Sulola EDU +998880079897
Majburiy ona tili
1. Gado arazlasa, to‘rvasiga ziyon. Ushbu gapda
nechta tub so‘z tarkibida til oldi undoshi
ishtirok etgan?
A) 2 ta
В) 1 ta
C) 4 ta
D) 3 ta
2. dunyo // qarash, murojaat // noma, Besh //
ariq, havo // rang, kelib // ketmoq, beda //
poya, umum // insoniy, qabul // qilmoq, ko‘r //
ichak.
Ushbu juftliklardan qo‘shma so‘z hosil
qilinganda nechtasi qo‘shib yoziladi?
A) 5 tasi
B) 7 tasi
C) 6 tasi
D) 8 tasi
3. Qaysi javobdagi birliklar imloviy jihatdan
to‘g‘ri yozilgan?
A) chiqqin, yo‘rgakka
B) boqqa, XXI-tur
C) matin, 5-xona
D) to‘xtadida, gapirdiku
4. Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodoshlik
hosil qila olmaydi?
A) xasta, kasal
B) narx, qiymat
C) asir, tutqun
D) ahl, inoq
5. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda
metafora usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz
bergan?
A) Chodir ichi gavjum, ko‘zlar muntazir,
Mikrofon oldida davr sohibi:
B) Qizil gulim, qora ko‘zim, tilagim,
Dunyo sening boqishingdan o‘rgulsin.
C) Mahalla, choyxona, takya va guzar
Minutni soat deb yo‘lga ko‘z tutar.
D) So‘zi xalqni qattiq kuldiradi goh,
Goho u qalblardan uzdiradi oh...
6. Qaysi javobda ravish turkumiga oid so‘z
bilan paronim bo‘la oladigan birlik berilgan?
A) adil
B) hiyla
C) lahm
D) bop
7. Ko‘ngli ochiqning qo‘li ochiq,
Qo‘li ochiqning yo‘li ochiq.
Ushbu parchada necha o‘rinda yasama so‘zla
qatnashgan?
A) 4
B) 6
C) 3
D) 5
8. Qaysi gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi
mavjud?
A) Dastlabki hadisda salom bermoqlikning g‘oyat
muhim xislat ekanligi uqtirilmoqda.
B) Bu gaplarimni ukangga aslo ayta ko‘rma.
C) Yer yuzini munavvar etaylik.
D) Siz o‘g‘limga ozor bermang.
9. Qaysi javobda miqdor-daraja ravishi
qatnashgan?
A) 10 minutdan so‘ng barcha guruhdagilar
joylariga o‘tiradilar.
B) Xuddi kimdir ataylab bo‘yab qo‘yganga o‘xshab
ko‘rinadi.
C) Shu gapni besh marta takrorladi.
D) Paxta to‘g‘risida ko‘p yozdi.
10. Qaysi javobda olmosh o‘zi ishora qilgan
so‘z bilan o‘zaro bir xil gap bo‘lagi vazifasini
bajargan?
A) Otam «Mirzo» va «G‘ulom» taxallusi bilan talay
she’rlar yozgan. Lekin bular bir yerda to‘planib
chiqqan emas.
B) Yer yuzida tillar ko‘p. Olimlarning hisob-
kitobiga ko‘ra ularning miqdori 3000
dan ortib
ketadi.
C) Qisqa vaqt ichida gimnaziyaga zamonaviy
kompyuterlar keltirildi, ular internet tarmog‘iga
ulandi.
D) So‘zlarni izohlang va ular ishtirokida gaplar
tuzing.