Mahsus pedagogikaning klinik asoslari
Download 1.47 Mb.
|
Document
Yozma so‘zning ko4ruv analizatori o‘zagi pastki tepa bo‘lagida (gyrus angularis, 39, soha) joylashgan bo‘lib, ko‘ruv analizatori bilan bevosita bog‘liq. Bu markaz jarohatlanganda, odamning ko‘rish qobiliyati yo‘qolmagan holda, o‘qish qobiliyati yo’qoladi. Bu holni aleksiya deyiladi. Odamning ikkinchi signal sistemasi markazlari ikkala yarim sharda bo’ladi, lekin bir tomonda ko’proq taraqqiy etgan (o’naqaylarda chap tomonda, chapaqaylarda o‘ng tomonda bo‘ladi).
Analizatorlar po‘stloq markazlarining taraqqiyoti. Harakat analizatorining o‘zagi 7—10 yoshlarda takomiilashib boiadi. Ma’lum maqsad bilan qilinadigan harakat (praksiya) markazi yangi tug’ilgan bolada bo'lmaydi. Bola hayotining birinchi ikki yilida oldingi markaziy pushta bilan aloqa, uch yoshlarda esa ma’lum bir maqsad bilan harakat markazi paydo bo'ladi. Sezgi analizatori sohasida po’stloq sitoarxitektonikasi ikki yoshda kattalarnikiga o'xshash tuzilishga ega bo'ladi. Buyumlarni paypaslab bilish (stereognoziya) analizatori o‘zagi bola hayotining 2—4 yoshlarida toliq hosil bo’ladi. Yangi tug'ilgan bola eshituv analizatori o‘zagi shartli reflcktor faoliyatiga moslashgan bo‘ladi. 2-3 yoshlarda ikkinchi signal sistemasi rivojlanadi va markaz takomillashadi. Yangitug‘ilganbolako'ruvanalizatorio'zaginingsitoarxitektonikasikattalarnikigao‘xshaganbo'ladi. Keyingidavrlardao‘zaktarkibitashqimuhitta’siridatakomillashibboradi. Ikkinchi signal tizinii analizatorlari markazlarining taraqqiyoti quyidagicha bo‘ladi: So‘z bo‘g‘imIarining harakat analizatori (Brok pushtasi) uch yoshlarda takomillashadi. Yozma so‘zning harakat analizatori 7 yoshda paydo bo‘ladi. Og'zaki so‘zlashning eshituv analizatori o‘zagi bola hayotining birinchi yilida takomillashadi. Yozma so‘zning ko'ruv analizatori 7 yoshgacha paydo bo‘ladi. Bosh va orqa miya o‘tkazuv yo‘llari Bosh va orqa miyaning o'tkazuv yo‘llari sodda va murakkab refleks yoylari tarkibiga kiruvchi orqa va bosh miyada uziluvchi, yuqoriga kohariluvchi va pastga tushuvchi nerv tolalarining yig'indisidan iborat. Bu yo‘llar orqa va bosh miyaning turli qismlarini bir-biri bilan bogMab, miya tarkibiy elementlari ichida ikki tomonlama aloqani ta’minlab turadi. o’tkazuv yo‘llar vositasida markaziy nerv tizimi va organizmning birligi va uning tashqi muhit bilan aloqasi boshqarilib turiladi. o’tkazuv yo‘llar yordamida ichki va tashqi qo‘zg‘alish retseptorlari qabul qilib olgan markazga intiluvchi nerv impulslarini orqa va bosh miyada markazdan qochuvchi yo'llarga o‘tishi orqali organizmning tashqi va ichki muhit ta’siriga moslashuvi paydo bo‘ladi, muskullar qisqarib, bezlar shira ajratadi. Refleks asosida reflcktor yoyi yoladi. Reflektor yoyida nerv impulsi 120 rn/sek. tezlikda yuradi. Sodda reflektor yoyi odatda ikki neyrondan iborat bo‘lib, ulardan bittasi sezuvchi yuzadan boshlansa, ikkinchisi aksoni bilan muskullarda tugaydi. Murakkabreflektor yoyida uchinchi oraliq neyron bo‘lib, u sezuvchi neyron bilan harakatlantiruvchi neyronni bir-biriga bog‘lab turadi. Barcha o‘tkazuv yoMlari uch guruhga bo’libinadi: proyeksion, komissural va assotsiativ. Organizm taraqqiyotida proyeksion oMkazuv yoMlari oldinroq paydo bo’lib, keyin komissural va eng soMiggida assotsiativ yoMlar paydo bo’libadi. Assotsiativ oMkazuv yo‘llari bosh miyaning bitta yarim shari kulrang moddasini bir-biriga qo‘shib turadi. Assotsiativ o‘tkazuv yoMlari liar xil tuzilishdagi neyronlar zanjiridan iborat bo‘lib, ular afferent yoMlarning oxirgi neyroni bilan efferent yoMlarning birinchi neyroni o'rtasida oraliq neyron holatida joylashib, reflektor yoyini biriktirib turadi. Assotsiativ yo‘llar uzun va qisqa tolalardan iborat bo’libadi. Ontogenezda assotsiativ yoMlar komissural va proyeksion yoMlarga nisbatan kechroq paydo bo’libadi, ammo bola tugMlganidan keyingi davrda tez o‘sib, myelin pardasi bo’libmaydi. Bola hayolining ikkinchi oyidan boshlab ularda myelin parda hosil bo’libadi va proyeksion markazlar bilan aloqalar paydo bo‘ladi. Komissural oMkazuv yoMlari bir yarim shar po‘stlog‘ini ikkinchi yarim shar po'sllogMga qo'shib turadi. Komissural o'tkazuv yo‘llar yangi po'stloq markazlarini qo'shib turadigan qadoq tana va eski komissural yoMlar gumbaz. bitishmasi, oldingi va orqa bitishmalardan iborat. Proyeksion o’tkazuv yo‘llari Proyeksion o‘tkazuv yo'llari bosh miya po‘stlog‘i bilan miya pog‘onasi o‘zaklari (qisqa proyeksion yoMlar), hamda orqa miya o‘zaklari (uzun proyeksion yoMlar) o'rtasidagi ikki tomonlama aloqani ta’minlab turadi. Ncrv impulslarini yo'nalishiga qarab proyeksion yoMlar ikki guruhga markazga inti 1 uvchi-affcrent, sezuvchi yoMlar ncrv impulsini periferiyadan markazga po‘stloqqa olib boruvchi va markazdan qochuvchi-efferent, harakatlantiruvchi, impulsni miya po'stlogMdan periferiyaga olib boruvchi yoMlarga bo’libinadi. Afferent va efferent proyeksion yo'llar murakkab reflcktor yoyining asosiy qismlari bo‘lib, ular o'zaro miya po'stlog'ida assotsiativ o‘tkazuv yo‘Ilari vositasida qo‘shiladi. Afferent o‘tkazuv yo’llari Orqa va bosh miyaning markazga intiluvchi-affcrent o'tkazuv yo'llari ekstratseptiv, propriotseptiv va intratseptiv tizim tolalariga bo‘Iinadi. Ekstratseptiv markazga intiluvchi yo'llar orqali tashqi muhit ta’sirida hosil bo‘ladigan nerv impulslari o‘tadi. Bu yo'llarga harorat, og'riq, tanaga bo'ladigan bosim, hamda sezgi a’zolaridan keluvchi o'tkazuv yo'llar kiradi. Propriotseptiv markazga intiluvchi yo'llar mushaklar, paylar, bo'g'im xaltasi, boylamlardan kelayotgan nerv impulslarini orqa miyadan bosh miyaga o'tkazib beradi. Intratseptiv markazga intiluvchi yo'llar ichki a’zolar va qon tomirlardan kelayotgan impulslarni o'tkazadi. Sezuvchi uzun proyeksion o‘tkazuv yo‘l!ar ckstratseptorlar, propriotseptorlar va interotseptorlardan kelayotgan impulslarni orqa miyadan bosh miya po‘stlog‘ining sezuv, harakat markazlariga va miyachaga o'tkazib beradi. Ular uch ncyrondan iborat bo‘lib, birinchi neyroni bosh va orqa miyadan tashqarida, orqa miya tuguni yoki uni bosh miya nervlarining sezuvchi tugunlarida joylashgan soxta polyar hujayralar tashkil qiladi. Efferent o'tkazuv yo‘llari Efferent o'tkazuv yo'llar bosh miyaning turli markazlaridan harakat va sekretor a’zolarga impulslar olib boradi. Efferent o'tkazuv yo'llari ikki neyrondan iborat. Harakatlantiruvchi o'tkazuv yo'llar qisqa va uzun yo'llarga bo'linadi. Qisqa harakatlantiruvchi o'tkazuv yo'llar yarim sharlar po'stlog'i bilan bosh miyaning bazal o'zaklari va pog'ona qismini o'zaro bog'lab turadi. Ularga ko'ruv yo'lining bir qismi bo'lgan, ko'ruv analizatorini ko'ruv bo'rtig'i bilan bog'lovchi (traetus cortico thalamicus), peshana va tepa bo'lagi po'stlog'ini targ'il tana bilan bog'lovchi (traetus corticostriatus), ko‘ruv bo'rtigl yostiqchasi bilan dumb o‘zak, targ'il tana va gipotalamik soha o‘rtasidagi bogManishlar kiradi. Uzun harakatlantiruvchi yo‘llarga bosh miya po'stlogh hujayralari va ekstrapiramida tizimi o'zaklaridan boshlanib, bosh miya pog'onasi va orqa miyada tugaydigan piramida va ekstrapiramida yo‘llari kiradi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling