ro'yxatga olish kiradi. Yuzaga kelish tezligi. Strategik innovatsiyalar asta-sekin tatbiq etiladi (transport kommunikatsiyalari rivoji). Reaktiv innovatsiyalar tatbig'i jadal kechadi (sayyohlar yoʻllovchi mamlakat uchun vizaning bekor qilinishi). Rivojlanish salohiyati. Elektron viza kabi keskin o'zgarishlardan, mavjud tizimning ayrim qismlarini yaxshilashgacha (masalan, sayyohlik markazlaridagi bankomatlar). Sayyohlarni jalb qilish, lekin bu bilan nozik mahalliy ekotizim (ob'ektlar, mahalliy aholi an'analari, ekologiya, tabiiylik saqlanishi)ni buzib yubormaslik uchun mamlakatda qaysi darajada va sayyohlik mahsulotilarning qaysi tarkibida o'sishga erishish kerak? Bunda mayoq vazifasini barqaror turizm rivojlanishi konsepsiyasi o'ynashi lozim. Kadrlar siyosati deganda mutaxassislarning yangi profillari (turlar rejissyorlari) va professional talablar (tur-konsalting) ni tatbiq etish, malakani oshirish tizimi, xodimlarni qayta tayyorlash va motivatsiyalash ko'zda tutiladi. Moliyaviy faoliyatning ratsionalizatsiyasi tashkilot maqomi va rivojlanishining barqaroligini ta'minlovchi zamonaviy hisob va hisobdorlik shakllarini tatbiq etishni nazarda tutadi. Boshqaruvdagi innovatsiya ko'pincha jarayon innovatsiyalari bilan kombinatsiyalanadi. Marketing innovatsiyasi bu sayyohlik mahsulotindagi narx shakllanishi, taklif, ilgarilatilish, to'lovga yondashuvlarning yaxshilanishidir. Bu innovatsiyalar maqsadli auditoriyaning o'zgaruvchan ehtiyojlarini qamrab oladi va yangi iste'molchilarni jalb qiladi. Masalan, aviakompaniyalar va mehmonxonalarning doimiy mijozlari uchun imtiyozli narx shakllanishi yoki Turkiyadagi kabi, "barchasi ichida" sotuv tizimi bunga misol bo'ladi. Biznes-model innovatsiyasi bu biznesning iste'molchi uchun qimmatini oshirish maqsadida biznes yuritishning yangi usullaridir. Masalan, mehmonxonalarda mijozlar bazalari va ma'lumotlar banklarini yaratish, bu xizmat ko'rsatishga individual yondashuv imkoniyatini beradi. Yoki, tashishlarni optimizatsiyalash uchun, milliy aviakompaniyaning jahon alyansiga qo'shilishi. Rossiyadagi yangi biznes-model-yo'nalishlar, sanatoriy-kurort va sog'lomlashtirish xizmatlarini Transport kliring palatasi orqali sotishda sayyohlik xizmatlari bo'yicha o'zaro hisob-kitoblar tizimi. Logistikadagi innovatsiya (jumladan, sayyohlarni) ta'minlash, taqsimlash,yetkazish tizimlari va zanjirlaridagi yangi yechimlar. Masalan, aeroport xablari - yagona bog'lab turuvchi aviatransport tuguni orqali harakatlanishning mutlaqo yangi konsepsiyasi. Aviachiaptalarni izlash servislarini ham shularga qo'shish mumkin. O'zbekistonda, asosiy sayyohlik yo'nalishi Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva ekanligini inobatga olgan holda, sayyohlik avtotransporti sohiblari o'zlarining bo'sh qatnovlarini kiritishlari mumkin bo'lgan ochiq onlayn-tizim innovatsion mahsulot bo'lishi mumkin. Bo'sh qatnovlar sayyohlar shahardan-shaharga yer usti transportida borib, qaytishda samolyotda (yoki tez yurar poezdda) kelganlarida ro'y beradi. Ammo aviachiptalar va "Afrosiyob" poezdlariga chiptalar qimmat, mavsumda joy topish ham muammo. Kamchiqim sayohatni afzal ko'radiganlar uchun Xivadan Buxoroga uyiga qaytayotgan avtobusda yarim narxiga yetib olish ma'qul bo'lishi mumkin. Natijada bu ham kamxarj yo'lovchi sayohatining qiymatiga, ham avtobusning asosiy buyurtmachisi cho'ntagiga ijobiy ta'sir ko'rsatardi. Axir bo'sh qatnash uning yo'nalishi narxiga chaqib yuborilgan bo'lardi-da. Resurs innovatsiyalari - turizmni tashkil qilish va yangi yo'nalishlar hamda xizmatlarni ishlab chiqish uchun yangi turdagi resurslardan foydalanishdir. Sayyohlik tarmog'i o'z iqtisodiyotiga yangi resurslarni faol qo'shib boradi va ularni yangi takliflar yaratish uchun ishlatadi. Masalan, dinozavrlar qoldiqlarining qazilmasi arxeologik izlanishlarni tomosha qilish imkonini beruvchi paleontologik muzeylar va yo'nalishlarga ega AQShdagi Daynosor sayyohlik parki ochilishiga zamin boʻldi. Yana bir misol - Avstraliyaning Kuber-Pedi shaxtyorlar shaharchasidagi opal qazib chiqarish konlari. Evenkiyada Tungus meteoriti tushishiga bag'ishlangan ochiq osmon ostida muzey tashkil etilgan va o'tgan asrning 20- yillarida ilk tadqiqotchi Vanavar posyolkasidan kosmik jism qulagan joygacha botqoqlar va tayga orqali bosib o'tgan yo'l bo'ylab "Leonid Kulik so'qmog'i yo'nalishi tuzilgan. Konseptual innovatsiyalar bu yangi turizm konsepsiyalarini, turistik xizmatlarni yaratish va ularni xizmat ko'rsatishning yangi shakllarida, arxitektura- muhandislik va texnologik yechimlarda amalga oshirishdir. Masalan, shimoliy mamlakatlarda muzdan mehmonxonalar va restoranlar qurilishi (Shvetsiyadagi mashhur Ice Hotel), Las-Vegasdagi mavzuiy mehmonxona-kazinolar (masalan, "Ekskalibur"-ritsarlik musobaqalari o'tkaziladigan O'rta asrlar qal'asi). "Tamaddunlar turizmi'ni ham shu toifaga kiritish mumkin - ular ixtisoslashgan turizmning yangi ilmtalab shaklidir. Tamaddun turizmi tamaddunlar mohiyati, tarixi, madaniyati, ekologiyasi, hayot tarzi, ularning muloqoti va hamkorligi haqida to'liq tasavvur beradi. Masalan - turk tamadduni izlari, Temuriylar va Boburiylar sulolasi bosgan yo'llar bo'ylab turlar (aftidan, ishlab chiqilgan va sotishga yaroqli holatda ular mavjud emas). Bir turda avvalda uyg'unlashtirib bo'lmaydigan maqom va geografik joylashuvga ega nuqtalarni birlashtirish (Turkiya va O'rta Osiyo mamlakatlari, O'zbekiston va Shimoliy Hindiston) mutlaqo noyob taklifdir. U yangi bilimlarga va tajribaga bo'lgan ehtiyojni qondiradi, bu zamonaviy sayyohlar uchun xarakterlidir. Marketing innovatsiyalardan konseptual innovatsiyalar ilmtalabligi bilangina ajralib turadi. Institutsional innovatsiyalar turizmda, shuningdek yondosh tarmoqlarda yangi qoidalar va tartibga solish tizimlarini shakllantiradi. Ular ma'muriyat, xususiy tarmoq va sayyohlik joylaridagi jamoatchilik o'rtasida hamkorlikning yangi tizimlari va shakllarini narrated. Masalan, 30 kungacha vizasiz rejimga kiruvchi mamlakatlar sonini oshirish turoperatorlarni ushbu mamlakatlardan O'zbekiston hududiga keluvchi sayyohlarning qator xatti-harakatlari yuzasidan zimmalaridagi mas'uliyatdan xalos qildi (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi PF-5326-sonli "O'zbekiston Respublikasi sayyohlik salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora- tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni) Download 14.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling