Majburiyatlar auditi


Download 107.83 Kb.
bet3/5
Sana31.01.2024
Hajmi107.83 Kb.
#1831953
1   2   3   4   5
Bog'liq
Majburiyatlar auditi

To’liqlik. Mijoz korxonada uzoq muddatli majburiyatlar, ularni to’lash, foizlarini hisoblash va to’lash bilan bog’liq operatsiyalar buxgalteriya yozuvlarida o’z vaqtida va to’liq berilayotganligini aniqlash kerak. Uzoq muddatli majburiyatlar hisobini aniqroq yuritish usulidan biri o’z ichiga majburiyatlar haqidagi barcha axborotlarni jamlaydigan yordamchi kitob yuritishdir. Ushbu yordamchi kitobda yuritiladigan qarz mablag’lari buxgalteriyadagi bosh kitob bilan doimiy solishtirib tekshirib boriladi va kamchiliklar o’z vaqtida aniqlanadi.
Baholash. Majburiyatlar buxgalteriya yozuvlarida nominal qiymat bo’yicha va har qanday mukofot va diskontlarni chegirib va qo’shib yuritilishi kerak. Mukofot va chegirmalar foiz xarajatlaridan qo’llanilayotgan usul bo’yicha chegirib amortizatsiya qilinishi kerak. Ayrim hollarda korxonalarda majburiyatlar yuzasidan kelishmovchiliklar uchun sud xarajatlari yoki shunga o’xshash boshqa xarajatlar paydo bo’ladi. Korxona ushbu xarajatlarni kelgusi davr to’lovlari sifatida qayd etib, majburiyatning butun davomiylik muddatiga amortizatsiya qilib yuborishi kerak. Murakkab turdagi moliyaviy majburiyatlarning baholanishi ham o’z-o’zidan qiyin bo’ladi. Mijoz korxonada majburiyatlarning to’g’ri baholanishi yuzasidan nazorat mavjud bo’lishiga qaramay auditorlik tekshiruvidan maksimal foyda olish uchun mijoz auditorlardan bu kabi murakkab majburiyatlar to’g’ri baholanganligini tekshirib, buxgalteriya yozuvlarida haqqoniy aks ettirishda ko’mak berishini so’rashi maqsadga muvofiq.
Tasniflanishi. Majburiyatlar yuzasidan amalga oshiriladigan ichki nazorat majburiyatlarning moliyaviy hisobotlarda to’g’ri tasniflanganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Asosiy muammo, uzoq muddatli majburiyatlarning kelgusi yil to’lanishi lozim bo’lgan qismi qisqa muddatli majburiyat sifatida aks ettirilishi kerak. Uzoq muddatli majburiyatlarda nazorat riski bilan bog’liq yakuniy muammo mijoz korxonada har qanday yopilmagan majburiyat yo’qotish va o’g’irliklar sodir bo’lishidan himoya qiladigan nazorat amallari yo’lga qo’yilgan bo’lishi kerak. Amallar alohida mustaqil korxona siyosati bilan davriy nazoratni amalga oshirishi kerak.



Audit amaliyotidan
Majburiyatlar auditida majburiyatlar to’liqligini tasdiqlash qiyin, muhimi auditor majburiyatlar bilan bog’liq risklilikni baholashda, nazorat amallarini aniqlashda to’g’ri usul tanlashi bu holatda muhim. Auditor majburiyatlarga nisbatan xatarni baholashda majburiyatlar yuzaga kelishiga nisbatan yuqoridagi rag’batni, bosimni aniqlashi kerak bo’ladi. Agar asosiy e’tibor opreatsyaning o’ziga qaratilib, uni baholash e’tibordan chetda qolsa majburiyatlarning to’liqlik nuqtai nazaridan auditorning noto’g’ri axborot olish xavfi oshadi.




Download 107.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling