Mahsus pedagogikaning klinik asoslari


-mavzu. Inson bosh miyasi anatomiyasi, fiziologiyasi va patologiyasi. Odam bosh miya po’stlog’i


Download 1.47 Mb.
bet8/122
Sana07.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1174995
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   122
Bog'liq
Document

3-mavzu. Inson bosh miyasi anatomiyasi, fiziologiyasi va patologiyasi. Odam bosh miya po’stlog’i.
Reja:

  1. Bosh miya haqida umumiy tushuncha.

  2. Bosh miya bo'limlari.

  3. Bosh miya katta yarim sharlari.

  4. Bosh miya katta yarim sharlar po'stlog'i.

  5. Miya po'stlog'idagi markazlar.

  6. Bosh miya asosiy patologiyalari.

  7. Odam bosh miya po’stlog’i.

Tayanch so‘z va iboralar: bosh miya, bosh miya bo‘limlari, katta yarim sharlar, katta yarim sharlar po‘stlog‘i, patologiya.
Asab tizimining faoliyati rivojlanishiga oid yangi prinsiplar va kashf etilgan molekulalar, endilikda olimlarga bolalik davridagi ayrim buzilishlarni yanada yaxshiroq tushunish imkonini bermoqda. o’zak hujayralarning kashf etilishi esa turli jarohatlar va rivojlanishning buzilishi oqibatida miya va orqa miyaning yo‘qotilgan qobiliyatlarini tiklashda yangi strategiyalarni ochib bermoqda.
Bosh miya (encephalon) miya qutisi ichida joylashgan bo'lib, sut emizuvchi hayvonlarda, ayniqsa, odanida yaxshi rivojlangan. U bosh miya qutisining 91-93% ni egallab turadi. Bosh miya­ning individual vazni tananing vazniga bogliq bo‘lib, 960—2000 gr gacha bo'ladi. Shuni aytish kerakki, bosh miyaning hajmi aqlni ifodalamavdi. Odamning aqli bosh miya po'stlog'i hujayralarining fiziologik xususiyatlariga, kimyoviy tarkibiga va mashq qilish-qilmasligiga bog‘liq. Masalan, A.Frans degan yozuvchi bosh miyasining vazni 1017 g, tarixda Turgenyevniki 2012 g, Bayronniki 2238 g, Shillerniki 1875 g bo‘lgan.
Bosh miya hayvonot olamining taraqqiyoti davomida rivojlanib borgan. Bosh miya bodaklarining rivojlanishi va vaznining ortishi turli hayvonlarda turlicha boiadi. Masalan, baliqlarda va qushlarda bosh miyaning miyacha qismi yaxshi rivojlangan. Sut emizuvchi hayvonlarda bosh miya yarim sharlari yaxshi rivojlangan bolib, miya sopini o'rab oladi. Evolyutsion rivojlanishda markaziy nerv sistemasining ayrim qismlari tabaqalanib boradi. Bu bodinish hayvonlarning hayot sharoitiga qarab turli xil boladi. Yuksak darajada tuzilgan maymunlarda va odamda bosh mi­yaning katta yarim sharlar bodagi juda rivojlangan bodib, bosh miya vaznining 80% ni tashkil etadi.
Bosh miya embrionning rivojlanishida dastlab miya kanalining oldida dastlabki uchta pulakcha hosil qiladi:

  • oldingi;

  • o‘rta;

  • rombsimon.

Embrion 3 haftaligida birinchi va uchinchi pufakchalar 2ga bodinadi, natijada pufakchalar soni 5ta bodadi. Bu beshta pufakchadan bosh miyaning beshta qismi rivojlanadi. Birinchi pufakcha oldingi miya deyilib, bundan bosh miya katta yarim sharlari rivojlanadi. Ichidagi bo'shliq yon qorinchalarga aylanadi. Ikkinchi pufakcha oraliq miya deyilib. bundan ko‘rish bolrtiqlari, bo'rtiq osti qism rivojlanadi. Ichidagi bo'shliq 3-qorinchaga aylanadi. Uchinchi pufakchadan o‘rta miya rivojlanadi. Ichidagi bo'shliq Silviyev kanaliga aylanadi. To'rtinchi pufakchadan keyingi (orqa) miya rivojlanadi. Beshinchi pufakchadan uzunchoq miya rivojla­nadi. 4-5-pufakchalar bo‘shligd 4-qorinchaga aylanadi.
Embrion 5 oyligida bosh miya katta yarim sharlarida egatchalar chuqurchalar hosil boda boshlaydi. 6 oylikda yarim sharlar bosh miya sopini o‘rab turadi.
Yangi tugdlgan bolada barcha nerv hujayralari bodadi. Lekin ular mayda, anatomik-fiziologik jihaldan rivojlanmagan boda­di. Neyronlar o‘sib, yiriklashib, o'simtalarini, shaklini o'zgartirib boradi. Nerv tolalari mielinlashib boradi, koLrish, muvozanat vaeshitish analizatorlarining mielinlanishi ona qornida boshlanib, bola tug'ilganidan so'ng birinchi oylarda tugaydi. Bolaning hayoti davomida bosh miya hujayralari ajralib, alohida nerv markazlari shakllanib, rivojlana boradi. Yangi tug‘ilgan bola bosh miyasining vazni o'rta hisobda 350—390 g bo'ladi. U bir oylik bo'lganda 450 g, bir yoshida 700—800 g, 7 yoshida o'g'il bolalarda 1260 g, qizlarda 1190 g bo'ladi.
Bosh miyaning vazni 20—30 yoshda eng katta bo‘lib, so'ng asta-sekin kamaya boradi.
Bosh miya bo’libimlari.
Bosh miya kelib chiqishi, tuzilish xususiyatlari va funksional ahamiyatiga ko'ra 2 qismga bo'lib o'rganiladi:

  • miya ustuni;

  • bosh miya katta yarim sharlari.

Miya ustuniga: uzunchoq miya, ortqi miya, o'rta miya va oraliq miya kiradi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling