1. Katta tosh asabi (n. petrosusmajor) parasimpatik tolalardan iborat bo'lib, kanaldan o‘z nomidagi tirqish orqali piramidani oldingi yuzasiga chiqadi. Bu yerda o'z nomidagi egatda yo'nalib yirtiq teshik orqali tashqariga chiqadi. Asab simpatik asab bilan birga qanotsimon kanalga kirib. qanotsimon kanal asabi (n. Canalis pterygoidei) nomini oladi va qanot-tanglay tuguniga qo'shiladi.
2. Nog‘ora tori (chorda tympani) parasimpatik va sezuvchi tolalari bor. Sezuvchi tolalar tizzachali tugun soxta unipolyar hujayralari o'siqlaridan iborat. Uning perit'eriк qismi tilning oldingi uchdan ikki qismi va yumshoq tanglayda joylashgan ta’m bilish retseptorlarini hosil qiladi. Nog'ora bo'shlig'idan nog'ora-tosh tirqishi orqali chiqib til asabiga qo‘shiladi.
3. Uzangi asabi (n. stapedius) harakatlantiruvchi shox bo‘lib, nog'ora bo'shlig'ida uzangi mushagini inasabatsiya qiladi.
Yuz asabi bigizsimon-so'rg'ichsimon teshikdan chiqqanidan keyin quyidagi harakatlantiruvchi tolalarini bcradi:
Orqa quloq asabi (n. Auricularis posterior) peshana-ensa mushakning ensa qorinchasini va orqa quloq mushagini inasabatsiya qiladi. 2. Ikki qorinli shox (r. digastricus) ikki qorinli mushakning orqa qorinchasini inasabatsiya qiladi. 3. Bigizsimon-til osti mushakka boruvchi shox (r. Stylohyoideus). So’ng asab quloq oldi bezi ichiga kirib, uning ichida shoxlarga bo'linib, quloq oldi chigalini (plexus parotideus) hosil qiladi. Bu chigaldan quyidagi shoxlar chiqadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |