Mahsulot sifatini oshirish,unga ishlov berish Reja; Mahsulot sifatini oshirish
Download 28.91 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulot sifatining kompleks korsatkichlarini
- Qishloq xojaligi mahsulotlarining sifat korsatkichlarini baholashda metrologiya xizmati.
Differensial usul baholanuvchi mahsulot sifatining ko'rsatkichini asos bo'luvchi ko'rsatkich bilan taqqoslashga asoslangan. Masalan, bir korxonadan chiqarilayotgan uskunaning ishlash muddati 8 yilni, ikkinchi korxonada esa bu raqam 12 yilni tashkil etadi, asos bo'luvchi qiymat esa 10 yil. Mahsulot sifatining darajasi esa birinchi korxonada asos bo'luvchi qiymatga nisbatan past, ikkinchisida esa balanddir. Bu ko'rsatkich uning ishlash muddatini yaxshilanishi natijasida erishilgan.
Mahsulot sifatining kompleks ko'rsatkichlarini qo'llanilishiga asoslangan mahsulot sifatini baholash usuli - kompleks usul deb ataladi. Masalan, avtobuslarning sifatini baholashda umumlashtirilgan sifat ko'rsatkichi - bu ularning yillik unumdorligi tushuniladi. Aralashgan usul - bu bir vaqtning ichida ham birgina ko'rsatkichidan, ham kompleks ko'rsatkichlardan foydalanib mahsulotning sifati baholanadi. Statistik usul bilan mahsulotning sifatini baholashda matematik statistika usullaridan foydalaniladi. Mahsulot sifatini bir me'yorda bo'lishini ta'minlashda mahsulot sifatini boshqarish alohida o'rin egallaydi. Har qanday boshqarishning mohiyati boshqarish qarorlarini ishlab chiqish va uni boshqaruvchi ob'ektda o'z ta'sirini amalga oshirish ko'zda tutiladi. Mahsulot sifatini boshqarish deganda mahsulotni yaratishda uning kerakli sifatini ta'minlash va me'yorida bo'lib turish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlar majmui tushuniladi. Mahsulot sifati jarayonlarning qanday tashkil etilganligiga, ularni qanday me'yorda ishlashiga, nazorat - o'lchash asboblarining naqadar tekis ishlashiga va shu jarayonlarda ishlayotgan xodimlarning malakasiga so'zsiz bog'liqdir. Boshqarish ta'siri boshqariluvchi jarayonlarni amaldagi holatini saqlash yoki unga o'zartmalar kiritishdan iborat. Mahsulot sifatini boshqarish tizimi deganda boshqarish idoralari va boshqariluvchi ob'ektlarning mahsulot sifatini boshqarishda moddiy - texnika va axborot vositalari yordamida o'zaro bog'lanishning majmui tushuniladi. Shuning uchun bu tizim o'zaro bog'langan mahsulot sifatini boshqarishni ta'minlaydigan tashkiliy, texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarning yig'indisi sifatida ko'zda tutilgan bo'lmoqligi lozim. Boshqarishning asosiy maqsadi esa mahsulot sifatini kerakli darajaga erishilishini ta'minlash hisoblanadi. . Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining sifat ko'rsatkichlarini baholashda metrologiya xizmati. Mahsulot sifatini aniqlash usullari. Mahsulotlar tarkibini aniqlashning fizikaviy usullari, ularning kimyoviy tarkiblarini, fizikaviy, mikrobiologik, texnologik xususiyatlarini aniqlashda keng qo'llaniladi. O'lchash usuli, o'z navbatida, fizikaviy va fizik – kimyoviy, kimyoviy, mikrobiologik, tovarshunoslik-texnologiya usullarga bo'linadi. Bu usullarning qulayligi shundan iboratki, unda natija miqdoran ya'ni, raqamlar bilan va bu natijakatta aniqlikda ifodalanadi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining tarkibini tekshirishning ushbu usullari mahsulotning solishtirma og'irligini, yopishqoqligini, erish, qotish va qaynash haroratini, optik xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Mahsulotning solishtirma og'irligi va zichligini areometr, piknometr va gidrostatik tarozilar yordamida o'lchash mumkin. Ularning solishtirma og'irligi asosidama'lum darajada kimyoviy tarkibi va sifati haqida so'z yuritish mumkin. Yog'larning erish va qotish harorati asosida ular tabiatining tozaligini va ma'lum darajada uning tarkibida qanday yog' kislotalari borligi haqida ma'lumotga ega bo'lish mumkin. Yog'larning erish va qotish harorati yog'ning qattiq holatdan suyuq holatga o'tish paytidagi haroratini termometr bilan o'lchash natijasida aniqlanadi. Oziq – ovqat mahsulotlarining optik xususiyatlari esa polyarimetriya, refraktometriya, fotokalorimetriya, lyuminestsent hamda xromatografiya usullari yordamida aniqlanadi. Refraktometriya usuli Refraktometriya usuli bilan oziq – ovqat mahsulotlari tarkibida yog'ning, suvning, spirtning, qandning va boshqa quruq moddalarning foiz miqdorini aniqlash mumkin. Ushbu usulni tahlil asosida o'rganamiz. Refraktometriya usuli nurning bir muhitdan ikkinchi bir muhitga o'tish paytida uning yo'nalishining o'zgarishiga yoki sindirish ko'rsatkichi koeffitsientlarini aniqlashga asoslangandir. Masalan, refraktometr yordamida asalning tarkibida qancha suv borligini, sharbatlar tarkibida qancha quruq modda borligini yoki bo'lmasa moy va yog'larning sindirish ko'rsatkichlari orqali ularning tozaligini va buzilgan – buzilmaganligini aniqlash mumkin. Refraktometriya usuli moddaning nur sindirish ko'rsatkichini (refraktsiyasini) aniqlashga asoslangan. Bunda moddaning tabiati, uning tozaligi yoki eritmadagi 159 tarkibi aniqlanadi. Bu usulda juda oddiy hamda nihoyatda kam miqdorda bo'lgan moddalarni ham aniqlash mumkin bo'lganligi uchun hozirgi vaqtda ko'p qo'llaniladi. Qishloq xo'jalik mahsulotlarining tarkibini tahlil qilish uchun bu usuldan keng foydalanilmoqda. Shu jumladan oziq – ovqat mahsulotlari –yog', moy, tomatli mahsulotlar, murabbo va jemlar refrektometriya yordamida tekshirilmoqda. Masalan, oziq – ovqat mahsulotlari tarkibidagi yog'ni miqdoriy aniqlash, suyuqliklardagi spirtning miqdorini o'lchash, konditer mahsulotlari va har xil noalkagol ichimliklar tarkibidagi asosiymahsulotni texnologik protsesslar jarayonida nazorat qilishda refraktometriyadan keng foydalaniladi. Refraktometrlar yordamida nur sindirish ko'rsatkichi aniqlanadi. Moddaning tozaligi uning aniqlangan sindirish ko'rsatkichini jadvaldan olingan toza moddaning konstantasi bilan taqqoslab ko'riladi. Agar moddaning nur sindirish ko'rsatkichi kerakli qiymatdan ko'pi bilan 0,001 ga farq qilsa, bunday modda toza hisoblanadi. Nur sindirish ko'rsatkichi temperaturaga bog'liq, shuning uchun refraktometriya o'lchashlarni 20 S da bajarish qabul qilingan. O'lchash vaqtida temperaturalar orasida farq bo'lsa, u holda maxsus jadvaldan temperaturalar farqining qiymati ham hisobga olinadi. Bosim ortishi bilan nur sindirish ko'rsatkichi ham ortadi. Nur sindirish ko'rsatkichini aniqlash usuli ikki xil muhit chegarasidan monoxramatik nur o'tganda nurning burilish (sinish) printsipiga asoslangan. Nurning to'liq ichki qaytish burchagining qiymati refraktometr shkalasidan olinadi. Laboratoriyalarda foydalaniladigan ko'pchilik refraktometrlarning oddiy umumiy tuzilishi bilan tanishaylik. Ko'pchilik refraktometrlarda tushirilayotgan suyuqlik ikkita prizma orasida joylashtiriladi. Prizmadan o'tayotgan nur sinadi yoki u muhit chegarasi orasidan aks etishi natijasida, yaqqol yorug' va qorong'u chegara hosil bo'ladi. Shkaladagi bu chegaraning o'rni tekshirilayotgan moddaning to'liq ichki qaytish burchagiga bog'liq. Yorug'lik manbai sifatida natriydan ajralib chiqadigan monoxromatik nur yoki oddiy yorug'lik nuridan foydalaniladi va maxsus oyna bilan yorug'lik tushudigan holatga keltirilib, so'ngra yorug'lik prizmaga yo'naltiriladi. Ma'lumki, yorug'lik har xil to'lqin uzunlikdagi nurlardan tarkib topgan. Yorug'lik prizmalardan o'tayotganda dispertsiya hodisasiga uchraydi. Natijada ikki chegara orasida (yorug' qism bilan qorong'u qism chegarasida) kamalak chiziqchalar hosil bo'ladi. Bu refraktometr shkalasidan hisob olishni qiyinlashtiradi. Hozirgi vaqtda chiqarilayotgan refraktometrlarda yorug'lik dispersiyasini yo'qotish uchun kompensatorlar qo'yilgan. Kompensator dastasini burash bilan yaqqol yorug' va qorong'i chegara hosil qilinadi. Refraktometr ko'rsatkichining to'g'ri ishlayotganligini tekshirish uchun normal suyuqliklardan yoki distillangan suvdan foydalaniladi. Distillangan suvning 20 S dagi nur sindirish ko'rsatkigi 1,333 ga teng Download 28.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling