Махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


Strategik modernizasiyalashning ustuvor yo‘nalishlari


Download 1.68 Mb.
bet4/10
Sana17.06.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1551639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MN-319 Hisobot

Strategik modernizasiyalashning ustuvor yo‘nalishlari:

  • Operasion samaradorlikni oshirish.

  • Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yuksaltirish.

  • Kredit qo‘yilmalari va resurs bazasini diversifikasiyalash.

  • Axborot texnologiyalari infratuzilmasini modernizatsiyalash.

  • Risklarni boshqarish tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish.

  • Mijozlarning moliyaviy savodxonligi va xodimlar malakasini oshirish.

  • Kredit siyosatini takomillashtirish, innovatsion va masofaviy xizmat ko‘rsatish servislarini joriy qilish.


Bozorni egallash bo‘yicha 2023 yilgacha maqsadlar:


  • Aktivlar xajmi bo‘yicha bozordagi ulushni 15% ga yetkazish orqali bank mavqeini yanada mustahkamlash;

  • Kredit qo‘yilmalari xajmi bo‘yicha bozordagi ulushni kamida 16% ga yetkazish;

  • Kapital hajmi bo‘yicha bank ulushini 14% ga oshirish;

  • Depozitlar hajmi bo‘yicha bozordagi ulushni kamida 13% ga yetkazish;

  • Aholiga ajratilgan chakana kreditlar portfeli bo‘yicha bozordagi ulushni kamida 12% ga yetkazish orqali bankni eng yuqori o‘ringa ko‘tarilishini ta'minlash;

  • Aholi omonatlari hajmi bo‘yicha ulushni 14% dan oshirish evaziga bankni bozordagi yetakchilik mavqeini yanada mustahkamlash.


Strategiyaning eng muhim moliyaviy maqsadlari:


  • Aktivlar rentabelligini (ROA) 2,3% dan,

  • Kapital rentabelligini (ROE) 15% dan,

  • Riskka tortilgan aktivlar rentabelligi ROA ko‘rsatkichini 2,4% dan,

  • Sof foizli marja stavkasini (NIM) 5% dan oshirish.


Biznes-yo‘nalishlar bo‘yicha rejalar:

  • Korporativ biznes – mijozlar ehtiyojlarini va tarmoqlar xususiyatlarini o‘rganish asosida har bir mijozga alohida yondashuvga e'tibor qaratgan holda, mavjud biznes model yanada rivojlantiriladi. Zamonaviy texnologiyalar yordamida yangi sharoitlarga tezkorlik bilan moslashish, yangi shakldagi mahsulot va servislarni ishlab chiqish imkoniga ega bo‘linadi va mijozlarning bank bilan munosabatlari yanada soddalashtiriladi.



  • Kichik va o‘rta biznes - mijozlarning bizneslari rivojlanishi uchun imkoniyatlar kengaytiriladi, kichik va o‘rta biznesning qator mahsulotlari takomillashtiriladi. Yetkazib beruvchilar zanjirini moliyalashtirishga alohida e'tibor qaratiladi (Supply Chain Finance).



  • Chakana biznes –butun e'tibor mavjud mijozlar bazasi hamda muhim segmentlar hisoblangan ish haqi kartalaridan foydalanuvchilar va hamkorlarning xodimlari bilan ishlashga qaratilgan holda chakana biznes yanada rivojlantiriladi. Mavjud marketpleys tizimi va boshqa xizmatlar kengaytiriladi. Elektron tijoratni rivojlantirish birinchi o‘ringa chiqariladi.

Biz mijozlarimizga, xodimlarimizga va aksiyadorlarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
Qat'iy ishonch bilan shuni ta'kidlamoqchimizki, mavjud imkoniyatlar va yillar davomida shakllangan tajribaga asoslanib, mijozlar, hamkorlar, aksiyadorlar va butun jamiyat manfaatlarini himoya qilgan holda, oldimizga qo‘ygan eng yuqori marralarni zabt etish, rivojlanish yo‘lida olib borayotgan ishlarimizni yanada shiddat bilan davom ettiramiz.

Oxirgi yangilanish sanasi: 23.06.2021 10:29




Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling