Mahsus pedagogikaning klinik asoslari
Download 1.47 Mb.
|
Document
Eshituv a’zosining faoliyati — tovush o'tkazish va eshitish qanday ro'y berishi haqida biroz to'xtalib o'tmoqchimiz. Quloqni eshitish vazifasi jihatidan, asosan ikki qismga boiishimiz mumkin.
Quloqning tovush o‘tkazuvchi qismi, bunga tashqi, o‘rta hamda ichki quloq suyuqliklari kiradi. Quloqning tovushni sezish (qabul qilish) qismi, bunga chig‘anoq ichidagi Kortiy a’zosi kiradi. Havodagi tovush to‘lqinlari quloq suprasiga urilib, tashqi eshituv yo‘li orqali quloq pardasiga borib uni tebratadi. Quloq pardasi o‘z tebranishlarini eshituv suyaklari zanjiriga o‘tkazadi. Avval bolg‘acha, so'ngra sandoncha, nihoyat uzangi tebranadi. Bu eshituv suyakchalari, shu suyaklar orasidagi boylamlarni tebratadi. Quloq pardasining kuchli yoki kuchsiz tebranishi shu pardani taranglab turuvchi mushakning qisqarishiga bog‘liq uzangi tebranar ekan, uning asosi yassi darchani qoplab turuvchi pardaga tutashganligi sababli, eshituv suyaklarida yuzaga kelgan tebranish ana shu parda orqali vestibulyar nervning retseptor qismiga o‘tadi va bu yerdagi perilimfa suyuqligini tebrantirib harakatga keltiradi. Perilimfa tebranishi Reysncr pardasi orqali endolimfaga o‘tadi. Natijada tovush tolqini endolimfa suyuqligini tebratadi. Endolimfa tebranishi Kortiy a’zosining eshituv torlariga uriladi, bu yerda esa eshituv analizatorining periferik uchi joylashgan. Qabul qilingan ta’sirot, eshituvni o'tkazuvchi nerv yo'li orqali markaziy nerv sistemasiga toki eshituv markazining miya po'stlog'idagi hujayralariga qadar boradi. Quloq sezgi a’zolaridan biri, odamni tashqi muhit bilan aloqa qilish vositasidir. Eshitish analizatorining o‘ziga xos qo‘zg‘atuvchisi — tovushdir. Tovush — bu bizni o'rab olgan muhitdagi toMqinlarning harakatlantiruvchi zarrachalaridir. Tovush tashqi energiyaning qo‘zg‘atuvchanlik ta’siri ostida tezkorlik bilan tebranishi natijasida hosil bo‘ladi, uni tebratkich deyiladi. Eng sodda va antiqa tebratkichga kamerton kiradi. Tebranuvchi kamerton o'rab olgan muhitdagi havoning bir qismini harakatga keltirib, keyinchalik uning zichlanishi va siyraklanishi oqibatida tovush toMqinini vujudga keltiradi.Tovush lodqinlarining tarqalish tczligi muhitning zichligiga bog'liq. Masalan: havoda bu tezlik I sekundda 332 metrga, suvda 1450 metrga, poiatda 5000 metrga teng. Tovush tezligi (jadalligi) desibell bilan belgilanadi. Tovush analizatori tovushlarni jarangli, jarangsiz va yoqimli xillarga ajraladi. Yuqori tovush jismning tebranish tezligini aniqlash bilan oichanadi va u gers (GC) bilan belgilanadi. Odam 16 dan to 20 000 Gs gacha bo'lgan tovushni qabul qila oladi. U 16 Gs dan past (infratovush) va 20 000 Gs dan yuqori bo‘lgan tebranishlarni qabul qila olmaydi (ultratovush). Kuchuklar tovushni 30 000 Gs gacha, mushuklar esa 40 000 Gs gacha qabul qila oladi. Tovush analizatorining tovushga bo‘lgan sezuvchanligi bir xil emas. Odam qulog‘ining tovushlarga bo'lgan eng sezuvchanlik chegarasi 1000—4000 Gs gachadir. Tovushning qayerdan kelayotganligini aniqlash qobiliyati «ototopika» deb atalib, bu ikkala quloqning eshitish qobiliyatiga bog‘liq. Bir qulog'i kar odamda bu faoliyat buziladi, shu sababli u tovush chiqqan joyni aniqlash uchun sog‘ qulog'i bilan turli tomonga aylanishga majbur bo'ladi. Soglom odamlar esa tovush chiqqan joyni osonlik bilan topadilar. Tovush kelayotgan joy markaziy nerv sistemasi tomonidan aniqlanadi. Eshitish analizatorining turli tovushlarga sczuvchanligi oshishi yoki pasayishining fiziologik (jismoniy) muvofiqlanishi adaptatsiya deb yuritiladi. Qattiq tovush eshitish sezuvchanligini pasaytiradi, past tovush esa (jimjitlik) uni oshiradi. Haddan tashqari eshitish analizatorini qo'zg'atish, uning charchashiga olib keladi. Bir tovush oqimini ikkinchi bir tovush oqimi ta’siri natijasida eshitishning buzilishi yoki eshitmaydigan holatga tushish — maskirovka deyiladi. Agar tovush bir tomondan eshitilsa, u qarama-qarshi tomondagi quloqqa birmuncha kechikib keladi. Bu holat tovushning qay tomondan kelayotganini aniqlash imkonini beradi. Insonni tashqi muhit bilan bogdaydigan sczgi organlaridan biri bu cshituv analizatoridir. Eshituv analizatori funksiyasining buzilishiga quloqning shamollash kasalliklari, o'rta va ichki quloqqa ayrim zaharli moddalarning ta’siri, modda almashinuvining buzilishi, dori moddalarining ta’siri olib keladi. Quloq suprasining tuzilishi hammada har xil bo’ladi, masalan, mikrotiya-quloq suprasining rivojlanmay faqatgina ayrim bo'laklarinigina bo'lishi. Makrotiya — quloq suprasining katta hajmda bo’libishi. Anotiya butunlay quloq suprasining bo‘lmasligi. o’rta quloqning yiringli yallig‘lanishi LOR kasalliklari ichida 2-o’rinda turadi (halqum kasalliкlaridan keyin) va qishloq hamda shahar aholisi orasida 21—22% ni tashkil qiladi. O'rta quloqning yiringli yalligManishi yuzaga kelishida atrof-muhit va ijtimoiy muhit katta ahamiyatga ega. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling