Maishiy iste'molchilar energiyasini tejash
elektr ta’minoti shartnomasi
Download 43.16 Kb.
|
12.Maishiy iste\'molchilar energiyasini tejash
elektr ta’minoti shartnomasi — hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga iste’molchida kerakli uskunalar va elektr energiyasi iste’molini hisobga olish priborlari mavjud bo‘lgan taqdirda, unga elektr tarmog‘i orqali elektr energiyasi yetkazib berish majburiyatini yuklaydigan, iste’molchiga esa elektr energiyasi haqini to‘lash, shuningdek, elektr energiyasi iste’molining shartnomada nazarda tutilgan rejimiga rioya qilish, o‘z tasarrufida bo‘lgan elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish xavfsizligini hamda elektr energiyasi iste’moli bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zi foydalanadigan uskunalar va asboblarning soz holatda bo‘lishini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni bajarish majburiyatini yuklaydigan bitim;
elektr energiyasi (quvvati) iste’molining shartnomadagi miqdori — elektr ta’minoti shartnomasida belgilangan va tegishli hisob-kitob davrida texnik shartlarga ko‘ra ruxsat etilgan quvvat, elektr qurilmalaridan foydalanilgan ish soatlar soni va ish kunlar miqdorlaridan kelib chiqqan holda hisoblangan elektr energiyasi (aktiv, reaktiv) miqdori; yagona elektr energetika tizimi — elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi, magistral elektr tarmoqlari, hududiy elektr tarmoqlari va ularni tezkor-dispetcherlik boshqarish korxonalari; elektr energiyasi sifati — elektr energiyasi parametrlarining davlat standartlari bo‘yicha belgilangan talablarga muvofiqligi; elektr energiyasini hisobga olishni nazorat qilish asbobi — nazorat qilish uchun foydalaniladigan va ko‘rsatkichlari asosida alohida sexlar, texnologik liniyalar, ko‘p energiya sarflaydigan uskunalar va boshqa uskunalarning elektr energiyasi sarfini aniqlash imkonini beradigan hisoblash asbobi; yetarli miqdorda yetkazib berilmagan elektr energiyasi (kam yetkazib berish) — energiya ta’minotidagi tanaffus, shu jumladan uzib qo‘yish va cheklash vaqtida iste’molchi to‘liq olmagan elektr energiyasi miqdori; elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari — elektr energiyasini uzatish va yetkazib berishni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan elektr energiyasi uzatish liniyalari, transformator podstansiyalari, taqsimlash punktlari; cheklash — shartnomada nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish oqibatida muayyan vaqt oralig‘i davomida, shuningdek, hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlarida fors-major holatlar tufayli paydo bo‘lgan avariya rejimlari vaqtida iste’molchiga shartnomada belgilangan elektr energiyasini yetkazib berish miqdorining kamayishi; Download 43.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling