Mahsus pedagogikaning klinik asoslari
Download 1.47 Mb.
|
Document
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi eshituv yo‘lining oltingugurt tiqini
- Tashqi eshituv yoMining yot jismi
- Tashqi eshituv yo‘li chipqoni
Perixondrit — quloq suprasining tog'ay qismi yiringlab, yallig'lanishi. Quloq suprasining tog‘ay ustiga biror infeksiya tushishi natijasida bo'ladi. Klinikasida quloq suprasida qizarish, shish, paypaslab ko'rilganda og‘riq, mahalliy haroratning ko'tarilishi. Bemorga tez tibbiy yordam ko'rsatilmasa, tog‘ay chirib, tog'ay o'z shaklini yo'qotishi mumkin. Perixondritni saramas kasalligi bilan qiyosiy tashxislash lozim. Davolashda quloq suprasining yiringlagan qismi kesib ochilib, bog‘lam qo‘yish lozim. Kasallikning erta holatlarida mahalliy bog‘lamlar, fizioterapevtik tavsiyalar berish kerak.
Tashqi eshituv yo‘lining oltingugurt tiqini — bu kasallikning belgilari quloqdagi eshituvning to'satdan pasayishi yoki umuman bo‘lmasligi, shovqin. Tashqi eshituv yo'lida oltingugurt ishlab chiqaruvchi bezlar bo'lib, shu bezlar faoliyati kuchayishi (gipersekretsiya) natijasida oltingugurt massasi tashqi eshituv yo'lida yig'iladi, ko'p holatlarda bemor qulog'iga suv tushganida oltingugurt massasi shishib, tashqi eshituv yo'li berkilib qoladi. Davolash uchun tashqi eshituv yo'lini yuvish, oltingugurt massasi qattiq holatlarda bir necha kun mobaynida steril yog' tomchisi tomizish lozim bo'ladi. Tashqi eshituv yoMining yot jismi — bu holatlar ham tezkor tibbiy yordamga muhtoj bo'lib, ko'p holatlarda bolalarda uchraydi, chunki bolalar turli jismlarni qulog'iga solishi mumkin. Jismlardan farqli o'laroq, tirik hasharotlar pashsha, chivin hatto suvarak bo'lishi ham mumkin. Bunday holatlarda quloqqa spirt yoki yog' tomizilib, so'ngra tashqi eshituv yo'lini yuvish lozim.Tashqi eshituv yo‘li chipqoni: bu kasallik tashqi eshituv yo‘lida tuk follikulasining yiringli yallig'lanishi bo‘lib, klinik belgilari kuchli og‘riq, tashqi eshituv yo'lidagi shish, harorat ko‘tarilishi. Bu kasallikning asosiy sabablari tashqi eshituv yo‘lini mexanik jarohatlash (barmoq, gugurt cho'pi bilan). Davolashda tashqi eshituv yolining chipqon chiqqan qismi kesib ochilib, rezina chiqargich qo'yish lozim, kasallikning erta holatlarida mahalliy malhamlar, fizioterapevtik tavsiyalar berish kerak, umumiy davo sifatida albatta antibakterial davo berish lozim. Otomikoz — bu tashqi eshituv yo'lining zamburug'lar bilan zararlanishidir, bu kasallik klinikasida tashqi eshituv yo'lida kuchli qichishish, tiniq suyuq ajralma kelishi, tashqi eshituv yo‘li yuvib ko'rilganda plyonkasimon hosila ajralib chiqadi. Otomikozni davolash uchun zamburug'ga qarshi dori vositalaridan mahalliy va umumiy davo maqsadida foydalaniladi. Ekzema quloq terisining orqa tomonidan so‘rg‘ichsimon o^imtaga tutashgan qismidan boshlanib sohigra butun quloqqa tarqaladi. Bu kasallikning asosiy sabablaridan organizmning umumiy kasalliklari: qandli diabet, podagra, raxit va boshqalar. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling