Mahsulotlarni yetkazib berish mahsulotlarni omborga joylashtirish va omborda qayta ishlash tizimi Mundarija: Kirish I bob. Mahsulotlarni yetkazib berish mahsulotlarni omborga joylashtirish va omborda qayta ishlash tizimi


Omborxona ishining ba’zi bir ko‘rsatkichlar hisob–kitobi


Download 49.53 Kb.
bet5/8
Sana09.05.2023
Hajmi49.53 Kb.
#1449701
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mahsulotlarni yetkazib berish mahsulotlarni omborga joylashtirish va omborda qayta ishlash tizimi

1.4. Omborxona ishining ba’zi bir ko‘rsatkichlar hisob–kitobi


Eng ma’qul jadvalni shakllantirishda quyidagilar hisobga olinadi:

  • ishlab chiqarishning boylik manbalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish darajasi;

  • boylik manbalaridan foydalanish samaradorligi;

  • tugallanmagan ishlab chiqarishga jalb qilingan vositalar;

  • jadvalning epchilligi, ya’ni uskunalarni avariya tufayli to‘xtab qolganda va moddiy boylik manbalari to‘liq yetkazib berilmaganda uni amalga oshirish imkoniyati.

  1. Bir xil o‘lchamli va konstruksiyali joylashtiriladigan birliklarni alohida omborxona bo‘limlariga joylashtirish kerak.

  2. Omborxona bo‘limi uzunligi doirasida joylashtiriladigan birliklar tarkibiy qismlarining qat’iy belgilangan miqdori o‘rnatiladi.

  3. Agar tovarlar bevosita bir-birlari ustiga joylashtiriladigan bo‘lsa, ularning miqdori oldindan aniqlanishi va belgilangan miqdordan ortib ketmasligi kerak.

Sarmoyalar kiritishga xarajatlarni omborga joylashtirish texnologiyalarini taqqoslashda baholash ko‘rsatkichlari sifatida qaralishi mumkin:

  • uskunaning texnik imkoniyatlari va unga ehtiyoj;

  • omborxona obyektidan foydalanish xarajatlari;

  • omborxona xodimlariga ehtiyoj; - omborxona sig‘imining kattaligi; - omborxona maydonlariga ehtiyoj.

Sarmoya kiritishga xarajatlar omborxona xo‘jaligining rivojlanishi quyidagi formula bo‘yicha kelajakda omborxona quvvatlariga ehtiyoj va har xil turdagi omborlar quvvati (sig‘imi) birligicha solishtirma sarmoyalar kiritish me’yorlarini belgilash asosida amalga oshiriladi: ming so‘m Bu yerda:
E - omborxona obyektlari sig‘imining o‘sishi, ming t;
Yyirik - solishtirma sarmoya kiritishning yiriklashtirilgan me’yori, so‘m/sig‘im t;
Sus-uskunalar uchun solishtirma sarmoyalar kiritishning
yiriklashtirilgan me’yori, so‘m/sig‘imi t;
Kus - hududlarda uskunalar narxi ortishi koeffitsiyenti;
Kyig‘ma - quyidagi formula bo‘yicha belgilangan qurilish narxi ortishining yig‘ma koeffitsiyenti.

Bu yerda:
Khud - qurilish - montaj ishlari narxining oshishini hisobga oluvchi hududiy koeffitsiyent;
Kik - iqlimiy mintaqalar bo‘yicha qurilish - montaj ishlari narxining oshishini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
Kzil - zilzilaviy ishlar bo‘yicha qurilish - montaj ishlarining narxi oshishini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Ushbu turdagi uskunaga ( N ) ehtiyojning pul miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

Bu yerda:
Qckp - ushbu turdagi mexanizmlar bilan qayta ishlanishi kerak bo‘lgan yuk muomalasining bir qismi, t;
Pm - foydalanish unumdorligi (bir mashina, mexanizmning ishlab chiqarish quvvati) t/s (kub. m/s); t/s (kub. m/s);
Knot - yuk kelib tushishi (yuklarni ortish) notekisligining
koeffitsiyenti;
Kdon - mashinalar, mexanizmlarning bir qismini ta’mirlashda, quvvatlashda, ijarada ekanligi hisobiga ularga ehtiyoj ortishining
koeffitsiyenti.
Ushbu turdagi mashinalar, mexanizmlar va qurilmalarga ehtiyoj miqdori ushbu formuladan kelib chiqqan holda aniqlanadi:
birgalikda
Bu yerda:
Рр - ombor bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan har xil turdagi mashinalar, mexanizmlar va qurilmalarning yuk ko‘tarish qobiliyati miqdori;
R - ushbu turdagi uskunalarning Рр dagi ulushi;
Rur - ushbu turdagi uskunaning o‘rtacha yuk ko‘tarish qobiliyati, t.%
Mehnat unumdorligi uni oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlarni hisobga olgan holda belgilanadi; - yangi texnikani qo‘llash;

  • ishlab turgan uskunalarni zamonaviylashtirish;

  • ortish-tushirish transport-omborxona ishlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish;

  • (iste’xona va logistik jarayonlarni boshqarish jarayonini avtomatlashtirish.

Baholovchi omillar soni qisqartirilishi mumkin, ammo baholovchi omillar sonidan hech kim sarmoya kiritishga qilingan xarajatlarni chiqarib tashlashi mumkin emas.
Bizning fikrimizcha, logistik tizimda mahsulotlarni omborga joylashtirish va omborda qayta ishlash samarali foyda ko‘rsatishi bir qator muammolarni hal qilish bilan bog‘liq. Bularga quyidagilar kiradi:

  • logistik tizim ishini strategik rejalashtirishda talab va ishlab chiqarishni bashorat qilish;

  • transportni taqsimlash va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish jarayonini muvofiqlashtirish muammolarini hal qilish, ya’ni xizmat ko‘rsatish joylarida omborxona tizimi tarmoqlarini yaratish, taqsimlovchi omborxona markazlari va iste’molchilar omborlari o‘rtasida vazifalarni eng muvofiq taqsimlash, iste’molchilarni guruhlash asosida savdo mintaqalarini bir turga keltirish, ularni ishlab chiqarish joylariga eng mos qilib biriktirish;

  • iste’molchilarga transportdan foydalanishga xizmat ko‘rsatishning iqtisodiy maqsadga muvofiq ko‘lamlari va darajalarini aniqlash;

  • logistik tizim modellarini qurish va uning faoliyat ko‘rsatishi barqarorligi shartlarini ishlab chiqish;

  • logistik tizimning ishonchli ta’minotini yaratish;

  • logistik tizimda iste’molchilarga yuqori samarali servis xizmati ko‘rsatish rejasini ishlab chiqish.


Download 49.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling