Mahsus pedagogikaning klinik asoslari


Uzunchoq miya (medulla oblangata)


Download 1.47 Mb.
bet9/122
Sana07.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1174995
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   122
Bog'liq
Document

Uzunchoq miya (medulla oblangata) orqa miyaning uzviy davomi bolib, birinchi bo'yin umurtqasidan yuqoriroqda joylashadi va Varoliyev ko'prigiga ulanib ketadi. Orqa qismi orqa miya tuzilishiga o'xshaydi. Orqa miyadan oldingi va orqa, o'rta hamda yon qismlari bo'ylab o'tgan egatlar uzunchoq miyada davom etadi, ichida csa markaziy kanali joylashadi. Orqa miyada ventral va dorsal orqa miya nervlari chiqadi. Uzunchoq miyaning old va orqa tomonida joylashgan o'rta egat uni ikki pallaga ajratadi. Har ikkala palla esa o'z navbatida orqa tomonidan o'tgan yonbosh egat­lar orqali tizimchalarga ajraladi. Uning ventral qismini olivalar, dorsal qismini miyachaning pastki yoki orqa oyoqchalari tashkil etadi. Olivalar tuxumsimon bo'lib, nerv hujayralaridan tashkil topgan. Ularning vazifasi tanani tik tutib turishdan iborat. U juda ko'p o'tkazuvchi yo'llar orqali miyachaga bog'langan bo'ladi. Miyacha oyoqchalari nerv tolalaridan iborat. Ular yuqoriga ko'tarilib, lo'rtinchi qorincha pastki burchagining yonini chcgaralaydi. Bu qism rombsimon chuqurlik deb nomlanadi. Uzunchoq miyaning yon ustunlaridan ketma-ket til osti — XII juft, qo'shimcha XI juft, adashgan X juft, til-tomoq IX juft bosh miya nervlarining ildizi chiqadi. Uzunchoq miyaning dorsal tomonida orqa kesikning ikki yonida orqa miyadagi nozik, ponasimon to‘dalarning davomi bo‘lgan orqa ustuncha joylashgan. Orqa mi­yadagi kulrang modda uzunchoq miyada tarqoq holda joylashgan bo‘lib, bu moddaning kam qismi rombsimon chuqurchaning tubida bo‘ladi. Uning ko‘p qismi uzunchoq miya yuzasida tarqalgan bo‘lib, uzunchoq miya yadrolari deb nomlanadi. Agar uzunchoq miya shikastlansa, odam yoki hayvon o‘ladi.
Ortqi miya (metencephalon)ga Varoliyev ko'prigi (pons varoli) va miyacha (cerbellum) kiradi. Varoliyev ko'prigi uzunchoq miyaning davomi bo'lib, ventral yuzasi qavariq, pastdan uzun­choq miya, yuqoridan o'rta miya bilan chegaralangan. Ko'prikning dorzal yuzasi to'rtinchi qorinchaga qaragan bo'ladi. Uzun­choq miya kabi Varoliyev ko'prigi ham kulrang moddalardan tuzilgan. Ko'prikning kulrang moddasida V—VII juft bosh mi­ya nervlarining tanasi va ko'prikning xususiy tanasi joylashgan. Ko'prikni uzunchoq miyadan ajratuvchi chuqurlikdan VIII juft eshituv, VII juft yuz, VI juft uzoqlashtiruvchi bosh miya nervlari chiqadi. Ko'prik asosan ko'tariluvchi va tushuvchi o'tkazuvchi yo'llardan tashkil topgan. Tushuvchi yo'llar piramidasimon to'dadan, chiquvchi yo'l medial qovuzloqdan iborat. Ko'prik­ning ko'ndalang tolalari miyachaning o'rta oyog'ini hosil qilib, ko'prikni miyacha bilan bog'laydi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling