Mahsulot sifatini oshirish va boshqarish tizimi
Download 496.64 Kb. Pdf ko'rish
|
mahsulot-sifatini-oshirish-va-boshqarish-tizimi (1)
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 633 -sifatni boshqarish bo`yicha qaror qabul qilish va ob’yektga ta'sir etish usulini tayyorlash; -ta'sir etadigan, boshqaruvchi ko`rsatmalar berish; -ta'sir etadigan, boshqaruvchi ko`rsatmalar berish natijasida ob’yektdagi sifatning o`zgarishi haqidagi axborotni olish va tahlil qilish. NATIJA Dastavval, bunday axborot yuqorida aytilganidek, marketing, sotuv bozorini aniqlash va uni o`rganish bo`limining xodimlari tomonidan olinadi. Bunda shu mahsulotga nisbatan bozordagi ehtiyoj va xalqning shu mahsulotga munosabati inobatga olinadi [3]. Bunday ma'lumotlar esa shu sohadagi ilmiy-tadqiqot va loyihalash- konstruktorlik ishlarini oldindan aytib berish hamda ishlab chiqarish hajmini va mahsulotning sifat darajasini rejalashtirish uchun asos bo`ladi. Mahsulotni ishlab chiqarish uchun shunga o`xshash buyumlarning sifatini hamda ularni ishlab chiqarish usullari ishlatilishi va ta'mirlanishini tavsiflovchi axborot kerak [4]. Bu ma'lumotlar qaror qabul qilish uchun asos hisoblanib, qaror qabul qilishi natijasida boshqaruvchi idoraga o`zining muayyan boshqaruvchilik ta'sirini o`tkazadi. Bu ta'sir mahsulotning har qanday bosqichiga- ishlab chiqishga, ishlatilishiga ta’lluqlidir. Katta korxonalarda mahsulot sifatini boshqarish sohasiida avtomatlashtirilgan tizimlar yaratilgan. EHM yordamida mehnat va mahsulot sifati haqidagi ma'lumotlarga hamda me'yoriy hujjatlarga nisbatan hisob kitobiga, mahsulot ishlab chiqarishdagi yaroqsizlikni hisob-kitobiga va tahliliga, mahsulotni ishlatilishidagi va boshqa bosqichlardagi uni sifat tahliliga ishlov beradi [5]. XULOSA Hamma boshqaruvchi tizimlarga umumiylik belgilari bo`lib – sifat darajasiga topshiriq; bu topshiriqni yaratish va uni amalga oshirish; vaqti- vaqti bilan sifat holatini rejalashtirilganiga nisbatan bajralishini qiyoslash; har qanday og`ishlar bo`lgan taqdirda o`zgartirishlar kirgazish hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarilishida, ayniqsa yangi mahsulot bilan bog`liq bo`lsa, turli xil muammolar paydo bo`ladi. Bu va shunga o`xshash muammolarni tezkorlik bilan hal qilishda mahsulot sifatini boshqarish tizimlari va uni boshqaruvchi idoralari hal qiluvchi vazifani bajaradi. Mahsulot sifatini oshirishda standartlashtirish faoliyatining roli kattadir, chunki har qanday texnologik jarayonlarni bir me'yorda ishlashi, ularni har bir bosqichida me'yoriy hujjatlarning bajralishiga qanchalik rioya qilinishi, jamoaning mehnat va texnologik intizomi hal qiluvchi rol o`ynaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling