Mahsus pedagogikaning klinik asoslari


So‘z bo‘g‘inlarining harakat analizatori o‘zagi


Download 1.47 Mb.
bet21/122
Sana07.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1174995
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   122
Bog'liq
Document

So‘z bo‘g‘inlarining harakat analizatori o‘zagi pastki peshana pushtasining (gyrus frontalis inferior) orqa qismida (44-soha, Brok pushtasi) joylashgan bo‘lib, harakat markazining pastki qismiga yaqin turadi. Bu yerda so‘z bo‘g‘ini, so’zlarni hosil qilishda ishtirok etadigan lab, til, hiqildoq muskullaridan keladigan qo‘zg‘alishlar tahlil qilinadi. Bu markaz jarohatlanganda odam har xil tovushlar chiqaradi, ammo ulardan so‘z hosil qila olmaydi. Buni harakat afaziyasi deyiladi. 44-sohaning oldida 45-soha joylashgan bo'lib, u jarohatlanganda odam so'zlardan gap tuza olmaydi. Buni agramatizm deyiladi.

  • Og‘zakiso‘zlashningeshituvanalizatorio‘zagi eshituv a’zosi bilan bog‘liq bo'lgani uchun, eshituv analizatoriga yaqin joyda , yuqori chakka pushtasini (gyrustemporalissuperior) orqa qismida (42-soha, Vernike markazi) joylashgan. Bu markaz yordamida odam so'zlash vaqtida tovush past-balandligini tartibga solib turadi va boshqa odamni tushunadi. Bu markaz jarohatlanganda odamning tovushni eshitish qobiliyati yo'qolmagan holda, so‘zlarni tushunish qobiliyati yo‘qoladi. Buni so‘z soqovligi yoki sensorafaziya deyiladi.

  • Odam o‘z taraqqiyotida faqat so‘zlashni emas, balki yozishni ham o‘rgangan. Harflarni yozish qo‘Ining ma’lum bir harakatini talab qiladi, bu esa umumiy harakat analizatori bilan bog’liq. Shuning uchun yozma so‘zning harakat analizatori o‘zagi o‘rta peshana pushtasining (gyrus frontalis media) orqa qismida markaz oldi pushtaga yaqin joylashgan. Bu analizatorning faoliyati qo‘lni ma’lum bir maqsadlar bilan qilinadigan harakatlar markazi (40, soha, gyrus supramarginalis) bilan bog‘langan. U markaz jarohatlanganda umumiy harakat yo'qolmaydi, ammo qo‘lning harflarni yoki shakllarni yoza biladigan nozik harakatlari yo’qoladi. Bu holatni agrafiya deyiladi.


  • Download 1.47 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   122




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling