Maishiy iste'molchilar energiyasini tejash


elektr energiyasini qabul qilgich (elektr qabul qilgich)


Download 43.16 Kb.
bet6/8
Sana03.02.2023
Hajmi43.16 Kb.
#1154361
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12.Maishiy iste\'molchilar energiyasini tejash

elektr energiyasini qabul qilgich (elektr qabul qilgich) — elektr energiyasini qabul qilish va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan qurilma yoki asbob;
iste’molchining ulangan quvvati — iste’molchining elektr energiyasini (bevosita elektr qabul qilgichlarni ta’minlaydigan) ishchi kuchlanishga aylantiruvchi transformatorlarining va 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr dvigatellarining elektr tarmoqlariga ulangan jami quvvati. Iste’molchilarning elektr qurilmalari tarmoq transformatorlardan yoki hududiy elektr tarmoqlari korxonasining past kuchlanishli tarmoqlaridan ta’minlanganda, iste’molchining ulangan quvvati uchun foydalanishga ruxsat etilgan quvvat qabul qilinadi, uning miqdori hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan belgilanadi hamda elektr ta’minoti shartnomasida ko‘rsatiladi;
hisob-kitob davri — elektr energiyasi iste’molining sarfi (hajmi) aniqlanishi, iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun iste’molchi va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob qilinishi kerak bo‘lgan vaqt davri (oy);
Elektr energiyasini hisobga olish pribori — elektr energiyasi sarfini hisobga olish pribori (keyingi o‘rinlarda hisobga olish pribori deb ataladi) bo‘lib, iste’mol qilingan elektr energiyasining haq to‘lanishi lozim bo‘lgan hajmi uning ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi;
tizim operatori — yagona elektr energetika tizimi, magistral elektr tarmoqlari faoliyatining texnologik rejimini tezkor-dispetcherlik boshqaruvini, shuningdek, uning boshqa davlatlar elektr energetika tizimlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlovchi vakolatli tuzilma;
subiste’molchi — hududiy elektr tarmoqlari korxonasi roziligi bilan boshqa iste’molchining elektr tarmoqlariga bevosita ulangan va u bilan elektr ta’minoti yuzasidan shartnoma tuzgan iste’molchi. Elektr energiyasi subiste’molchiga berilganda, iste’molchi mazkur Qoidalarga rioya qilish bo‘yicha javobgar bo‘ladi;
elektr ta’minotining texnologik broni — texnologik jarayonni, ishlab chiqarish siklini tugallash uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasi yoki quvvati hajmi;

Download 43.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling