Mahsulotlar xavfsizligini texnik jihatdan tartibga solish
Download 1.19 Mb.
|
10-11-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnik reglament
texnik reglament — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat;
umumiy texnik reglament — texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi, bir turdagi mahsulotlar va xizmatlar guruhi xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilovchi normativ hujjat; savdodagi texnik to‘siqlar — mahsulotlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda mavjud bo‘lgan tafovutlari yoki o‘zgarishlari oqibatida savdoda yuzaga keladigan to‘siqlar. Qonunga koʻra, texnik jihatdan tartibga solish – mahsulotning xavfsizligiga, uni ishlab chiqarish jarayonlariga va usullariga doir talablarni belgilash, qoʻllash hamda bajarish, shuningdek ularga rioya etilishi muvofiqligini baholash va davlat nazoratini amalga oshirish orqali tekshirishdir. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi. Texnik reglament — mahsulot xavfsizligining qo‘llanilishi majburiy bo‘lgan tavsiflari yoki ular bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari va usullari, qoidalar belgilangan hujjat. Texnik reglamentlar rasmiy e’lon qilingan paytdan e’tiboran kamida olti oy o‘tgach amalga kiritiladi. Qonunga muvofiq, texnik reglamentlar quyidagi maqsadlarda qabul qilinadi: • mahsulot xavfsizligi talablarini belgilash orqali fuqarolarning hayotini yoki sogʻligʻini muhofaza qilish; • atrof-muhitni, hayvonot va oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish; • xaridorlarni (isteʼmolchilarni) chalgʻitadigan harakatlarning oldini olish; • energiya jihatdan samaradorlikni va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlash; • savdodagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etish; • ichki va tashqi bozorlarda mahsulotning raqobatbardoshliligini oshirish. Muvofiqlikni baholash mahsulotning, ishlab chiqarish jarayonlarining, xizmatlarning, menejment tizimlarining, xodimlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlashga doir faoliyatdir. Muvofiqlikni baholash organi muvofiqlikni baholash tartib-taomillarini bajaradigan yuridik shaxsdir. Mahsulot, ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlar, menejment tizimi va xodimlar muvofiqlikni baholash obyektlaridir. Texnik reglamentlarda belgilangan muvofiqlikni majburiy ravishda tasdiqlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: muvofiqlikni deklaratsiya qilish– muvofiqligi majburiy ravishda tasdiqlanishi lozim bo‘lgan mahsulotga nisbatan rasmiylashtiriladigan hujjat. majburiy sertifikatlashtirish–texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat. Qonunga koʻra, davlat nazorati organlari oʻrtasida yuqori xavf tugʻdiradigan mahsulot haqida tezkor ravishda oʻzaro xabar berish tizimi yaratiladi va faoliyat koʻrsatadi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling