Mahsus pedagogikaning klinik asoslari


Download 1.47 Mb.
bet48/122
Sana07.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1174995
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   122
Bog'liq
Document

Tashqi quloqning kasalliklari. Tashqi eshituv yo'li kasalliklari — yallig'lanishi tashqaridan har xil infeksiyalarning tushishidan hosil bo'ladi (quloqni har xil narsalar bilan kovlash, qashish). YalligManish atreziyaga olib keladi — ya’ni tashqi eshituv yo'lining o'sib, bekilib qolishiga.
Atreziyaga ya’ni (kuyish, jarohatlanish, o'q otish natijasida) chandiqlar hosil bo’libishi natijasida yuz beradi va eshitish qobiliyati turg'un pasayadi. Agar tashqi eshituv yo'lida ozgina yoriq bo'lsa ham eshitish qobiliyati o‘zgarmaydi. o’rta quloqda yiringli jarayon bo'lsa, tashqi quloqning berk holati yomon oqibatga olib ke­ladi, chunki yiring tashqariga oqib chiqolmay, balki ichki quloqqa va miya pardalariga o‘tadi.
Tashqi eshituv yo'li bekilib qolganda asosan tovush o'tkazish apparati buziladi, ya’ni past tovushlarni qabul qilish buziladi; yuqori tovushlar qabul qilinadi, suyak o'tkazuvchanligi saqlanishi mumkin.
Quloq chirki. Normada quloqdagi sariq modda eshituv yo'Iiga kirgan chang zarrachalari bilan qo'shilib, mayda dumaloq bo'lakchalarni hosil qiladi, ular uyqu vaqtida yonboshlab yotganda, sezilarsiz quloqdan to‘kiladi yoki tashqi eshituv yo'lining kirish qismida to'planadi va yuvinganda olinadi. Ba’zi kishilarda quloq­ning shu yo‘l bilan tozalanishi buziladi. Natijada eshituv yo'lida sariq modda yig'ilib qoladi. Bunga sabab:

  1. Sariq modda ishlab chiqaradigan bezlar faoliyatining oshi-

shi.

  1. Tashqi eshituv yo'lining torligi, nuqsonlari, ya’ni noto'g'ri bukilgan, burilgan va h.k.

  2. Sariq moddaning ximik xossalari buzilishi — yopishqoqligining ortishi, natijada tashqi quloq devoriga sariq modda yopishib qoladi. Sariq modda ko'payib, eshituv yo'lini berkitib qo'yadi.

Bemorningshikoyatlariquyidagilar: vannadanchiqqandankeyinyokicho'milgandankeyin quloqyokiikkalaquloqbirdaneshitmayqoladi; qulog'idashovqin, boshidashovqin, o'ziningovozinio'zgarganholdaidroklaydi.
Davolash.Quloqchirki (sernayaprobka) maxsustomchidoribilanyumshatiladi, keyiniliqsuvbilanmaxsusshprisbilanquloqyuviladi–bumuolajaklinikyokipoliklinikasharoitidao'tkaziladivaunishifokoryokio‘rgatilganhamshira, feldsherbajaradi. Bemorning o‘zi tozalashi mumkin emas (cho‘p bilan yoki shpil­ka, gugurt cho'pi bilan).
Quloqdagi yot (begona) jismlar. Ko'pincha bolalar o'zining yoki o‘rtoglining qulog'iga o‘ynab har xil narsalarni solib yoki tiqib qo‘yishi mumkin. Yozda ochiq havoda uxlab qolinsa quloqqa turli hasharotlar kirib qolishi mumkin.
Esda tuting, hech qachon yot jismlarni o‘zizcha olishga harakat qilmang (shpilka yoki pinset bilan), yot jismni ichkariga kirgizib, nog'ora pardani teshib, eshituv suyakchalarini buzib, ichki quloqqa o'tishi yoki tashqi eshituv yo'lining suyak qismida tiqilib qolishi mumkin — bunda yot jismni faqat operatsiya yo‘li bilan olish mumkin.
Esda tuting, yot jismlar quloqqa tushsa 1—2 kun ichida hech qanday ziyon keltirmaydi, shuning uchun bemorni imkon boricha shifokor-mutaxassisga olib borish kerak.
Nog‘ora parda kasalliklari. Parda nuqsonlari, jarohatlanishi alohida kam uchraydi. Uning tug'ma yo'q bo’libishi tashqi quloq atreziyasi bilan, nog'ora bo‘shlig‘ining rivojlanmay qolishi bi­lan, eshituv suyakchalari, o'rta quloq mushaklarining rivojlan­may qolishi bilan o‘tadi.
Nog'ora pardaning teshilishi odatda shpilka bilan kovlaganda (gugurt cho‘pi bilan yoki boshqa narsa bilan), yot jismlarni olishga harakat qilganda yuz beradi. Atmosfera bosimining tez o‘zgarishi ham nog‘ora pardasi teshilishiga olib keladi. Nog‘ora pardaning teshilishi eshitish qobiliyatiga uncha ta’sir etmaydi. Xavfli tomoni — nog'ora bo‘shlig‘iga infeksiya o'tib — o'rta quloqning yiringli valligManishiga olib keladi. Bu holda quloqni yuvish man etiladi!
Otgematoma — quloq suprasida qon yig‘ilishi. Bu kasallikda quloq suprasi ezilishi yoki jarohatlanishi va teri ostiga qon yig‘ilishi natijasida bo‘ladi. Klinikasida quloq suprasida qizg'ish ko'kimtir shish, paypaslab ko'rilganda yumshoq shish, ichida suyuqlik flyuktuatsiya bo'ladi.
Kasallik boshlang‘ich davrida shu joyga muz qo'yish, kechiktirilgan holatlarda igna yordamida punksiya qilinadi va ichidagi suyuqlik tortib oiinadi, quloq suprasi esa siqib bog'lanadi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling