Majburiy Ona tili
Download 287.86 Kb.
|
Majburiy
Majburiy Ona tili 1. Qaysi so’z tarkibida omonim qo’shimcha qo’llanmagan? A) beshta B) quticha C) so’roq D) kitobxon 2. Qaysi gapda tinish belgisi noo’rin qo’llangan? A) Mening opam – talaba. B) Har narsaga qiziqish – biz uchun eski odat C) Tinchlik – farovon hayot manbai D) Eshitganlarim – haqiqat edi. 3. sifat+ot ko’rinishidagi qo’shma ot qaysi javobda berilgan? A) bug’doyrang B) dunyoqarash C) ko’ksulton D) yaxshilik 4. Qorday oppoq, qorday yumshoq. Mazkur gapda nechta so’z yasovchi qo’shimcha mavjud? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 5. Qaysi javobdagi so’zlar o’zaro ma’nodosh bo’la olmaydi? A) ayon, aniq B) ko’rk, chiroy C) gavdali, norg’ul D) mazali, lazzat 6. Qaysi javobda ajratib ko’rsatilgan so’zlar o’zaro ko’p ma’noli sanaladi? A) Talabalik – oltin davrim. O’zbekistonda oltin qazib olish yildan yilga rivojlanmoqda B) Qatiq inson salomatligi uchun juda foydali mahsulot sanaladi. Qattiq nonlarni tashlab yubormang C) Yoshliging g’animat, bolam, o’sib, un, Behuda chiranma sado hamda un… D) Hech bo’lmagandan ko’ra kech bo’lgani yaxshi. Bir qoshiq qonidan kech bu bechoraning. 7. Qaysi ibora tarkibida fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan ikkita so’z mavjud? A) yerga ursang ko’kka sakraydi B) tuyog’nigni shiqillatmoq C) og’zi qulog’iga yetmoq D) ko’kragini yerga bermoq 8. Tub so’zni aniqlang A) qisilmoq B) guldor C) gulchilik D) tinimsiz 9. To’g’ri yozilgan so’zni toping A) obinavvot B) makka jo’xori C) Dehqonobod D) milliyon 10. Qaysi javobdagi so’zlarning asosi bir bo’g’inli emas? A) elchilik, ko’chadigan B) oqayotgan, kulimsiramoq C) tushuncha, quvnoq D) atamoq, sanoqsiz 11. Qo’shimcha haqidagi qaysi ma’lumot to’g’ri emas? A) asosga qo’shilib, unga yangi ma’no yuklaydigan qism B) asosga qo’shilib, unga qo’shimcha ma’no yuklaydigan qism C) mustaqil qo’llanila oladigan qism D) so’zlarni bog’lashga xizmat qiladigan qism 12. Qo’rq… do’st yovuz dushman… yomon Ushbu gapdagi nuqtalar o’rnida qo’llanilishi kerak bo’lgan qo’shimchalarni tiklang. Ular haqidagi to’g’ri fikrni toping. A) so’z yasovchi qo’shimcha B) so’z yasovchi va lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha C) lug’aviy shakl yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha D) so’z yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo’shimcha 13. So’z qo’llash bilan bog’liq xatolik mavjud gapni aniqlang. A) Devordagi yoriqdan ko’chaga termulib turardi B) Yaxshiga yondosh, yomondan qoch C) Qaddi rost shamning tilidan o’rtanur parvona ham D) Musiqachilar tor, g’ijjak, tanbur, doira bilan kelishdi 14. Qaysi javobdagi so’zlar imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan? A) xususiyat, tafsilot B) daromad, sabzovot C) saxovat, zakovat D) halovat, farosat 15. Qaysi javobda ot va sifat turkumiga oid juftlik berilgan? A) sevgi – kuzgi B) muattar – iforli C) chiroy – ko’rk D) chiziq – qiliq Download 287.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling