I
birinchi sklyankasida bir soniyada 2-3 bilqillayotgan
pufaklar paydo
bo„lgandan boshlab vaqt sanaladi.
Chigitni qayta ishlash quyidagi vaqt ichida bajarilishi lozim:
- tolasi ajratilgandan keyingi chigit (tukdorligi 12 % ko„p) -10 min±l
5 sek;
- birinchi va ikkinchi momiq ajratilgandan keyingi chigit (tukdorligi 8
dan 12
% gacha hisobga olgan holda) - 8 min ±15 sek;
- uchinchi momiq ajratilgandan keyingi chigit (tukdorligi 8 % dan kam)
- 6 min ±15 sek.
Chigitni qayta ishlash vaqti qo„ng„iroqli soatlar orqali nazorat qilinadi.
Qayta ishlash vaqti tugagandan keyin to„rli stakan bug„latgich ichidan
chiqariladi va ular u yerda 1-2 daqiqa ichida soviydi.
Chigitni tuksizlash
uskunasi yordamida chigitning har bir namuna qismidan momiq ajratiladi.
Buning uchun chigit tuksizlagich barabaniga to„kiladi va qopqog„i yopiladi.
Dastani
bir tomonga, keyin esa qarama-qarshi
tomonga aylantirib,
chigit
butunday tuksizlantirilguncha momiq ajratiladi.
Tuksizlantirilgan chigit
barabandan chinni idishga ag„dariladi va unga teshikdan tushgan mag„izlar
va iflos aralashmalar to„planadi va tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: