Mahsulotlarni yetkazib berish mahsulotlarni omborga joylashtirish va omborda qayta ishlash tizimi Mundarija: Kirish I bob. Mahsulotlarni yetkazib berish mahsulotlarni omborga joylashtirish va omborda qayta ishlash tizimi
Zaxiralarni omborga joylashtirish va shu tizimning ta’rifi
Download 49.53 Kb.
|
Mahsulotlarni yetkazib berish mahsulotlarni omborga joylashtirish va omborda qayta ishlash tizimi
1.1. Zaxiralarni omborga joylashtirish va shu tizimning ta’rifiIshlab chiqarish jarayoni xomashyo va materiallarni bir korxonadan boshqasiga siljitish, tayyor mahsulotni ishlab chiqarish doirasidan iste’mol doirasiga yetkazilishi bilan bog‘liq. Bu siljishlar ayrim joylarda moddiy zaxiralarning yig‘ilishiga olib keladi, bu zaxiralarni saqlash uchun esa moslashtirilgan omborxonalar kerak. Chunki, ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz bo‘lishi uchun u yerda iste’mol qilinadigan xomashyolarning zaxiralari bir kunda yoki bir haftada kerak bo‘ladigan xomashyo miqdoridan ko‘p bo‘lishi zarur. Xomashyo, material, mahsulotlarni saqlash uchun maxsus qurilmalar, har xil tara, mexanizatsiya vositalari va boshqalar kerak. Moddiy boylik manbalarini ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga siljishi 2 usulda tashkil qilinishi mumkin: Tranzit usuli. Omborlardan foydalaniladigan usul. Ishlab chiqarish jarayoni uzluksizligini tranzit usuli bilan ta’minlashda moddiy boylik manbaning zaxiralari korxona va tashkilotlarning omborlarida tashkil qilinadi. Ishlab chiqarish jarayoni uzluksizligining omborlardan foydalanadigan usuli bilan ta’minlashda boylik manbalarining harakati boshqacha tashkil qilinadi. Bu usul orqali materiallar korxona va tashkilotlar omborlariga yetib borishdan avval, ta’minlash-o‘tkazish tashkilotlarining ombor va bazalariga saralash uchun olib boriladi, keyin shu ombor va bazalardan iste’molchilarga yetkaziladi. Omborlarni 2 turga ajratish mumkin: Ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarining omborlari. Tijorat vositachi tashkilotlarning ombor va bazalari. Moddiy boylik manbalarini tranzit usuli bilan yetkazish eng tejamli usul hisoblanadi, chunki u qo‘shimcha xarajatlarning kamayishiga olib keladi, omborlarda moddiy boylik manbalari zaxiralarining ko‘payishiga imkon yaratadi. Lekin bu usuldan foydalanishning o‘z shartlari bor. Ta’minlovchi korxona 1 ta iste’molchi - korxonaga aniq vaqt davomida katta miqdorda, ya’ni temir yo‘l vagonlarini to‘ldiradigan miqdorda, moddiy boylik manbalaridan foydalansa, tranzit usulidan foydalanish mumkin. Shunday qilib, ta’minlashning tranzit usuli bilan tashkil qilinish imkoniyati moddiy boylik manbalarini iste’mol qilish miqdoriga va belgilangan tranzit me’yorlariga bog‘liq. Tranzit me’yori deganda, bir buyurtma asosida ta’minlovchi korxona orqali iste’molchi korxonaga yuboriladigan moddiy boylik manbalarining eng kam yo‘l qo‘yilgan miqdori tushuniladi. Iste’molchi korxona ta’minlovchi korxonaga yaqin joylashgan (120-150 km masofada) va materiallarni avtotransport bilan yetkazib berish imkoniyati bo‘lsa, ta’minlashning tranzit usulidan foydalanish mumkin. Omborlar orqali ta’minlash usuli turli xil moddiy boylik manbalarini kam miqdorda iste’mol qiladigan korxonalarda qo‘llaniladi. Bunday iste’mol qilinadigan boylik manbalari miqdori tranzit me’yorlar va buyurtma me’yorlariga yetmaydi. Bunday ta’minlash usuli iste’molchi korxonalarga kerakli miqdorda moddiy boylik manbalari va materiallarni buyurtma qilishi mumkin. Tijorat vositachi hissadorlik jamiyati korxonalari bazalariga materiallar tez-tez yetkazilishi natijasida, tranzit usuliga ko‘ra, iste’molchi korxonada moddiy boylik manbalari zaxiralarini sezilarli darajada kamaytirishga imkon yaratadi. Ombor orqali ta’minlashning kengayishiga hissador jamiyati bazalarida materiallar zaxiralarining ko‘payishiga olib keladi. Lekin butun xalq xo‘jaligi darajasida zaxiralarni umumiy mutlaq miqdori ko‘paymaydi, aksincha, kamayishi mumkin. Ombor orqali ta’minlashning yana ijobiy tomoni shundaki, ta’minlash - o‘tkazish bazadagi zaxiralardan samarali foydalanish mumkin, yana qisqa vaqt davomida birdaniga keng doira iste’molchilar ehtiyojini qondirish mumkin, iste’molchilarni har tomonlama ta’minlash imkoniyatini yaratadi. Ta’minlash usulini belgilashdan oldin zarur bo‘lgan texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqish, ta’minlashning 2 usuli ijobiy va salbiy tomonlarini e’tiborga olish kerak. Download 49.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling