Mahsus pedagogikaning klinik asoslari


Download 1.47 Mb.
bet62/122
Sana07.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1174995
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   122
Bog'liq
Document

Lablar ogiz avlanma mushaklaridan tuzilgan. Tashqi to­mondan teri bilan, ichki tomondan shilliq parda bilan o‘ralgan.
Shilliq parda lablardan yuqori va pastki jagiarni yachcykasiga o'tib milkni hosil qiladi. Ogizning aylanma muskullari qisqarganda yuqori lab pastki labga yopishadi. Bundan tashqari lablar atrofida boshqa mushaklar joylashgan va ular lablarning turli harakatlarini ta’minlaydi.
Lunjlar ham mushaklardan tuzilgan boiib, ichki tomondan shilliq bilan qoplangan. Ogiz shaklini o‘zgartirishda bir qator muskullar ishtirok etadi. Chaynashda ishtirok etadigan mushak chakka mushagi, ichki va tashqi qanotsimon mushaklar.
Chaynov va chakka mushaklari — tushirilgan pastki jagiii ko‘taradi. Qanotsimon mushaklar ikkala tomonda barobar qisqarib — pastki jag'ni oldinga turib chiqaradi. Chaynov muskul­lari — uch tarmoqli ncrvning harakatlantiruvchi tarmoqlari bi­lan nervlanadi.
Tishlar— ular ikki yoyga (yuqori va pastki) o‘xshab, yuqori va pastki jag'larning yacheykalarida joylashgan. Har tishda uchta (3) qism tavofut etiladi:

  • koronkasi;

  • bo‘yni;

  • ildizi.

Shakli va faoliyatiga qarab quyidagilarga bo'linadi:

  1. oldingi tishlar;

  2. mayda jag‘ tishlar;

d) kattajag' tishlar.
Birinchitishlar 6—8 oyidapaydobo'lib, 2—3 yoshidahammasuttishlarichiqibbo'ladi (20 = 10 tatepada, 10 pastda). Sut tishlarining haqiqiy tishlarga almashinishi 7 yoshdan boshlanib, 13­14 yoshda tugaydi. Faqat aql tishlar 18-30 yoshda chiqadi. Doimiy tishlar 32 ta: 16 ta tepada 16 ta pastda. Tishlar koronkasining shakli va ildizning soniga qarab farqlanadi. Koronkaning shakliga qarab tishlarni: ovqatni kesuvchi; o'sib oluvchi; burdalovchi qoziq tishlar, maydalovchi kichik jag" tishlar, ezuvchi katta jag' tishlar deyiladi. Tish ichida bo‘shliq bo'lib, buni tishning eti yoki pulpa deyiladi. Tishning asosiy massasi dentin moddadan tashkil topgan. Dentin tish koronkasi sohasida emal bilan, ildizlari sohasida — sement bilan qoplangan.
Qattiq tanglay — suyak plastinkasidan iborat bo'lib, og'iz bo'shlig'idan ajratib turadi. Shakli jihatdan bo'rtib chiqqan gumbazning yuqori qismini eslatadi. Orqada yumshoq tanglayga o'tadi.
Yumshoq tanglay — muskul qavatidan tuzilgan bo'lib, u o'rta qismida uzayadi va tilchani host 1 qiladi. Yumshoq tanglay tilchasi bilan normada osilib turadi, muskullar qisqarganda tepaga va orqaga ko'tariladi.
777 — bu massiv muskulli a’zo. Til ovqatni mexanik jihatdan ishlashda, so'zlash jarayonida qatnashadi. Til shilliq parda bilan qoplangan. Tilni o'rta qismi — til tanasi deyiladi, oldingi qismi — til uchi va orqa qismi til ildizi deyiladi. Til 2 guruh muskullardan tashkil topgan.

  • 1-guruh tilni xususiy mushaklari; suyakdan boshlanib, tilni shilliq pardasining har xil qismlariga yopishadi.

  • 2-guruhdagi mushaklar ikkala tomonidan ham tilning shil­liq qavatiga birikkan bo‘ladi.

1-guruh muskullar qisqarganda bulun til harakatlanadi. 2-guruh muskullar qisqarganda tilning ayrim qismlarini joylashishi va shakli o‘zgaradi. Tilning pastki qismidagi shilliq parda og‘iz bo‘shliglining tagiga o‘tib, o‘rtada yog‘ilib, til yuganini hosil qiiadi. U ayrim hollarda yaxshi rivojlanmay, tilning harakatini cheklaydi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling