Majburiy ona tili Gado arazlasa, to‘rvasiga ziyon. Ushbu gapda nechta tub so‘z tarkibida til oldi undoshi ishtirok etgan?


Download 15.85 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.06.2023
Hajmi15.85 Kb.
#1553605
Bog'liq
Majburiy 1-variant



Sulola EDU +998880079897 
Majburiy ona tili 
 
1. Gado arazlasa, to‘rvasiga ziyon. Ushbu gapda 
nechta tub so‘z tarkibida til oldi undoshi 
ishtirok etgan? 
 
A) 2 ta 
В) 1 ta 
C) 4 ta 
D) 3 ta 
2. dunyo // qarash, murojaat // noma, Besh // 
ariq, havo // rang, kelib // ketmoq, beda // 
poya, umum // insoniy, qabul // qilmoq, ko‘r // 
ichak. 
Ushbu juftliklardan qo‘shma so‘z hosil 
qilinganda nechtasi qo‘shib yoziladi? 
 
A) 5 tasi 
B) 7 tasi 
C) 6 tasi 
D) 8 tasi 
3. Qaysi javobdagi birliklar imloviy jihatdan 
to‘g‘ri yozilgan? 
 
A) chiqqin, yo‘rgakka 
B) boqqa, XXI-tur 
C) matin, 5-xona 
D) to‘xtadida, gapirdiku 
4. Qaysi javobdagi so‘zlar o‘zaro ma’nodoshlik 
hosil qila olmaydi? 
 
A) xasta, kasal 
B) narx, qiymat 
C) asir, tutqun 
D) ahl, inoq 
5. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda 
metafora usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz 
bergan? 
 
A) Chodir ichi gavjum, ko‘zlar muntazir, 
Mikrofon oldida davr sohibi: 
B) Qizil gulim, qora ko‘zim, tilagim, 
Dunyo sening boqishingdan o‘rgulsin. 
C) Mahalla, choyxona, takya va guzar 
Minutni soat deb yo‘lga ko‘z tutar. 
D) So‘zi xalqni qattiq kuldiradi goh, 
Goho u qalblardan uzdiradi oh... 
6. Qaysi javobda ravish turkumiga oid so‘z 
bilan paronim bo‘la oladigan birlik berilgan? 
 
A) adil 
B) hiyla 
C) lahm 
D) bop 
7. Ko‘ngli ochiqning qo‘li ochiq, 
Qo‘li ochiqning yo‘li ochiq. 
Ushbu parchada necha o‘rinda yasama so‘zla 
qatnashgan? 
 
A) 4 
B) 6 
C) 3 
D) 5 
8. Qaysi gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi 
mavjud? 
 
A) Dastlabki hadisda salom bermoqlikning g‘oyat 
muhim xislat ekanligi uqtirilmoqda. 
B) Bu gaplarimni ukangga aslo ayta ko‘rma. 
C) Yer yuzini munavvar etaylik. 
D) Siz o‘g‘limga ozor bermang. 
9. Qaysi javobda miqdor-daraja ravishi 
qatnashgan? 
 
A) 10 minutdan so‘ng barcha guruhdagilar 
joylariga o‘tiradilar. 
B) Xuddi kimdir ataylab bo‘yab qo‘yganga o‘xshab 
ko‘rinadi. 
C) Shu gapni besh marta takrorladi. 
D) Paxta to‘g‘risida ko‘p yozdi. 
10. Qaysi javobda olmosh o‘zi ishora qilgan 
so‘z bilan o‘zaro bir xil gap bo‘lagi vazifasini 
bajargan? 
 
A) Otam «Mirzo» va «G‘ulom» taxallusi bilan talay 
she’rlar yozgan. Lekin bular bir yerda to‘planib 
chiqqan emas. 
B) Yer yuzida tillar ko‘p. Olimlarning hisob-
kitobiga ko‘ra ularning miqdori 3000 dan ortib 
ketadi. 
C) Qisqa vaqt ichida gimnaziyaga zamonaviy 
kompyuterlar keltirildi, ular internet tarmog‘iga 
ulandi. 
D) So‘zlarni izohlang va ular ishtirokida gaplar 
tuzing. 
 

Download 15.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling