Asosiy qism
Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni
Maktabgacha surdopedagogikaning nazariy asoslari
Ilk va maktabgacha yosh davrlarining inson hayotida tutgan o’rni D.B.Elkonin bola rivojlanishining yosh davrlarini ajratishda taklif etgan mezonlar. Go’daklik, ilk, maktabgacha davrda bolaga xos ijtimoiy holatlari. Go’daklik, ilk, maktabgacha davrda bolalarga xos faoliyat turlari. Maktabgacha davrda krizislarini yuzaga kelishining psixologik negizi.
Maktabgacha surdopedagogikasi fanining predmeti, maqsadi va
metodlari
Maktabgacha surdopedagogika fanining predmet va vazifalari: Maktabgacha surdopedagogikaning otolaringologiya, surdologiya, audiologiya, tibbiyot fanlari: nevropatologiya, psixiatriya, surdotexnika, umumiy va maxsus psixologiya, umumiy va maxsus pedagogika fanlari bilan bog’liqligi.
Maktabgacha surdopedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari: Kuzatish metodi. Eksperiment, bolalar ishlarini, ta`lim-tarbiya muassasalari hujjatlarini o’rganish metodi. Ilg’or pedagogik tajribani o’rganish va umumlashtirish metodi. Suhbat, anketa olish metodi, sotsiometriya metodi, matematika metodi.
Eshitish qobiliyati buzilgan bolalarning maktabgacha tarbiyasi tarixi
Surdopedagogika fani rivojlanishining asosiy rivojlanish bosqichlari V.I.Flerining kar-soqov bolalarga erta ta`lim-tarbiya berish nazariyasi. XIX-XX asrlarda maktabgacha tarbiya tizimining rivojlanishi. XX-asrning 50-70 yillarida mavjud bo’lgan kar bolalarni o’qitish va tarbiyalashning asosiy tamoyillari va talablari. 1992 yilda tuzilgan kar va zaif eshituvchi bolalarga ta`lim-tarbiya berish dasturining tamoyillari va talablari. Kar bolalar maktabi huzurida tashkil etilgan maktabgacha tarbiya guruhlari uchun tuzilgan dasturning vazifasi va mazmuni.
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalar tizimi
Kadrlar tayyorlash milliy dasturga muvofiq, maktabgacha tarbiyani rivojlantirish talablari.
Maktabgacha tarbiya muassasalarning pedagogik kadrlari. Bog’cha mudirasi, metodist, surdopedagog, tarbiyachi, musiqa rahbarining vazifalari. Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari va maktablarni komplektlash ishlari. Psixologo-pedagogik tekshirish tamoyillari. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni psixologik-pedagogik tekshiruvi. R.M.Boskisning pedagogik tasnifi. N.A.Rauning tasnifi. L.V.Neymanning tasnifi. Psixologo-pedagogik komissiya faoliyati. Eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarni har tomonlama tekshirish. Eshitishda nuqsoni bo’lgan ilk va maktabgacha yoshidagi bolalar psixik rivojlanishining xususiyatlari o’qitilmagan kar bolalar. Kar bolalarning nutqiy rivojlanishi. Kar bolalarning aqliy, sensor, harakatlarning rivojlanishi. Zaif eshituvchi bolalarning nutqiy, aqliy, sensor harakatlarning rivojlanishi. Kar bo’lib qolgan bolalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |