Махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


Download 1.68 Mb.
bet7/10
Sana17.06.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1551639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MN-319 Hisobot

Maqsad – Faoliyat – Natija –uzluksiz boshqaruv siklining sxematik ko’rinishidir. Lekin bunday boshqaruv sikli shunchaki umumiydir (nisbiydir). Haqiqiy (real) boshqarish jarayonida bir-biridan farq qiluvchi birlamchi shakllar mavjud bo’ladi.
Muayyan korporatsiya misolida menejer mehnati quyidagi qator masalalarni yechishga qaratilgan bo’ladi:
- jihozlar, ishlab chiqarish maydonidan unumli foydalanish va ishlab chiqarishni takomillashtirish bilan bog’liq texnik maqsadlar;
- loyihalash, nazorat qilish va texnologik jarayonlarni takomillashtirish bilan bog’liq texnologik masalalar;
- korporatsiya ichki va tashqi iqtisodiy faoliyatini mukammallashtirish hamda muntazam olib borish bilan bog’liq iqtisodiy masalalar;
- tashkilot boshqaruv tizimini takomillashtirish va ishlab chiqarish hamda mehnatni tashkil etilishi bilan bog’liq tashkiliy masalalar.
Menejer mehnati korxona belgilangan maqsadga erishishi uchun jamoa kuchi va faoliyatini muvofiqligini muvofiqlashtirishga qaratilgan bo’ladi. Ma’lum holatlarda, korporatsiyaga yangi tayinlangan direktor yoki tadbirkor amaldagi vaziyatni o’zgartirib, zarar ko’rayotgan korporatsiyani foyda olish holatiga olib o’tadi. Bu esa, o’z navbatida boshqaruv nazoratining xo’jalik faoliyati natijasiga bo’lgan bevosita ta’sirini ko’rsatadi. Boshqaruv apparati o’ziga katta tashkiliy erkinlik berib, ijodiy tashabbuslarni, uddaburonlikni yo’lga qo’yish va boshqaruv obyektini rivojlantirishning yangi samarali yo’llarini izlaydi.
Zamonaviy boshqaruv xodimining o’ziga xos xususiyatlari: yuqori professionalizm, boshqaruv ilmi asoslarini bilish va zamonaviy iqtisodiy fikrlash, yuqori estetik madaniyat, demokratlilik, ko’pchilik bilan muomala va murosa qilish, shuningdek, insonlar ehtiyojlarini bilish kabi fazilatlar majmuidan iborat. Eng muhimi, boshqaruvchi kelajakni ko’ra bilishi, ijtimoiy muammolarni hal qilishi, jamoani birlashtirishi va yo’naltirib turishi darkor.
Menejer mehnatini tashkil etish mexanizmi.

Menejer mehnatini tashkil etish boshqaruv apparatidagi har bir ijrochi xodimning yetarli darajada cheklangan ish bilan ta’minlanishini talab qiladi. Bu esa o’z o’rinda ishlab chiqarish mehnati, sifati hamda tajribaning ortishini aniq ta’minlaydi. Mutaxassislik majburiyatlar ko’lamini shunday tavsiflashi kerakki, unda har bir ishchi kvalifikatsiyasi imkon qadar to’la namoyon bo’lishi kerak.


Menejer mehnatining korporatsiyalanishi va bo’linishi sohaviy bo’linmalar va boshqaruv apparati ishchilari kasbiy ko’rsatmalarining mustahkamlanishiga olib keladi. “Korporatsiyalar to’g’risida” gi Qonun yuzasidan korporatsiyalar va ularning sohaviy bo’linmalarida har bir rahbar mutaxassis va texnik ijrochi uchun aniq kasbiy ko’rsatmalar belgilab u ishchining ma’muriy va funksional munosabatlarini, huquq va majburiyatlarini, mansabdor shaxslarning yuqori turuvchiga bo’ysinishini, berilgan ishga mas’uliyatini belgilab beradi.
Boshqaruv mehnat va ishlab chiqarishni yanada yaxshilashga qaratilgan kasbiy ko’rsatmalarni vaqti-vaqti bilan ko’rib chiqishi zarur. Boshqaruv apparati ishchilari mehnat samaradorligini ta’minlashning yagona funksionalizatsiyalashtirish uslubini yaratish maqsadida boshqaruv faoliyatida sifat-tavsif ma’lumotlari qo’llanilib, ular muayyan vazifalarni bajarish uchun muhim bilimlarni, ishning boshqaruv funksiyalarini bajarayotgan mutaxassislar uchun kerak bo’ladigan staj, muayyan mansabning talab darajasi haqidagi ma’lumotlarni ifodalaydi.
Boshqaruvda faoliyatning katta hajmini (ish vaqtining 70% gacha) hujjatlar bilan ishlash tashkil qiladi. Bu esa hujjatlar aylanishini doimiy ravishda olib borishni taqozo etadi.
Banklar va boshqa muassasalardagi axborot oqimi jadvallari hamda hujjatlashtirishni amalga oshirish texnologiyalarining ratsionalligi menejerning mehnatiga katta ta’sir qiladi.
Hujjatlar aylanish muddatini qisqartirish uchun ratsional axborot kanallari o’rnatiladi. Rahbar esa faqat boshqalarga ishonib bo’lmaydigan hujjatlarni imzolashi kerak. Ish vaqtining xatlar bilan bog’liq qismini (40-50 % gacha) tayyor holga keltirilgan matnlar va standart blankalar ta’minlaydi.

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling