Maishiy gaz asboblari
Download 151.75 Kb.
|
Hamidov Quddusxon
3. 1- rasm. Turar joy gaz quvur loyihasi:
a – uchastka rejasi; b – birinchi qavat rejasi; d – yuqori qavat rejasi; e – gaz quvuri sxemasi. Loyihada shartli belgilar, ekspluatatsiya beriladi.Gaz quvur tarmoqlari industrial usulda yig‘iladi. Gaz quvurlar SZMda o‘lchov eskizlari yoki o‘lchov-montaj kartalari (3. 2- rasm)bo‘yicha qora rangli suv-gaz quvurlaridan tayyorlanadi.Gaz quvurlar ruxlanmagan po‘lat quvurlardan yig‘iladi va armatura hamda jihozlarga rezba yordamida yoki payvandlab ulanadi. Ustunlarning orayopmalardan o‘tadigan joylariga quvur bo‘laklaridan gilzalar qo‘yiladi. Gilza sof pol belgisidan 50 mm va ship sirtidan 5 mm chiqib turishi kerak. Rezbali birikmalarda zichlash materiali sifatida qo‘rg‘oshin surik zamazkaning tabiiy alif moyga yoki ruxli belilarga aralashtirib tayyorlangan moddaga shimdirilgan zig‘ir tolalari yoki «FUM» lentasi ishlatiladi. Quvur va armaturaning birikish joylari ko‘zdan kechirish uchun qulay bo‘lishi kerak, shuning uchun birikmalarni qavatlararo orayopmalar, devorlar va pardevorlarga joylashtirishga ruxsat berilmaydi. Har bir qavat yoki qavat oralitib, shuningdek, magistralda ketgan har bir tarmoqdagi ustunlar asosiga sgonlar o‘rnatish lozim. 3. 2- rasm. Gaz quvur bo‘yicha o‘lchash montaj kartasi: a – sxema; b – reja Odatda, ichki gaz quvurlar ustun tomonga 0,003 m qiyalikda ochiq o‘tkazilishi lozim. Gaz quvurlar suv tarmog‘i, kanalizatsiyasi va boshqa tarmoq bilan tutashgan joylarda quvurlar orasida kamida 20 mm, elektr simlari yoki kabel bilan tutashgan joylarda 100 mm masofa bo‘lishi lozim.Tarmoqning ayrim uchastkalarini va gaz jihozlarini uzib qo‘yish uchun gaz quvur tarmog‘iga tiqinli gaz kranlari o‘rnatiladi. Ustunlardan xonadonlarga ketadigan tarmoqlarga va ustunlarga tiqinli cho‘yan kranlar o‘rnatishga ruxsat beriladi. Chiziqcha quvur o‘qi yo‘nalishida tursa, kran ochiq, quvur o‘qiga ko‘ndalang tursa, kran berk bo‘ladi. Kran va zadvijkalar gorizontal tarmoqlarga vertikal yo‘nalgan shpin dellar bilan, vertikal yo‘nalgan tarmoqlarga esa devorga 45 darajali burchak ostida yoki devorga parallel o‘rnatiladi. Yig‘ishdan oldin kran va zadvijkalarning germetikligini tekshirish, ularni qismlarga ajratish, artish va mireral moy yoki tavot bilan moylash kerak. Past bosimli gaz quvurlarning zadvijkalari bosimi 1 kgk/sm2 bo‘lgan suv yoki havo bilan mustahkamlikka, zatvor esa zatvorning qarama-qarshi tomoniga bo‘r surkalib, kerosin qo‘yish yo‘li bilan zichlikka sinaladi. Agar 10 min mobaynida krosin silqimasa, zadvijkalar gaz quvur tarmoqlariga o‘rnatish uchun yaroqli hisoblanadi. Past bosimli gaz quvurlarga o‘rnatiladigan kranlar 1 kgk/sm2 bo- simli suv bilan mustahkamlikka, kopus, zatvor va boshqa elementlar esa bosimi 2000 mm suv ust.li havo bilan zichlikka sinaladi. Kranlarni zichlikka sinash paytida zichlash sirtlari yaxshilab ishqalab moslangan bo‘lishi, 5 min mobaynida bosim pasayishi, 10 mm suv ust. dan oshmasligi lozim. Normal moylangan zichlash sirtlarida bosim pasayishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Gaz jihozlarini o‘rnatishda quyidagi asosiy shartlar bajarilishi kerak: plita korpusining orqa devori bilan xonaning yonmaydigan devori orasidagi masofa kamida 50 mm bo‘lishi lozim. Suvalgan yog‘och devorli oshxonalarda bu masofa 100 mm bo‘lishi kerak. Agar plita orqasidagidevorga asbestli tunuka qoplangan bo‘lsa, bu masofa qisqartirilishi mumkin.Oqova gaz suv isitgichlarini yonmaydigan materialdan qilingan devorlarga o‘rnatish kerak. Suv isitgichlar o‘rnatiladigan xonalarga havo kirib turishi uchun eshikning tagiga yoki devorning pastki qismiga panjara o‘rnatish ko‘zda tutilishi yoki eshik bilan pol orasida tirqish qoldirilishi lozim. Havo kiradigan teshikning yuzasi kamida 0,02 m2 bo‘lishi kerak. Yig‘ilgan gaz quvur quyidagi talablarga javob berishi shart: – ustunlar vertikal o‘tkazilishi, gorizontal uchastkalar esa zarur qiyalikda bo‘lishi kerak; – quvur ilgaklar, xomutlar va hokazolar bilan puxta biriktirilishi lozim; – rezbali birikmalar yaxshi qotirilgan bo‘lishi va ulardan zig‘ir tolalar chiqib qolmasligi kerak; – yig‘ilgan tarmoq va o‘rnatilgan jihozlarning tashqi ko‘rinishi ko‘rkam bo‘lishi lozim. Gaz quvurni yig‘ishda ham xuddi sanitariya texnikasi tizimlarini yig‘ishda, boshqa ishlarni bajarishda rioya qilingan xavfsizlik texnikasi qoidalarini bajarish kerak. SHAHAR GAZ TA’MINOTI TIZIMLARI. GAZ QUVURLARINING TASNIFI Gaz quvurlari undagi bosim va gaz quvurining qo‘llanilishiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: Qo‘llanishi bo‘yicha: magistral gaz quvurlari; shahar gaz quvuri; v) sanoat gaz quvurlari. Magistral gaz quvurlari o‘ta yuqori bosimda ishlab (5,5 – 10 MPa), gaz konidan shaharlarga gaz yetkazib beradi. Shahar gaz quvurlari quyidagilarga bo‘linadi: 1) tarqatish gaz quvurlari; 2) iste’molchilarga tarmoq gaz quvurlari; 3) uy ichi gaz quvurlari. Taqsimlash gaz quvurlari gazni turarjoy binolariga, sanoat va kommunal korxonalarga yetkazib beradi. O‘tkazilishi bo‘yicha esa halqasimon bo’ladi. Download 151.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling