Maishiy iste'molchilar energiyasini tejash


Elektr energiyasidan foydalanish


Download 43.16 Kb.
bet3/8
Sana03.02.2023
Hajmi43.16 Kb.
#1154361
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12.Maishiy iste\'molchilar energiyasini tejash

Elektr energiyasidan foydalanish
QOIDALARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, “Elektr energetika to‘g‘risida”, “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”, “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”, “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq elektr energiyasini yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
2. Ushbu Qoidalar hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, elektr energiya iste’molchilari, iste’molchilardan elektr energiyasi uchun to‘lovni yig‘ish funksiyasini bajaruvchi xususiy operatorlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi o‘rinlarda Byuro deb ataladi) tomonidan bajarish uchun majburiy hisoblanadi.
3. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
energiya ta’minoti bo‘yicha avariya broni — iste’molchilar faoliyati qisman yoki to‘liq to‘xtatilgan holda uskunalarni saqlash, insonlar hayotining xavfsizligini ta’minlash, avariya va qo‘riqlash yoritgichlari, shamollatish, suv haydash, suv ta’minoti, isitish, yong‘in xavfsizligi vositalari uchun zarur bo‘lgan elektr quvvatining eng kam miqdordagi darajasi yoki elektr energiyasi hajmi;
avariya rejimi — elektr energetika obyektlarining ishlash texnologik parametrlarining yagona elektr energetika tizimi ishonchli ishlashining izdan chiqishiga va iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berish cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan tarzda chetga chiqishi;
blok-stansiyalar — iste’molchilarning yagona elektr energetika tizimiga bevosita yoki iste’molchilar tarmog‘i orqali ulangan hamda operativ-dispetcherlik boshqaruvi tizimiga kiradigan elektr stansiyalari;
elektr tarmog‘ining balans bo‘yicha mansublik chegarasi — elektr tarmog‘ining balans bo‘yicha mansubligi bilan aniqlanadigan, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va iste’molchi o‘rtasidagi elektr tarmog‘ining bo‘linish nuqtasi;

Download 43.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling