Махсус таълим вазирлиги самарқанд иқтисодиёт ва сервис институти


Menejer mehnati va uning xususiyatlari


Download 1.68 Mb.
bet6/10
Sana17.06.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1551639
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MN-319 Hisobot

Menejer mehnati va uning xususiyatlari
Menejer mehnati tovar ishlab chiqaruvchilar mehnatining ajralmas qismi ishlab chiqarish natijalariga ta’sir qiluvchi va menejment funksiyalarini tezkor bajarishga bog’liq faoliyatdir. Menejer mehnati aqliy va ijodiy xarakterga ega bo’lib, miqdoriy baholash bilan belgilanmaydi. Boshqaruv mehnati ishchilari bevosita moddiy boyliklar ishlab chiqarishmaydi. Boshqaruv mehnati natijasi mehnat jamoasi faoliyatining yakuniy ko’rsatkichlari yordamida baholanadi. Boshqaruv mehnatining aniq o’lchamini aniqlash qiyin,ayniqsa, u ijodiy xarakterga ega bo’lganda. Boshqaruv mehnati ishlab chiqarishning moddiy elementi emas, balki axborot, turli hujjatlar va boshqaruv qarori hisoblanadi. Menejer hamda texnik ijrochilar axborotni olish, qayta tiklash, uzatish va saqlash bilan shug’ullanadi. Ba’zan bir texnik axborotni tayyorlash mobaynida besh va undan ortiq bo’lgan formalashtirish, mehnatga haq to’lash, texnologiyani qayta ishlash, ish sifatini hisoblash, tekshirish bilan bog’liq operasiyalarga duch kelinadi.
Boshqarish – ma’lum maqsadga yo’naltirilgan jarayon bo’lib, eng avvalo, odamlarni boshqarishda namoyon bo’ladi. Inson sotsial-iqtisodiy jarayonlarga ongli ta’sir ko’rsatishi mumkin. Har qanday jamiyatda u bir vaqtning o’zida boshqarishning ham subyekti, ham obyekti bo’ladi, har qanday inson qanday ishni bajarmasin, baribir u jamiyat va jamiyatning barcha a’zolari tomonidan boshqariladi.
Har qanday pog’onadagi boshqaruvchi o’z xohishi bilan emas, balki xalq manfaati yuzasidan boshqaruvni amalga oshiradi. Huquqiy davlatda har kim jamiyat nazoratidan chetda qolmaydi hatto yuqori pog’onadagi boshqaruvchi ham. Har qanday jamiyat a’zosi boshqariluvchi shaxs sifatida namoyon bo’ladi, chunki u muayyan bir jamoaga a’zo, shuningdek, boshqa tomondan ham boshqarilayotgan boshqaruv subyekt hisoblanadi. Shuning o’zida har bir jamiyat a’zosi boshqaruvchi bo’lishi ham mumkin. U mulkdorga va haqiqiy ishlab chiqarish egasiga aylangach, iqtisodiyotni, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotni boshqarishda bevosita qatnashadi.
Turli jamoa a’zolarining boshqarishdagi o’rni bir xil emas. Ularning ayrimlari ishga sust yondashishadi va bevosita turli jamoaviy tashkilotlarga a’zo bo’lib ko’rinadi, xolos. Biroq, ishlab chiqarishda yetarli malakaga ega shunday professional menejer-tashkilotchilar mavjudki, ular umumjamoa uchun foydali bo’lgan maxsus boshqaruv mehnati bilan shug’ullanadilar.

Boshqarish jarayonida menejer mehnati insonning aniq faoliyati orqali namoyon bo’ladi. Boshqaruv sikli maqsad va masalalarni belgilab olishdan boshlanib, ularni yechish va qo’yilgan maqsadga erishish bilan yakunlanadi. Belgilangan masala qo’yilib, maqsadga erishilgach, boshqaruv sikli yangi maqsad va vazifalarni o’z oldiga qo’yadi hamda shu asnoda davom etadi.



Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling