Majburiy kurs ekanligi


Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik tahlil; xronometraj; pulsometriya o’tkazish usuliyati


Download 45.11 Kb.
bet9/9
Sana10.11.2023
Hajmi45.11 Kb.
#1764988
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jismoniy tarbiya bo‘yicha dars konspektini tuzish uslubiyati.

Jismoniy tarbiya darslarida pedagogik tahlil; xronometraj; pulsometriya o’tkazish usuliyati


Reja:


  1. Xronometraj o’tkazishdan maqsad.


  2. Umumiy va motor zichlikni aniqlash.


  3. Xronometraj bayonnomasi.




Jismomy tarbiya darslarida xronometraj darsning umumiy va motor zichligini aniqlash maqsadida olib boriladi.
Darsning umumiy zichligi deb pedagogik nuqtai nazardan to'g’ri foydalanilgan vaqtning butun dars davomidagi nisbatiga aytiladi.
Darsning motor zichligi deb о’quvchilaming bevosita harakat faoliyatiga, mashq bajarishga sarflagan vaqtiga aytiladi.
Xronometrajdan olingan ma’lumotlar darsning pedagogik tahlilini ma'lum darajada chuqurlashtiradi. chunki bu har xil faoliyat uchun ketadigan vaqtni oqilona sarflash imkonini beradi.
Darsni tekshiruvchi xronometrajning quyidagi hujjatlarini yuritishi kerak:


  1. xronometraj bayonnomasi;


  2. umumiy va motor zichligi;




v) dars zichligining matnda yozilgan tahlili.
Dars boshlanguncha tekshiruvchi xronometraj bayonnomasiga dars vazifalarini, shuningdek, har xil bo’limlarga yoki dars qismlariga belgilangan vaqtni aniqlab olishi kerak. Buning uchun tekshimvchi dars o’tuvchining konspekti bilan tanishishi shart.
Bayonnomaning keyingi qismi aynan dars o’tish mobaynida quyidagi shakl bo’yicha to’ldiriladi.
Masalan:
Xranametraj o’tkazish
Dars o’tuvchi: _______________________________
Dars kuzatuvchi: _______________________________
Dars mavzusi: ___________________________________
O’tish vaqti: __09:20
Sinf: ________________________________________
Sana: ______________________________

Dars konspektini tuzish uslubiyati
Jismoniy tarbiya bo‘yicha dars konspektini tuzish uslubiyati.
Reja:


  1. Dars konspektining to‘g‘ri yozilishiga o’rgatiish.


  2. Dars mazmuniga, dars oldiga qo‘yiladigan vazifalarni aniq qo‘yishga talabalarning e’tiborini qaratishi lozim.



Jismoniy tarbiya darslari bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim masalalardan biri uni qanday tuzish masalasidir.

Dars tuzilishi deganda alohida darsni tuzishda foydalaniladigan taxminiy mo‘ljalli reja tushuniladi. Dars tuzilishi o‘qituvchiga mashqlarni oqilona tanlash, materialni to‘g‘ri joylashtirish va darsdagi yuklamani aniqlashga yordam beradi.


Dars tuzilishi dastur materiallarini izchil o‘rganish asosida belgilangan vazifalarga bog‘liq.
Jismoniy tarbiya darsida har qanday pedagogik vazifani hal etish ko‘pincha shug‘ullanuvchilar organizmining zo‘r berishini talab qiladi. Bu ishga organizm tegishli darajada tayyorlangan bo‘lishi kerak.
I.P.Pavlov organizmning qiyin vazifalarni hal etishga tayyor bo‘lishi zarurligini ko‘rsatib, sekin-astalik va mashq klinika va pedagogikada asosiy fiziologik qoidadir degan edi.
Bu ko‘rsatma o‘qituvchi zimmasiga shug‘ullanuvchilardan katta kuch talab qiladigan pedagogik vazifalarni darsning boshida emas, o‘rtasida, bir qadar tayyorgarlikdan so‘ng hal etish majburiyatini yuklaydi. Darsning asosiy vazifalarini hal etish shug‘ullanuvchilarni uyushtirishni, ularda zarur kayfiyat va bu vazifalarni bajarishga bo‘lgan ishtiyoqni hosil qilishni talab etadi. O‘quvchilarni uyushtirgach, ya’ni Pavlovning asta-sekinlik haqidagi fiziologik qoidasi bajarilganidan so‘ng, asosiy vazifalarni hal qilishga kirishish mumkin. Asosiy pedagogik vazifalarni bajarish ko‘pincha shug‘ullanuvchilar zo‘r berayotgan, faollashgan davrga to‘g‘ri keladi. O‘quvchilar organizmi nisbatan katta zo‘riqish va kuchli emotsional holatdan vazmin holatga birdaniga o‘tishi mumkin emas. SHuning uchun dars tuzilishida xotirjam holatga asta-sekin o‘tish va mashg‘ulotni tashkiliy ravishda tugallash aks etadi. SHunday qilib, har bir dars tuzilishiuch qismdaniborat bo‘ladi: birinchisi – o‘quvchilarni darsning vazifalarini hal etishga tayyorlaydigan tashkiliy qism, u shartli ravishda tayyorgarlik qismi deb ataladi; ikkinchisi – darsning asosiy vazifalarini bajarishga yo‘naltirilgan qism, u shartli ravishda asosiy qism deb yuritiladi; uchinchisi – dars yakuni, u shartli ravishda yakunlovchi qism deb ataladi. Darsning barcha vazifalari va mazmuni o‘zaro chambarchas bog‘langan holda amalga oshiriladi.
Download 45.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling