Mahsus pedagogikaning klinik asoslari


Download 1.47 Mb.
bet5/122
Sana07.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1174995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
Bog'liq
Document

O




'tkazuvchi yo'llar.
Bosh miya qobig'i periferik nulq a’zolari bilan o'zaro bog‘liqdir. Bunda nerv yo'IIarining ikki: markazdan qochuvchi va markazga intiluvchi turlari ishtirok etadi.
1-rasm. Nulq apparatining tuzilishi:
1bosh miya;2 burun bo'shlig'i;2 qattiq tanglay;4 og'iz boshlig'i; 5 -
lablar;
6 tishlar; 7 til uchi; 8 til orqasi; 9 til ildizi; 10 kichik tilcha; 11 halqum; 12 hiqildoq; 13 traxeya; 14 o'ng bronx; 15 o'ng o'pka; 16 afragma; 17 qizilo'ngach; 18 umurtqa: 19 orqa miya; 20 yumshoq tanglay




Markazga intiluvchi yo‘l proprioretseptorlarda va baroretseptorlarda boshlanadi. Proprioretseptorlar muskullar harakat a’zolarining bo‘g‘inli qatlamlarida joylashgan bo‘ladi. Propri­oretseptorlar muskullarning qisqarishi ta’sirida harakatga keladi. Proprioretseptorlarning vazifasi muskullarimiz faoliyatini nazorat qilishdir. Baroretseptorlar o‘zlariga nisbatan bodgan bosimning o’zgarishi natijasida harakatga keladi va ular halqumda joylashgan bodadi. Biz gapirgan vaqtimizda markazga intiluvchi yod orqali bosh miya qobigdga kelayotgan proprio va baroretsep­torlar harakati ro'y beradi. Markazga intiluvchi yo‘l butun nutq organlari faoliyatida umumiy regulyator (boshqaruvchi)lik rolini bajaradi.
Stvol yadrosidan bosh miya nervlari boshlanadi. Periferik nutq apparatining hamma a’zolari bosh miya nervlari bilan ta’minlanadi. Ulardan asosiylari: uch tarmoqli, yuz, til-halqum va sayyor nervlar hiqildoq va ovoz boylamlarini, halqum va yumshoq tanglay muskullarini innervatsiyalaydi. Bundan tashqari, tilhalqum nervi tilning sezuvchi nervi bodib hisoblanadi. Sayyor nerv esa nafas va yurak a’zolarining muskullarini innervatsiyalay­di. Qo'shimcha nerv bo‘yin muskullarini innervatsiyalaydi, til osti nervi til muskullarini harakat nervlari bilan ta’minlaydi.
Bu tizim bo'yicha bosh miya nervlari orqali nerv impulslari markaziy nutq apparatidan periferik nutq apparatiga yuboriladi. Nerv impulslari nutq a’zolarini harakatga kcltiradi.
Markaziy nutq apparatining nutq apparatiga boruvchi bu yo‘l nutq mexanizmining faqat bir qismini tashkil qiladi. Uning boshqa qismi orqaga, ya’ni periferiyadan markazga qaytuvchi aloqadan iborat.
Endi periferik nutq apparatining tuzilishini ko'rib chiqamiz.
Periferik nutq apparati uch bo'limdan iborat: 1) nafas bo'limi; 2) ovoz bolimi; 3) artikulatsion bo‘lim.
Nafas bo‘liiniga ko'krak qafasi, bronxlar va traxeya kiradi.
Nutqni talaffuz etish nafas olish bilan uzviy bog'liqdir. Nutq nafas chiqarish fazasida hosil bo‘ladi. Nafas chiqarish jarayonida havo oqimi bir vaqtning o‘zida tovush hosil qiluvchi va arti­kulatsion funksiyani bajaradi. (Shu bilan birga, asosiy funksiyasi havo almashinuvini ham bajaradi.) Nafas olish nutq jarayonida, odam jim turgan odatdagi vaqtdan jiddiy farq qiladi. Nafas chiqa­rish nafas olishdan biroz uzoqroq bo'ladi (nutqdan tashqari vaqtda nafas olish va nafas chiqarishning davomiyligi deyarli bir xil bo‘ladi). Bundan tashqari, nutq talaffuz qilinayotgan vaqtda na­fas olish harakatlari soni odatdagi nafas olish va nafas chiqarish (nutqsiz) vaqtidagidan ikki marotaba kamdir.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling