Махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


Hujjatlarni unifikatsiyalash va standartlash


Download 1.68 Mb.
bet8/10
Sana17.06.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1551639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MN-319 Hisobot

Hujjatlarni unifikatsiyalash va standartlash – menejer mehnatini tashkil etishning muhim yo’nalishidir. Standart blankalarda xatolarning deyarli yo’qligi boshqaruv xarajatlarini keskin qisqartiradi.
Hujjatlar oqimi va ma’lumotlar hajmining oshib borishi sharoitida menejer mehnatini avtomatizatsiyalashtirish va mehanizatsiyalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mutaxassislarning fikricha, boshqaruv apparatida tashkiliy va hisoblash texnikasi, aloqa vositalari yordamida 80% ga yaqin ishlarni mexanizatsiyalashtirish mumkin. Menejer mehnatini takomillashtirishning muhim yo’nalishi bo’lib, eng avvalo, mehnat spesifikatsiyasi va xarakteri, bo’limlar bilan funksional aloqalar hamda boshqalarni hisobga olgan holda ish joyini oqilona tashkil etish hisoblanadi. Stollar, jihozlar, stellaj va kartotekalardan foydalanish qulay bo’lishi kerak.
Ish joylarini texnik vosita va yordamchi qurilmalar bilan ta’minlashda to’xtovsiz ish faoliyatini tashkillashtirish talablari hisobga olinadi. Amaliyotdan ma’lumki, ish joylarini texnologiya, iqtisodiyot, psixofiziologiya, estetika talablariga muvofiq tashkil etish mehnat unumdorligini (50% va undan ortiq) oshiradi.
Boshqaruv apparati xodimlari uchun zarur sharoit, ya’ni sanitar-gigienik me’yorlar, harorat, namlik, yorug’lik, shovqin darajasi mehnat va dam olishni to’g’ri rejalashtirish muhim ahamiyatga egadir.
Mehnat unumdorligiga psixologik omillar, ya’ni xodimlar va rahbarlar o’rtasidagi munosabatlar, hamda xodimlarning o’zaro munosabatlari ham katta ta’sir qiladi. Kayfiyat, ijodiy faollik, oxir-oqibat, mehnat natijasi ham mana shu munosabatlarga bog’liqdir.
Butun tizim faoliyatiga to’g’ri kelmaydigan (yoki qarshi keladigan) ishlarga yo’l qo’ymaslik uchun menejer o’z faoliyati maqsadini aniqlashda, birinchi navbatda, boshqaruv tizimi yuqori pog’onasi oldidagi masalalarni hisobga olishi kerak. Menejerning aksariyat vaqti hujjatlar bilan ishlashga sarflanadi.







Tashkilotda menejer faoliyatining tashkil etilishi va boshqaruvning axborot tizimini o’rganish
Bugungi kunda har bir kunimiz mamlakatimiz iqtisodining rivojlanishida muhim omil bo’luvchi yangiliklarga boy bo’lmoqda, jumladan, jahon bank-moliya tizimining jadal sur’atlarda rivojlanib borishi natijasida iqtisodiyotning muhim tarmog‘idan biri hisoblangan bank sohasida ham yangi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) dan foydalanishga yanada ko‘proq ehtiyoj sezilmoqda.
Darhaqiqat, tijorat banklari tomonidan axborot texnologiyalarini qo’llagan holda ko’rsatilayotgan barcha xizmatlarning tezkorligi, sifati va shaffofligi bugungi kun talabidir. Endilikda an’anaviy bank xizmatlari o’rnini to’la egallayotgan zamonaviy masofaviy bank xizmatlarining turli ko‘rinishlari aynan shu tezlik, sifat va ishonchni ta’minlayotgani hech kimga sir emas. Zamonaviy bank xizmatlari mijozlarga yanada kengroq qulaylik yaratgan holda ularning imkoniyatlari oshirilishiga xizmat qiladi.

Boshqarishda foydalaniladigan axborotlarga qo’yiladigan talablar


-ishonchlilik;
-tushunarlilik;
-bir ma’nolilik;
-tezkorlik;
-to’liqlik;
-tejamlilik.
O’zsanoatqurilishbank ATBning axborot siyosati to’g’risida”gi NIZOMI


Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling