Mahsus pedagogikaning klinik asoslari


Zaif eshituvchanlik etiologiyasi va klinikasi


Download 1.47 Mb.
bet56/122
Sana07.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1174995
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   122
Bog'liq
Document

Zaif eshituvchanlik etiologiyasi va klinikasi. Zaif eshituvchanlik qandaydir darajada bolaning tashqi muhit bilan aloqaga kirishishining amalga oshirilishiga to'sqinlik qiluvchi, eshituv idrokining ma’Ium bir foizi turg'un pasayganligi bilan xarakterlanadi.
Zaif eshituvchanlikning sabablari ko'p, ko'pincha o'rla quloqning zararlanishi, turli xil infeksion kasalliklar yoki tug'ma eshi­tuv funksiyasining to'liq shikastlanmasligi oqibatida kelib chiqishi mumkin. Zaif eshituvchanlikni keltirib chiqaruvchi bir qator kasalliklar mavjud. Ulardan biri nerv sistemasining meningo-ensefalitidir. Burun yoki tomoq orqali kelib chiqadigan kasalliklarning zaif eshituvchanlik, umuman eshitishning buzilishiga hech qanday aloqasi yo‘q.
Zaif eshituvchanlik bolaning nafaqat nutqiga, balki psixikasiga ham o'z ta’sirini ko‘rsatadi. Shuni ham aytib o'tish joizki, ushbu ta’sir darajasi individual bo'lib, bola nerv sistemasiga bog'liq. Shu bilan birga intellektual ongning yuqoriligi va albatta tashqi dunyo sharoitiga bog‘liq.
Kuzatishlarning ko'rsatishicha, erta bolalik davrida nutq rivojlanguncha zaif eshituvchi bo'lib qolgan bolalarda nutq yaxshi shakllanmagan. Bu eng avvalo eshituv nazoratining pasayganligi bilan izohlanadi. Bunday bolalarning og'zaki nutqida so'zlarni noto'g'ri talaffuz qilish ayrim tovushlar boshqa tovushlar bilan almashib ketishi kuzatiladi, undan tashqari jarangli undosh tovushlarni jarangsiz tovushga almashtirib talaffuz qilishlari mumkin. L.V.Neyman audiometrik tekshirishlar asosida zaif cshituvchilarni 4 guruhga boladi:

  1. guruhga baland ovozlarni va faqat tovushlarni eshituvchi bolalarni kiritgan.

  2. guruhga baland ovozni va ayrim unli tovushlarni eshituvchi bolalarni kiritgan.

  3. guruhga esa normal balandlikdagi ovozni eshitadigan, hatto ayrim tanish so'zlarni ham ajrata oladigan bolalarni kiritgan.

  4. guruhga nutqiy tovush balandlikdagi ovozlarni 2 metr oralig'ida eshitib, tovush kuchaytirgich apparatlari yordamida o'qituvchining tushuntirishlarini bemalol eshita oladigan bola­larni kiritgan.

Ushbu apparat yordamida o'qituvchi muloqot qilish davomida saqlanib qolganlar eshituv qobiliyatidan faol foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi. Biroq ular uchun davolash muolajalarini olib borish zarurdir. Shu bilan birga, eshituv apparatlari yordamida eshituv sezgisini rivojlantirish ham maqsadga muvofiq.
Zaif eshituvchilar bilan olib boriladigan pedagogik ishlar, o‘zgacha nerv diagnostik asoslarda olib boriladi. Chunki og‘zaki nutqning ma’noli turini eshitishga imkon yaratadigan eshituv qobiliyatlari saqlangan. Undan tashqari boshqa usullarga oLtib ketmay, boshqalar bilan muloqotga kirishishga imkon beradigan yetarlicha to’la bo'lmagan bir qator holatlardan bo'lsada, ko‘pchilik zaif eshituvchilar og’zaki nutqqa ega bo'ladilar. Shunday zaif eshituvchi bolalar uchun ta’lim-tarbiyaviy jarayonning o'ziga xos ravishda rivojlanmay qolishi infeksiya ta’sirida o‘rta quloqning kasallanganligi, ba’zi hollarda esa markaziy asab sistemasining meningit-ensefalit bilan kasallanganligidan bo’Iishi mumkin.
Burun va tornoq kasalIiklari ham eshitish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Zaif eshitish bolalar nutqiga salbiy ta’sir etib, ularning asab sistemasini ma’lum darajada buzishi mumkin. Yosh bolalarda eshi­tish qobiliyatining yo’qolishi natijasida ular nutqining to‘la-to‘kis bo’lmasligi, ba’zi harflarni to‘la-to‘kis ifodalay olmaslik (sh, s, z, d, f kabi), so‘z, jumlalarning oxirgi harflarini noto‘g‘ri talaffuz qilish holatlari uchraydi. Chunki bolalar bilan so'zlashish paytida ular har bir so‘z yoki jumlani to’la-to'kis eshita olmaganligi uchun o'z xohishicha ovoz chiqarib qo’yadi. Natijada asta-sekin agramatizm hoi lari yuzaga keladi. Eshitish qobiliyati pastligi natijasida unga qarata aytilayotgan jumlalarni oxirigacha nazorat qila olmaslikdan bola nutqida jarangdorlik bo’lmaydi.
Eshitish qobiliyati past bo’lgan bolalarning umumiy maktabda asta-sekin ilm olishga ishtiyoqi so'na boradi. Tajribasi kam yoki malakasiz pedagoglar bunday bolalarni yalqov, dangasa, aqli zaif bolalar toifasiga kiritib qo’yadilar, vaholanki, bunday bolalar olqitilayotgan dars mazmunini aniq eshita olmaydi, o'qituvchidan qayta-qayta so'rashga uyaladi, chunki sinfdoshlari uni «kar-soqov» deb kamsitishlaridan cho’chiydi. Natijada bu o'quvchidan pedagog biror savolga javob berishini so'rasa, u o‘zini yo'qotib qo'yadi, javoblari esa tavakkal, o'tilgan darsga taalluqli bo'lmagan javob berish, pedagog to'satdan savol bersa, u sarosimaga tushib qolishi ham mumkin.
Karlarning o'zaro muloqoti o‘ziga xos imo-ishora vositasida amalga oshiriladi. Albatta bunda imo-ishoralar juda sodda ko‘rinishga ega.
Asta-sekin imo-ishoralardan labning qimirlashiga qarab muloqot qilish mimikasi boshlanadi. Bunda kar olziga qarata aytilgan so‘zlarni eshita olmaydi, ammo gapirayotgan odamning lablariga razm solib turadi. Muntazam ravishda tajribali peda­gog yordamida ushbu usulda shug‘ullana borishi yaxshi sama­ra beradi.
Lab qimirlashidan o'qib olish malakasi osonlikcha kechmaydi. Bu usulni hamma karlar barobar o‘zlashtira olmasliklari mumkin. Har holda bu usul karlarning atrofdagilar bilan aloqada bo‘lish omili bo'ladi.
Daktilogik barmoqlar alifbosi deb ataladigan usulda kar bolalar o‘zaro muloqotda bo‘lishlari mumkin. Bunda so‘z ifodasidagi harflar barmoqning turli holatlari bilan belgilanadi. Kaftdagi barnioqlarni lurli ko'rinishda — bukkan, yarim bukkan, orasini ochgan yoki birlashtirgan holda va h.k. ma’lum bir so‘zni anglatish mumkin.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling