Mahsulot sifatini oshirish Mahsulot


Mahsulot sifatining ko‘rsatkichi


Download 30.55 Kb.
bet2/4
Sana03.11.2023
Hajmi30.55 Kb.
#1744937
1   2   3   4
Bog'liq
taminot

2. Mahsulot sifatining ko‘rsatkichi
Mahsulot sifatining ko‘rsatkichi mahsulot sifatiga kiruvchi
bitta yoki bir necha xossasining miqdoriy tavsifi, uning yaratilish va
ishlatilishi yoki iste’molidagi muayyan sharoitlarga qo‘llanilishini
qurilishiga aytiladi.
Sifat ko‘rsatkichlari quyidagi asosiy talablarga javob berishlari
lozim:
• Turg‘unligi;
• Rejali asosda ishlab chiqarish samaradorligini oshishiga
yordam berishi;
• Fan va texnika yutuqlarini inobatga olinishi;
• Muayyan vazifasiga ko‘ra ma’lum ehtiyojlarni
qondirishga layoqatliligi.
Vazifaviy ko‘rsatkichlar mahsulot xossalarini tavsiflaydi, ularni
asosiy vazifalarni belgilaydi, mahsulotni qo‘llash sohasini aniqlaydi.
Mashina va asbobsozlik, elektrotexnika va boshqa buyumlar uchun
bu ko‘rsatkichlar buyum tarafidan bajariladigan foydali ishni
tavsiflaydi.
Turli xil konveyerlar uchun vazifaviy ko‘rsatkichlar,
unumdorlik, yuk uzatish masofasi va balandligi; o‘lchash
asboblarida - aniqlik ko‘rsatkichlari, o‘lchash chegarasi va shunga
o‘xshashlarni tashkil etadi.
Tarkib va tuzilish ko‘rsatkichlari mahsulotdagi kimyoviy
elementlarni yoki guruhli tuzilishlar miqdorini ifodalaydi.
Tarkib va tuzilish ko‘rsatkichlariga quyidagilami misol qilish
mumkin:
• Po‘latning tarkibiy komponentlarining massa ulushlari;
• Kislotalardagi turli tarkiblaming konsentratsiyasi;
• Koksdagi oltingugurtning, kulning massa ulushi;
• Oziq - ovqat va boshqa mahsulotlardagi qandning,
tuzlarning massa ulushlari kiradi.
Xomashyo, materiallar, yoqilg‘i va elektr quwatlarini tejab
foydalaniladigan ko‘rsatkichlari buyumning xossalarini tavsiflaydi
5
va uning texnikaviy takomillanish darajasini yoki ular tomonidan
iste’mol qilinayotgan xomashyo, materiallar, yoqilg‘i va elektr
quwatlar me’yorini ifodalaydi.
Buyumlarni tayyorlashda va ishlatishda shunday ko‘rsatkichlarga xomashyo, materiallar, yoqilg‘i va elektr quwati asosiy
turlarining solishtirma sarflanishi (sifat ko‘rsatkichining asosiy
o‘lchovi); moddiy resurslardan foydalanish koeffitsiyenti, ya’ni
foydali sarflanishiga nisbati tushuniladi, foydali ish koeffitsiyenti va
shunga o‘xshashlar kiradi.
Mahsulotlaming murakkab xossasini tavsiflovchi, uning
ehtiyojini, maqsadini va topshiriqga binoan berilgan vazifalarni
bajarishga mahsulotning funksional layoqatligi deb ataladi.
Mahsulotning badiiy ifodalanishini, shaklning to‘g‘riligini,
kompozitsiyaning butunligini tavsiflovchi murakkab xossa
mahsulotning estetikligi deb ataladi.

Download 30.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling