Mahsus pedagogikaning klinik asoslari


Download 1.47 Mb.
bet59/122
Sana07.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1174995
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   122
Bog'liq
Document

Ovoz bo’limi hiqildoq va u bilan birga joylashgan ovoz paychalaridan tashkil topgan.
Hiqildoq nafas yoiining burun bo'shlig'idan keyingi qismi. Hiqildoq havoning traxeyaga o‘tishini ta’minlaydi va unga qattiq, suyuq moddalar tushishiga to'sqinlik qiladi. Hiqildoq bo‘ymning oldingi qismida joylashgan hiqildoq do'ngi, ayniqsa, ozg'in kishilarda ko'zga yaqqol ko‘rinib turadi. Ana shu do'nglik kekirdak olinosi deb ataladi. Hiqildoq gapirganda, yo'talganda, ashula aytganda oson harakatlanadi. Hiqildoq toq uzuksimon, shoxsimon va juft cho'michsimon, shoxsimon tog'aylardan iborat. Hiqildoq asosi bir-biri bilan bo‘g‘imlar orqali birikkan tog‘aylardan tash­kil topgan bo‘lib, bo‘g'imlarda harakat maxsus muskullar haraka­ti yordamida ro‘y beradi. Hiqildoqda ovoz paychalari joylashgan bo‘lib, ular nafas olganda, qattiq yoki sekin gapirganda muayyan holatni egallaydi.
Erkaklarda hiqildoq ayollarga nisbatan kattaroq, ovoz paycha­lari esa uzunroq va qalinroqdir. Ayollarda ovoz paychalarining uzunligi 18—20 mm, erkaklarda 20—24 mm gacha bo‘ladi.
O'g'il va qiz bolalarda balog‘atga yetish davri boshlangunga qadar hiqildoqning kattaligi va tuzilishida farq bo'lmaydi. Hi­qildoqda o'zgarish qizlarda 12—13, olg11 bolalarda 13—15 yoshda sodir bo‘ladi. Bu vaqtda hiqildoqning kattaligi qizlarda 1/3, o‘g‘il bolalarda 2/3 qismga o'sadi va ovoz paychalari cho‘ziladi.
Ilk yoshdagi bolalarda hiqildoqning shakli voronkasimon bo‘ladi. Bolaning o‘sishiga qarab hiqildoq asta-sekin silindrsimon shaklga yaqinlashadi.
Ovoz paychalari o'zining massasi bilan hiqildoqning ko‘p qismini egallab oladi va tor ovoz tuynugini qoldiradi.
Odatdagi nafas olishda ovoz tuynugi keng ochiladi, teng yonli uchburchak shakliga keladi. Bunda nafas olayotgan va nafas chiqarayotgandagi havo keng ovoz tuynugidan bemalol o'tib ketadi.
Ovoz (yoki fonatsiya) qanday sodir bo‘ladi? Ovozning hosil bo‘lishida ovoz paychalari qisqargan holatda bo'ladi. Chiqarilayotgan havo oqimi qisqargan ovoz paychalari orasidan оЧауоtib, ularni biroz chetga suradi. Kevin yana chiqarilayotgan havo oqimi bosinii ostida o‘zining pishiqligi hamda hiqildoq niuskullarining harakati bilan o‘z holiga qaytadi. Chiqarilayotgan havo oqimining bosinii tamom bolgunga qadar ovoz paychalarining qisqarishi va cho‘zilishi davom etaveradi.
Ovoz paychalarining tebranishi tufayli chiqarilayotgan havo oqimi ovoz paychalari ustida tebranish chastotasiga aylanadi. Bu tebranishlar tevarak-atrofga yetkaziladi va biz uni ovoz tovushlari deb qabul qilamiz.
Ekspressiv (cslash) nutq — bu til yordamida o‘z fikrini bayon qilish tashqariga yo‘naltirilgan va bir qancha bosqichlardan o4uvchi: g‘oya — ichki nutq — tashqi o‘z fikrini aytish.
Imressiv (idrok qilish) nutq — bu atrofdagilar nutqini tushunish (og‘zaki yoki yozma) jarayon, hamda bir qancha bosqichlardan ohadi:

  • nutqiy xabarni idrok qilish axborot lahzalarini ajratish — idrok qilingan umumiy ma’nodagi sxcmada ichki nutqni shakllantirish;

  • kuy-intonatsiyali (intonatsiya, ovoz, bo'yash);

  • temp-ritmik (nutq tempi va ritmi);

  • uzuq-yuluq temp (asossiz pauzalar, tutilish, so‘z va tovushlarda urg‘uli bo‘g‘inni aniq o'qish tutilmasdan, tutqanoq-

siz (fiziologik iteratsiya, poltern) va tutqanoqlik ko‘rinishidagi duduqlanish).
Nutq turli ko'rinish va turlardagi murakkab psixik faoliyatdan iborat. U ekspressiv va impressiv nutqqa ajratiladi.
Nutq faoliyati mustaqil umumiy to'rtta turga ajratiladi, ulardan ekspressiv nutqqa og'zaki va yozma nutq (xat kabi), impres­siv nutqqa esa — og'zaki nutqni tushunish va yozma nutqni tushunish (o'qish) kiradi.
Og'zaki nutq — murakkab, ko'pqirrali jarayonni o'ziga qamrab oladi: nutqning fonetik tomoni (nutqdan tovushni ma’noli ajralishi); leksik-grammatik (so'zlar, iboralar, ma’lumotlar); kuy-intonatsiyali (intonatsiya, ovoz, bo'yash); temp-ritmik (nutq tempi va ritmi). Og'zaki dialogli va monologli bo'lishi mumkin.
Mustaqil yoki aytib turib yozilgan va o'qish mumkin bo'lgan, og'zaki nutq asosiga yozma nutq quriladi va rivojlanadi. U yoki bu nutq komponentlariga ko'ra quyidagi lingvistik buzilishlarga bo'linadi:

  1. Fonetik buzilishlar — bitta yoki bir nechta tovush guruhlarini noto'g'ri talaffuz qilish (shipillovchi, hushtakli, o'rta va orqa til tovushlari; undosh tovushlarning qattiq-yumshoqligini, karlik-jarangliligining buzilishi).

  2. Leksik-grammatik buzilishlar. Bu buzilishlarning orasi ajra­tiladi: cheklangan lug'at zaxirasi; qashshoqlashgan ibora; iborada noto'g'ri tuzilgan so'zlar; noto'g'ri ishlatilgan kelishiklar va qo'shimchalar; chala gapirish, so'zlarning joyini almashtirib gapirish.

  3. Kuy-intonatsiyali buzilishlar: urg'uni noto'g'ri ishlatish (so'zda — grammatik, iborada — mantiqiy); tovushning tembri, balandligi, kuchi bilan bog'liq buzilishlar (tinch, bo'g'iq, vaqillovchi, qisilgan, ma’nosiz, vizillovchi, past ovoz, modullashmagan).

  4. Templi ritmik buzilishlar: tezlashgan temp bosh miya po'stlog'ida hayajonlanish jarayonlarining ustun kelishiga bog'liqligi (taxilaliya); sekinlashgan temp, tormozlanish jarayonlarining ustunlik qilishi (bradilaliya); uzuq-yuluq temp (asossiz pauzalar, tutilish, so‘z va tovushlarda urg‘uli bo‘g‘inni aniq o'qish tutilmasdan, tutqanoqsiz (fiziologik iteratsiya, poltern) va tutqanoqlik ko‘rinishidagi duduqlanish).

Yozma nutqdagi buzilishlar:
xatlar:
fonemani grafemaga noto‘g‘ri qayta shifrlash; chala yozish; so'zda harflarni tushirib qoldirish va aralashtirib yuborish; gapda so'zlarni qayta joylashtirish va kelishmaslik; chiziqdan chiqib ketish va boshqalar;
o'qish:
tovushlarni almashtirish va aralashtirish; harflab o‘qish; so‘z tarkibida tovush-bo‘g‘inni buzish; o‘qilgan narsani tushunishning buzilishi; agrammatizmlar.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling