Majburiyatlar auditi
Uzoq muddatli majburiyatlar auditida amalga oshiriladigan audit amallari
Download 107.83 Kb.
|
Majburiyatlar auditi
13.3. Uzoq muddatli majburiyatlar auditida amalga oshiriladigan audit amallari
Uzoq muddatli majburiyatlar auditida auditor qo’llaydigan audit amallari - bu har qanday yangi majburiyatlar bo’yicha kelishuvlarni o’rganib chiqish, qarz kelishuvlaridagi mijoz statusini aniqlash, qoldiqlarni tasdiqlash va uchinchi tomonlardan bog’liq axborotlarni to’plash va hk. Foiz xarajatlarini aniqlashda qo’llaniladigan audit amallari e’lon qilingan foiz stavkasi va uzoq muddatli majburiyat summasi o’rtasida bog’liqlik nuqtai nazaridan ham foydalidir. Masalan, auditor 12 oylik majburiyatni o’rtacha foiz darajasiga ko’paytirib foiz xarajatlarini baholashi mumkin. Foiz xarajatlarining asoslanganligi kelib chiqqan summa bilan buxgalteriya kitobida yozilgan raqamlarni solishtirish yo’li bilan aniqlanadi. Agar solishtirilayotgan ikkala summa bir biridan farq qilmasa auditor korxonada foiz xarajatlari to’g’ri ko’rsatilgan deb ishonishi mumkin. Agar hisoblangan summa buxgalteriyada yozilgan summadan baland chiqsa, auditor mijoz hisoblangan foiz xarajatlarining bir qismi yozilmagandegan xulosaga kelishi mumkin. Boshqa tomondan, agar buxgalteriyada hisobga olingan summa auditor hisoblab chiqqan summadan baland bo’lsa auditor mijoz majburiyatni to’liq qayd etmagan degan xulosaga kelishi mumkin. Auditor odatda uzoq muddatli majburiyatlar auditini majburiyatlarni to’lash, hisoblangan foizlarni to’lash bilan bog’liq bo’lgan tahliliy grafikni o’rganishdan boshlaydi.
Eng muhim tasdiqnoma bu har bir qarz majburiyatidagi va so’nggi hisoblangan foiz summasini hamda foiz to’langan sanani qarzdordan tasdiqlatib olishdir. Qarzning va hisoblangan foizlarning tasdiqlanishi, majburiyatning to’liq hisobga olinganligi, haqiqatda mavjudligi, to’g’ri baholanganligiga dalil bo’la oladi. Agar mijozning majburiyati uchinchi tomondan kafolatlangan bo’lsa, kafolat xati haqiqiy ekanligini kafolatchidan tasdiqlatib olish maqsadga muvofiq. Shuningdek, auditor qarzmajburiyatlarining to’lanish sanasini ham o’rganib chiqishi kerakki, ushbu sanalar uzoq muddatli majburiyat bilan qisqa muddatli majburiyatlarning to’g’ri tasniflanishini belgilaydi. Nihoyat, auditor har qanday qo’shimcha iqtiboslar, tushuntirishlar, ochib berishlar ilova qilinishi talab etiladigan qarz kelishuvlarini talab darajasida rasmiyoashtirilganligiga alohida e’tibor qaratishi kerak. Bunday qarz kelishuvlariga dividend to’lashda cheklovlar, qo’shimcha majburiyatlar chiqishi, ma’lum bir moliyaviy koeffitsientlar bilan ishlash misol bo’lishi mumkin. Download 107.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling