Mahsus pedagogikaning klinik asoslari
8-mavzu. Kar va zaif eshituvchi bolalar.Ularning psihik va jismoniy rivojlanishi
Download 1.47 Mb.
|
Document
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’zlar va iboralar
- Kar bolalar.
1
8-mavzu. Kar va zaif eshituvchi bolalar.Ularning psihik va jismoniy rivojlanishi. Reja: 1. kar va zaif eshituvchi bolalar. 2. ularning psihik rivojlanishi. 3. jismoniy rivojlanishi. Tayanch so’zlar va iboralar: zaif eshituvchilar, karlar, nutqi yo’q karlar, nutqi saqlangan karlar, surdopedagog, daktilologiya. Eshitish qobiliyati buzilishining asosan ikkita formasi ajratiladi: Karlar. Zaif eshituvchilar, ya’ni qulogd ogdrlar. Kar bolalar. Ularni ikki guruhga bodishadi: nutqi yo‘q karlar (kar-soqovlar); nutqi saqlangan karlar (ya'ni karlik keyinchalik, nutqi rivojlangandan keyin yuzaga kelgan). Kar-soqov bolaiar. Soqovlik — tug'ma yoki bolaning erta rivojlanish davrida yuzaga kelgan karlik tufayli yuzaga keladi. Nutq apparatining periferik yoki markaziy qismida kar-soqovlarda hech qanday organik o'zgarishlar bodmaydi. Bola eshitmagani uchun so'zlarni taqqoslab eshita olmaydi, eshitmagani uchun bor nutqi ham yo‘qolib boradi. Karlikning tug‘ma formasi kam uchraydi. Orttirilgan karlikning sabablaridan birinchi o'rinni yuqumli serebrospinal meningit egallaydi. Kar-soqov bolaiar o‘qiydigan maktabdagi tekshirishlar shuni ko'rsatadiki, 1600 bolaiar ichida 72% meningitdan kar bodib qolgan. Nutqini saqlab qolgan kar bolaiar. Maktab yoki bog'cha yoshida kar bodib qolgan bolaiar nutqi ustida maxsus ish olib borilsa, bolaning nutqini saqlab qolish mumkin. Agar bunday ishlar olib borilmasa, bola bor nutqini ham yo‘qotadi. Karlarda eshitish qobiliyati butunlay yolqolmaydi, ko‘pchiligida ozgina bo‘lsa ham saqlanadi. Kuchli tovushni ajratishadi, ayrimlari qulog‘i oldida gapirganni qabul qilishadi. Orttirilgan karlikda eshitish qobiliyati qisman saqlanib qolgan bolalarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin. — eng past chastotalarni qabul qiluvchi bolalar (128—256 Gs). — past chastotalarni qabul qiluvchilar (512 Gs gacha). — past va o‘rta chastotalarni qabul qiluvchilar (1024 Gs gacha). — keng diapazondagi chastotalarni qabul qiluvchilar (2048 Gs va undan yuqori). guruhdagi kar bolalarning ayrimlari quloq oldida chiqarilgan kuchli tovushga reaksiya beradi, hech qaysi undoshli tovushlarni, so‘zlarni ajratolmaydi. guruhdagi kar bolalar quloq oldidagi kuchli tovushga (masalan, baqiriq, parovoz gudogi) javob reaksiyasini beradi, ayrimlari (a, u) harflarni ajratadi, lekin so'z va jumlalarni ajratolmaydi. guruhdagi kar bolalar to‘g‘ri ovoz bilan gapirganda reaksiya beradi, 3—4 harflarni, ayrim tanish so‘zlar va jumlalarni ajratishadi. guruhdagi kar bolalar 2 m masofadagi gapni eshitishadi, hamda tanish bo‘lgan jumla va so‘zlarni ajratishadi. Keyinchalik kar bo‘lib qolgan bolalar. Keyinchali-k kar bo'lib qolgan bolalar, ya’ni maktab yoshigacha yoki maktab yoshida kar bo‘lib qolganlar kar bo'lishidan oldin orttirgan nutqini qisman boLlsa ham saqlab qolishadi. Nutqni saqlanib qolish darajasi bi г qator sabablarga bog‘liq bo’libadi: bolaning o‘sib-rivojlanayotgan muhitiga; nutqni o'stirish uchun ishlar olib borilishi, yoki olib borilmasligi; d)eshitishning qisman bo‘lsa ham saqlanganligi, yoki butunlay vo‘qligi;eshitishning saqlangan qismini ishlata bilishligi va h.k. Agar nutqini rivojlantirish ustida ish olib borilmasa, 4—5 yoshida eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalar maktab yoshiga yetganda gapirmaydilar. 2—3 yoshda eshitish qobiliyati buzilgan bolalar bilan nutqni rivojlantirish maqsadida maxsus ish olib borilsa, ularning nutqi yo'qolmasdan, aksincha rivojlanadi. «Keyinchalik kar» bo‘lib qolgan bolalar degan termin ishlatilganda, karlikning necha yoshda paydo bodganligi emas, balki asosan karlikda nutq saqlanganligi nazarda tutiladi. Sabablari: yuqumli kasalliklar ichida epidemik ensefalit asosiy sabablardan hisoblanadi. Maxsus maktablarda odatda eshitish qobiliyatining buzilishi bilan birga nutqi ham rivojlanmagan bolalar tarbiyalanadilar. Bolaning eshitishi qisman saqlanib, nutqi rivojlanmagan bodsa, keltirilgan tasnifga qarab ommaviy maktabga yuborib bodmaydi. Aksincha, eshitishning pasayishi ogdr darajada bodganda bolaga sharoit tug‘dirish tufayli, nutqi yaxshi rivojlangan boisa, uni ommaviy maktabda o‘qitish kerak. Agar eshitishning pasayganligi vaqtida aniqlanmasa, atrofdagilar beparvo bodsalar, ya’ni nutqni o‘stirish ustida faol ish olib borilmasa, yoki oilada sharoit bodmasa (masalan, kar-soqovlar oilasi), eshitish qobiliyati bilan birga qisman nutqi ham rivojlanmay qoladi. Shunday qilib, maxsus zaif eshituvchi bolalar maktabida bolalarni saralashda eshitishning pasayish darajasi emas, balki nutqdagi yetishmovchiliklar nazarda tutiladi. Nutq diapazonidagi eshitishning pasayishiga qarab zaif eshituvchilar quyidagi darajalarga bodinadi (L.V.Neyman): Zaif eshitishning (qulogd ogdrlikning) darajasi. Nutq diapazondagi eshitishning yo‘qolishi: I —yengil. Nutq diapazonidagi eshitishning yo‘qolishi 50 dan (dB) desi belldan oshmaydi. II—odta. Nutq diapazonidagi eshitishning yo'qolishi 50 dan to 70 dB gacha. III—ogdr. Nutq diapazondagi eshitishning yo'qolishi 70 dan oshadi (obrtacha 75—80 dB). Eshitishning yo'qolishi 50 dB dan oshmasa, to'g'ri ovoz bilan gapirgan so'zlar 1 m masofada aniq eshitiladi; ya’ni bola bilan gaplashish mumkin. Eshitishning yo‘qolishi 50 dan 70 dB gacha boiganda, to‘g‘ri ovoz bilan gapirgan so'zlar I metrga yetmagan masofada eshitiladi, ya’ni gaplashish qiyinlashadi Zaif eshituvchanlik etiologiyasi va klinikasi. Zaif eshituvchanlik qandaydir darajada bolaning tashqi muhit bilan aloqaga kirishishining amalga oshirilishiga to‘sqinlik qiluvchi, eshituv idrokining ma’lum bir foizi turg'un pasayganligi bilan xarakterlanadi. Zaif eshituvchanlikning sabablari ko‘p, ko'pincha o'rta quloqning zararlanishi turli xil infeksion kasalliklar yoki tug‘ma eshituv funksiyasining to‘liq shikastlanmasligi oqibatida kelib chiqishi mumkin. Zaif eshituvchanlikni keltirib chiqaruvchi bir qator kasalliklar mavjud. Ulardan biri nerv sistemasining meningoensefalitidir. Burun yoki tomoq orqali kelib chiqadigan kasalliklarning zaif eshituvchanlik, uniuman eshitishning buzilishiga hech qanday aloqasi yo‘q. Zaif eshituvchanlik bolaning nafaqat nutqiga, balki psixikasiga ham o'z ta’sirini kohsatadi. Shuni ham aytib o'tish joizki, ushbu ta’sir darajasi individual bo'lib, bola nerv sistemasiga bog'liq. Shu bilan birga, intellektual ongning yuqoriligi va albatta tashqi dunyo sharoitiga bog'liq. Kuzatishlarning ko‘rsatishicha, erta bolalik davrida nutq rivojlanguncha zaif eshituvchi bo'lib qolgan bolalarda nutq yaxshi shakllanmagan bo'lar ekan. Bu eng avvalo eshituv nazoratining pasayganligi bilan izohlanadi. Bunday bolalarning og'zaki nutqida so‘zlarni noto’g'ri talaffuz qilish, ayrim tovushlar boshqa tovushlar bilan almashib kelishi kuzatiladi, bundan tashqari, jarangli undosh tovushlarni jarangsiz tovushga almashtirib talaffuz qilishlari mumkin. L.V.Neymon audiometrik tekshirishlar asosida zaif eshituvchilarni 4 guruhga bodadi: 1-guruhga baland ovozlarni va faqat tovushlarni eshituvchi bolalarni kiritgan. guruhga baland ovozni va ayrim unii tovushlarni eshituvchi bolalarni kiritgan. guruhga esa normal balandlikdagi ovozni cshitadigan, hatto ayrim tanish so’zlarni ham ajrata oladigan bolalarni kiritgan. guruhga nutqiy tovush balandlikdagi ovozlarni 2 metr oralig'ida eshitib, tovush kuchaytirgich apparatlari yordamida o‘qituvchining tushuntirishlarini bemalol eshita oladigan bolalarni kiritgan. Ushbu apparat yordamida o‘qituvchi muloqot qilish davomida saqlanib qolganlar eshituv qobiliyati aktiv foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Biroq ular uchun davolash muolajalarini olib borish zarurdir. Shu bilan birga, eshituv apparatlari yordamida eshituv sezgisini rivojlantirish ham maqsadga muvofiq. Zaif eshituvchilar bilan olib boriladigan pedagogik ishlar o'zgacha nerv diagnostik asoslarda olib boriladi. Chunki og‘zaki nutqning ma’noli turini eshitishga imkon yaratadigan eshituv qobiliyatlari saqlangan. Bundan tashqari boshqa usullarga o’tib ketmay, boshqalar bilan muloqotga kirishishga imkon beradigan yetarlicha toda bo'lmagan bir qator holatlardan bo'lsada ko‘pchilik zaif eshituvchilar oglzaki nutqqa ega bo'ladilar. Shunday zaif eshituvchi bolalar uchun ta’lim-tarbiyaviy jarayonning o‘ziga xosligi infeksiya ta’sirida o‘rta quloqning kasallanganligi, ba’zi hollarda esa markaziy asab sistemasining meningit-ensefalit bilan kasallanganligidan bo’libishi mumkin. Burun va tomoq kasalliklari ham cshitish qobiliyatiga salbiy ta’sir koYsatadi. Zaif eshilish bolalar nutqiga salbiy ta’sir etib, ularning asab sistemasini ma’lum darajada buzishi mumkin. Yosh bolalarda eshitish qobiliyatining yo'qolishi natijasida ular nutqining tola, to'kis bo’lmasligi, ba’zi harflarni to‘la-tolkis ifodalay olnnaslik (sh, s, z, d, f kabi), so‘z, jumlalarning oxirgi harflarini noto‘g‘ri talaffuz qilish holatlari uchraydi. Chunki bolalar bilan so‘zlashish paytida ular har bir so‘z yoki jumlani to‘la-to‘kis eshita olmaganligi uchun o‘z xohishicha cho'ldirab qo'yadi. Natijada asta-sekin agramatizm hoi lari yuzaga keladi. Eshitish qobiliyati pastligi natijasida unga qarata aytilayotgan jumlalarni oxirigacha nazorat qila olmaslikdan bola nutqida jarangdorlik bolmaydi. Eshitish qobiliyati past bo‘lgan bolalarning umumiy maktabda asta-sekin ilm olishga ishtiyoqi so‘na boradi. Tajribasi kam yoki malakasiz pedagoglar bunday bolalarni yalqov, dangasa, aqli zaif bolalar toifasiga kiritib qo‘yadilar, vaholanki bunday bolalar o‘qitilayotgan dars mazmunini aniq eshita olmaydi, o'qituvchidan qayta-qayta so‘rashga uyaladi, chunki sinfdoshlari uni «kar-soqov» deb kamsitishlaridan cho‘chiydi. Natijada bu o'quvchidan pedagog biror savolga javob berishini so'rasa u o‘zini yo'qotib qo'yadi, javoblari esa tavakkal o‘tilgan darsga taalluqli bo‘lmagan javob berish, pedagog to‘satdan savol bersa, u sarosimaga tushib qolishi ham mumkin. Karlarning o‘zaro muloqoti o‘ziga xos imo-ishora va mimika vositasida amalga oshiriladi. Albatta bunday imo-ishoralar juda sodda ko'rinishga ega. Asta-sekin imo-ishoralardan labning qimirlashiga qarab muloqot qilish mimikasi bo'shashtiriladi. Bunda kar o‘ziga qarata aytilgan so'zlarni eshita olmaydi, ammo gapirayotgan odamning lablariga razm solib turadi. Muntazam ravishda tajribali pedagog rahbarligida ushbu usulda shug'ullana borishi yaxshi samara beradi. Lab qimirlashidan o'qib olish malakasi osonlikcha kechmaydi. Bu usulni hamma karlar barobar o'zlashtira olmasliklari mumkin. Har holda bu usul karlarning atrofdagilar bilan aloqada bo'lish omili bodadi. Daktilogik—barmoqlar alifbosi deb ataladigan usulda kar bolalar o‘zaro muloqotda bo'lishlari mumkin. Bunda so‘z ifodasidagi harflar barmoqning turli holatlari bilan belgilanadi. Kaftdagi barmoqlarni turli ko'rinishda — bukkan, yarim bukkan, orasini ochgan yoki birlashtirgan holda va h.k. ma’lum bir so'zni anglatish mumkin. Pedagog-tarbiyachilar yana shunga e’tibor berishlari lozimki, urnuman eshitmaydigan kar bolalar kam uchraydi. Kar deb hisoblangan bolalarning aksariyatida biroz bodsa ham eshita olish qobiliyati bo‘ladi. Muntazam ravishda lor shifokor nazorati o‘tkazilib turilganda, quloq kasalliklarining davolash tugallanmagan holatlarini ham uchratib qolish va shoshilinch ravishda davolashni davom ettirish mumkin. Oxirgi paytlarda eshitish qobiliyatini yo'qotgan bolalar uchun ovozni kuchaytirib beruvchi juda qulay va shinam tranzistor apparatlar ishlab chiqarilib, ular quloqning ovoz eshitish kanaliga o‘rnatib qo‘yiladi. Mitti batareykali individual eshitish apparatlari, tranzistorlar 4, 3, 2 guruhga kiruvchi bolalar uchun ayni muddaodir. Individual eshitish apparatlari bilan ta’minlangan bolalarni pedagogik-tarbiya jarayonlaridagi o'ziga xos xususiyatlaridan biri — ular talaffuzidagi iboralarning noaniqligi, jarangli bodmasligi, ifodadagi harflarning cho‘zilib ketishidir. Shu sababli pedagoglar har bir bola bilan individual ravishda nutqning to'g'ri ifodali bodishi va to‘g‘ri talaffuzi yuzasidan ish olib borishlari zarur. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling