Mahsus pedagogikaning klinik asoslari
Download 1.47 Mb.
|
Document
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tugunchali (ganglioz) qavat
- (gyrusprecentralis)
- (gyrus frontalis niedius)
- (gyrus temporalis superior)
Molekulyar qavat (lamina molecularis) yumshoq parda ostida joylashgan. U asosan bir-biri bilan zich to'r kabi to‘qilib ketgan nerv tolalari va ular o'rtasida joylashgan kam sonli mayda nerv hujayralaridan iborat.
Tashqi donador qavat (lamina granulans externa). Bu qavatda juda ko‘p yumaloq va uchburchak shakldagi hujayralar alohida-alohida donachalardek tarqoq holda joylashgan. Piramida qavatida (lamina pyramidalis) kichik va o‘rta kattalikdagi piramida hujayralari tarqoq holda joylashgan. Ichki donador qavat (lamina granulans interna) xuddi ikkinchi qavat singari tarqoq joylangan mayda hujayralardan iborat. Tugunchali (ganglioz) qavat (lamina ganglionaris). Bu qavatda kichik piramida hujayralardan tashqari, yirik Betspiramida hujayralari bo‘lib, ular markaz oldi pushtasi va markaz yon bolagida uchraydi. 6. Нагxil shakldagi hujayrali qavat (lamina multiformis). Bu qavatda turli shakldagi hujayralar bo‘lib, ular oq modda bilan yonma-yon turadi. Bu 6 qavatning pastki (5—6 qavvat) efferent yo‘llarning boshlanish qismi bo‘lsa, o'rta (3—4) qavatlar esa afferent yo‘llar bilan bogdangandir. Yuqorigi (1—2) qavatlar esa po‘stloqning bir-biri bilan bog‘lovchi assotsiativ yodlarni hosil qiladi. Yangi tugdlgan bolada po‘stloq yaxshi takomillashmagan bo‘lib, 2—3 yoshlarda yetiladi. Bolalikning keyingi davrlarida cgat va pushtalarning o'sishi munosabati bilan miya po'stlogd yuzasi kattalashadi va tuzilishi murakkablashib ma’lum soha va maydonlarga boiinadi. Bosh miya po‘stlog‘ida markazlarning joylashuvi Bosh miya markazlari joylashuvini o'rganish jarayonida biz organizmning o‘zida bodayotgan o'zgarishlar va tashqi muhitning organizmga ta’siriga moslashuvida ro‘y beradigan nerv boshqaruvida qaysi markazlarning qanday ahamiyati borligini bilamiz. Bosh miya po’stlogd markazlarini I.P.Pavlov analizatorning miyadagi oxirgi qismi deb atagan. Analizator bu murakkab nerv mexanizmi bodib, u tashqi qabul qiluvchi apparatdan boshlanib, miyada tugaydi. Analizator yordamida tashqi muhitning murakkab ta’siri alohida qismlarga bodinadi va tahlil qilinadi. Boshqa analizatorlar bilan aloqada ma’lum ish bajariladi. Miya markazi tekis chegaraga ega bodmay, «o‘zak» hamda «yoyilgan elementlardan» tashkil topadi. O‘zak retseptorning po'stloqdagi to’g'ri va chuqur proyeksiyasi bodib, yuqori tahlil qiluvchi asosiy qism hisoblanadi. Yoyilgan elementlar o‘zak atrofida joylashgan bodib, ularda ancha sodda va elementar tahlil sodir bodadi. Markazning o'zak qismi shikastlanganda yoyilgan elementlar ma’lum darajada o'zakning yo’qolgan faoliyatini qoplab turadi. Har xil analizatorlarning yoyilgan elementlari egallagan sohalari bir-biriga qolshilib ketadi. Hozirgi vaqtda miya po‘stlogd bir butun qabul qiluvchi yuza hisoblanadi. Ichki analizatorlarning po'stloqdagi markazlari. Harakat analizatorining o'zagi markaz oldi pushtasi (gyrusprecentralis) va yarim shaming ichki yuzasidagi markaz yon bodagida (lobules paracentralis) joylashgan. Bu sohada harakat analizatori o‘zagi hujayralari po'stloqning o‘rta qismlarida yotadi. Uning chuqur qavatlarida (5—6 qavat) katta piramida (Bets) hujayralari joylashgan. Ularni I.P.Pavlov po'stloqni po'stloq osti markazlari, bosh miya nervlarining o'zaklari va orqa miyaning oldingi shoxlari bilan qo'shuvchi oraliq neyron deb hisoblaydi. Markaz oldi pushtada odam tanasining qismlari boshi pastga, oyog‘i yuqoriga qaragan holatda joylashgan. Markazda tananing ayrim qismlarining egallagan sohasi turlicha bodib, ularning faoliyatiga bevosita bogdiq. Qo‘l, yuz, lab mushaklarining faoliyati murakkab bodgani uchun, ularni boshqaruvchi markazlar tana va oyoqqa nisbatan katta sohani egallaydi. O'ng markaz tananing chap tomonini, chap markaz esa odig tomonini boshqaradi, chunki piramida o‘tkazuv yo‘li uzunchoq va orqa miyada kesishadi. Tana mushaklari, hiqildoq va halqum mushaklari ikkala yarim shaming ta’siri ostida bodadi. Bosh va ko‘zning bir vaqtda qarama-qarshi tomonga harakatini ta’minlovchi analizatorning o'zagi o‘rta peshana pushtasining (gyrus frontalis niedius) orqa qismida (harakat oldi zonasi, 9 soha) joylashgan. Madum bir maqsad uchun qilinadigan harakatlar analizatorining o‘zagi o‘naqaylarda chap yarim shaming pastki tepa bodakchasining gyrus supra marginalissida joylashgan. Bunday murakkab harakat odam hayotida bir turdagi ishni ko‘p qaytarishi, tajriba markaz oldi pushtasi bilan chekka usti pushtasi o‘rtasida hosil bodadigan vaqtincha aloqalar natijasida hosil bodadi. Bu markaz shikastlanganda mushak harakati buzilmaydi, ammo odamning madum bir maqsad bilan qiladigan harakati yo‘qoladi. Buni apraksiya deyiladi. Bu markaz bir tomonlama, chapaqaylarda odig yarim sharda, o'naqaylarda faqat chap yarim sharda bodadi. Ichki a’zolar, qon tomirlarning silliq muskullaridan ta’sir olib keluvchi analizatorning markazi harakat markazi oldida (6, 8-sohalar) joylashgan bo‘lib, markazdan qochuvchi yo'llar po'stloq osti vegetativ markazlariga boradi. II. Tashqi ta’sirotlarni qabul qiluvchi analizatorlarning po'stloqdagi markazlari. Sezgi analizatorining markazi markaz orqa pushtada (gyruspostcentralis) joylashadi. Odam tanasi qismlari xuddi harakat markazidagidek boshi pastda, oyog‘i yuqorida joylashgan. Bu sohada po'stloqning og‘iz va qo‘l retseptorlari yaxshi taraqqiy etgani uchun po‘slloqning ularga tcgishli qismlari katta bo'ladi. o’ng va chap ustki tepa bo'laklarida teri sezgisining bir turi, buyumlarni yopiq ko‘z bilan paypaslab bilish — stereognoziya markazi joylashgan. Bu markaz jarohatlanganda umumiy sezgi yo'qolmagani holda yopiq ko‘z bilan predmetlarni paypaslab bilish xususiyati yo‘qolib ketadi (astereognoziya). Eshituv analizatorining o'zagi ustki chakka pushtasining (gyrus temporalis superior) o'rtasida joylashgan. Bu sohaning ikkala yarim sharda buzilishi butunlay karlikka olib keladi. Ko‘ruv analizatorining o'zagi ensa bo'lagini ichki yuzasidagi sulcuscalcarinus sohasida joylashgan. Bitta markazda bir ko'zning lateral yarmi va ikkinchi ko'zning medial yarmini to'rpardasi proeksiyasi bo'ladi. Shuning uchun butunlay ko‘r bo'lib qolganda ko'ruv analizatori ikki tomondan shikastlangan bo'ladi. Ko'ruv markazidan sal yuqoriroqda (17 va 18-sohalarda) ko'rgan narsani eslab qolish markazi joylashgan bo'lib, u jarohatlanganda odamning ko'rgan narsani eslab qolish qobiliyati yo'qoladi. Pona pushtasidagi 19-sohada yangi sharoitga moslashish markazi bo'lib, bu markaz shikastlanganda odamning yangi sharoitga moslashish xususiyati yo'qoladi. Hidlov analizatorining o'zagi chakka bo'lagining pastki yuzasidagi iltnoq, qisman gippokamp sohasida joylashgan. Maza bilish analizatorining o'zagi hidlov va maza bilish sezgilari bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgani uchun hidlov markaziga yaqin joylashgan. Ammo markaz orqa pushtasining pastki qismlari jarohatlanganda ham odamning maza bilish faoliyati buziladi. Yuqorida aytib o’tilgan po‘stloq markazlari miya po‘stlog‘ining ma’lum bir sohalarida joylashgan bo‘lib, ularga ta’sirollar tashqi va ichki muhitdan keladi. Bu ta’sirlar turli xil sezgi va sezgilar to’plami sifatida qabul qilinadi va ularni I.P. Pavlov birinchi signal tizimi deb ataydi. Bu tizim hayvonlarda ham bo'ladi. Bundan tashqari odam so‘zlash, fikrlash xususiyatlariga ega bo'lganidan keyin, unda ikkinchi signal tizimi paydo bo‘ladi. Ontogenezda odamda avval birinchi signal tizimi markazlari, so‘ngra ikkinchi signal tizimi markazlari paydo bo'ladi. Ikkinchi signal tizimi markazlarining taraqqiyoti va takomillashuvi tashqi muhitga, turmush sharoitiga bog‘liq. Ikkinchi signal tizimi paydo bo'lishi uchun bola boshqa odamlar bilan aloqada bo'lishi, og‘zaki so‘zlarni va yozishni o‘rganishi kerak. So‘zlash jarayoni murakkab bo‘lib, uni bajarishda butun po‘stloq qatnashadi, ammo ma’lum bir sohalar asosiy boladi. Bu sohalar so‘z analizatorlarining o‘zaklari hisoblanadi. Ikkinchi signal tizimi markazlari. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling