Mahsus pedagogikaning klinik asoslari


-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasining anotomo-fiziologik tuzilishi


Download 1.47 Mb.
bet4/122
Sana07.02.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1174995
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
Bog'liq
Document

1-mavzu. Nutq a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Nutq sistemasining anotomo-fiziologik tuzilishi.
Reja:
1. Nutq a’zolari haqida ma’lumot
2. Nutq sistemasising anotomik tuzilishi.
3. Nutq sistemasining fiziologik tuzilishi.


Tayanch so‘z va iboralar:. bosh miya, burun bo'shlig'i, qattiq tanglay, og'iz
boshlig'i,lablar tishlar, til uchi, til orqasi, til ildizi, kichik tilcha, halqum, hiqildoq, traxeya, o'ng Bronx, o'ng o'pka, diafragma, qizilo'ngach, umurtqa, orqa miya, yumshoq tanglay,nutq harakat analizatori, nutq ko'ruv analizatori, nutq eshituv analizatori


Nutq apparati o‘zaro chambarchas bogMangan ikki qismdan: markaziy (yoki boshqaruvchi) nutq apparati va periferik (yoki bajaruvchi) qismdan tashkil topgan.
Markaziy nutq apparati bosh miyada joylashgan. U bosh miya qobig'idan, qobiq osti tugunlaridan, o'tkazuvchi yo'llar, o'zakdan (avvalo, uzunchoq miyada), yadrolar va ovoz, nafas, artikulatsiya muskullariga boruvchi nervlardan tashkil topadi.
Markaziy nutq apparati va uning bo'limlari vazifasi nimalardan iborat?
Nutq boshqa oliy nerv faoliyatining ko'rinishlari singari, reflekslar asosida shakllanadi. Nutq reflekslari miyaning turli qismlari faoliyati bilan bog‘liqdir. Biroq bosh miya qobig'ining ayrim bo'limlari nutqning hosil bo'lishida asosiy rol o'ynaydi. Bular chap (chapaqaylarda o'ng) yarimsharning peshana, chakka va ensa qismlaridir. Bosh miya qobig'ining bu qismlarida nutq faoliyatida faol ishtirok etuvchi:

  1. Nutq harakat analizatori;

  2. Nutq ko'ruv analizatori;

  3. nutq eshituv analizatori joylashgan.

Nutq harakat analizatori bosh miya qobig‘ining chap pesha­na qismida joylashgan bo'lib, Broka markazi deb ataladi. Bu qism og'zaki nutqning paydo bo‘lishida qatnashadi.
Nutq eshituv analizatori bosh miya qobig‘ining chap chakka qismida joylashgan bo‘lib, Vernike markazi deb ataladi. Bu qismda begona nutqni qabul qilish jarayoni roly beradi. Nutqni tushunishda bosh miya qobighning orqa boiagi katta rol o‘ynaydi. Bu bosh miyaning ko'ruv markazi hisoblanib, yozma nutqni o'zlashtirish uchun xizmat qiladi.
Qobiq osti yadrolari nutqning sur’ati va ifodaliligini boshqaradi

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling