Mahsulotlarni yetkazib berish mahsulotlarni omborga joylashtirish va omborda qayta ishlash tizimi Mundarija: Kirish I bob. Mahsulotlarni yetkazib berish mahsulotlarni omborga joylashtirish va omborda qayta ishlash tizimi


Transport omborxonasi moddiy oqimlarini tashkil qilish


Download 49.53 Kb.
bet3/8
Sana09.05.2023
Hajmi49.53 Kb.
#1449701
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mahsulotlarni yetkazib berish mahsulotlarni omborga joylashtirish va omborda qayta ishlash tizimi

1.2. Transport omborxonasi moddiy oqimlarini tashkil qilish
Hammaga ma’lumki, ishlab chiqarish korxonalarining samarali iqtisodiy faoliyati zarur xomashyo materiallar, yoqilg‘i, xilma-xil uskunalar bilan ta’minlashga bog‘liq. Bu ishlar moddiy texnika ta’minoti tizimi orqali tashkil qilinadi. Mana shu tizimning texnik va ishlab chiqarishga oid bazasi ombor xo‘jaligidir. Ishlab chiqarish korxonasining omborlari, yordamchi sexlari va transportlari korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasining eng muhim halqalaridan hisoblanadi. Omborning ishlash sifati sezilarli darajada ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir qiladi.
Korxona omborlarining asosiy vazifalari:

  1. Kerakli yoqilg‘i, xomashyo, material, mahsulot va boshqa boylik manbalari zaxiralarini to‘plash va iste’molchilarni usluksiz ta’minlash.

  2. Moddiy boylik manbalarini saqlash.

3.Yuk ortish-tushirish ishlari, omborning ichki ishlarini eng oz mehnat va pul xarajatlari bilan oqilona tashkil qilish.

  1. Ombor maydonlaridan oqilona foydalanish va ombor xo‘jaligining asbob-uskunalaridan samarali foydalanish.

  2. Moddiy boylik manbalarini ishlab chiqarishda iste’mol qilishga tayyorlash.

  3. Markazlashtirilgan usulda material va mahsulotlarni kerakli joylarga (iste’molchilarga) yetkazib berish.

  4. Materiallardan tejamli foydalanishni nazorat qilish, ishlab chiqilgan chiqimlardan va taralardan oqilona foydalanishni tashkil qilish.

  5. Ishlab chiqarish jarayonida ishlatilmay qolgan, ortiqcha moddiy boylik manba zaxiralarini o‘z vaqtida aniqlash va ulardan foydalanishni tashkil qilish.

Ombor deganda, har xil moddiy resurslarni qabul qilish va saqlashga mo‘ljallangan, ularni ishlab chiqarish jarayoniga tayyorlaydigan va iste’molchilarni uzluksiz ta’minlab turadigan qurilmalar tushuniladi. Boylik manbalarini saqlovchi omborlar bir-biridan farqlanadi. Ishlab chiqarish korxona omborlari ushbu xossalar bo‘yicha tavsiflanadi:

  • faoliyat xarakteri yoki vazifalari bo‘yicha;

  • saqlanadigan resurslar bo‘yicha;

  • binoning turi bo‘yicha;

  • joylashgan joyi va faoliyat doirasi bo‘yicha;

  • o‘tga chidamlilik darajasi bo‘yicha.

Masalan, faoliyat xarakteri bo‘yicha omborlar:

  1. Ta’minlash yoki moddiy omborlarga.

  2. Ishlab chiqarishning ichidagi omborlarga bo‘linadi.

Saralanadigan boylik manbalari turlari bo‘yicha omborlar ixtisoslashtirilgan yoki universal bo‘lishi mumkin. Binosining turi bo‘yicha omborlar yopiq, yarim yopiq yoki ochiq bo‘lishi mumkin. Joylashish va faoliyat ko‘lami bo‘yicha omborlar markaziy, uchastkalarniki va sexlarniki bo‘ladi. O‘tga chidamlilik darajasi bo‘yicha ombor yonmaydigan, yonish qiyin bo‘lgan va yonadigan bo‘ladi.
Ishlab chiqarish korxonalarida ombor xo‘jaligi tashkil qilishning eng muhim masalalaridan biri - omborlarni to‘g‘ri joylashtirish. Har bir korxonada omborlar va iste’molchi sexlar bir-biri bilan texnologik aloqa orqali bog‘lanadi. Har bir ombor o‘zining iste’molchi sexiga yaqin joylashadi. Korxona hududida omborlarni mintaqaviy joylashtirish uchun quyidagi tamoyillarga rioya qilish kerak:

  • yuklar oqimi harakatda bo‘lishi kerak;

  • yuklarni transportirovka qilish qulay bo‘lishi kerak va shoxobchalar bilan qulay aloqa bo‘lishi kerak;

  • saqlanayotgan moddiy resurslarni imkoni boricha asosiy sexlarga yaqinlashtirish;

  • omborlarni boshqa qurilmalar oldida joylashtirilayotganda yong‘indan xavfsizlik qoidalarini hisobga olish kerak.


Download 49.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling