Majburiyатlar hisobi
Dt «Хodimlar bilan ish haqi bo`yicha hisoblashishlar» 78000 Kt
Download 52.46 Kb.
|
MAJBURIYATLAR HISOBI
Dt «Хodimlar bilan ish haqi bo`yicha hisoblashishlar» 78000
Kt «Deponentlangan ish haqi» 78000 Kafolat majburiyatlari Agar kompaniyaning sotish siyosatida o`z mahsulotiga kafolat berish tizimi ko`zda tutilgan bo`lsa, kafolatning harakat qilish muddati ichida korxonani xari-dorlar oldida majburiyati yuzaga keladi va bu majburiyatlarning joriy qismi «Kafolatlar bo`yicha majburiyatlar» deb nomlangan hisob raqami orqali buxgal-teriya hisobida o`z aksini topadi. Ayrim mahsulot, tovar va bajarilgan ish hamda xizmatlar katta xarajatni ketmaydigan kafolat xizmatini talab qilsa, bosh-qalari esa ko`proq xarajat taqozo qiladigan xizmat ko`rsatishni talab qilishi mumkin. Kafolatli xizmat ko`rsatish bo`yicha tuziladigan zahira summasi avvalgi yil tajribalaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 10-misol. «XYZ» kompaniyasi zamonaviy televizorlar ishlab chiqarish bilan shug`ullanadi. Kompaniyaning sotish siyosatida televizorlarning kineskopi uning texnik pasportida ko`rsatilgan muddatdan avval ishdan chiqsa, uni almashtirib berish ko`zda tutilgan. Avvalgi yillar ma`lumotlari shuni ko`rsatadiki, kafolat muddati ichida sotilgan tovarlarning 5 foizi kineskoplarni erta ishdan chiqishi sababi bilan kaytib keladi. Kineskopning o`rtacha qiymati 25000 so`m. Faraz qilamiz hisobot yilining may oyida 200 ta televizor sotilgan edi. Bu holatda kafolat majburiyatini may oyining oxiriga quyidagicha aks ettirish lozim Dt «Kafolat xizmati bo`yicha xarajatlar» 250000 Kt «Kafolatli xizmat bo`yicha zahira» 250000 Bu summa quyidagicha hisoblandi: Sotilgan televizorlar soni 200 Avvalgi yillarda almashtirish uchun qaytarilgan tovarlar foizi 5 % Kutilayotgan almashtirishlar miqdori (200 0.05) 10 Almashtiriladigan kineskopning qiymati 25000 Kafolat majburiyatlari bo`yicha zahira summasi 250000 Kompaniyaga almashtirish uchun qaytarilgan tovarlar qiymati shu maqsadda tashkil etilgan zahira hisobidan qoplanadi. Faraz qilamiz, iyun oyida sotilgan tovarlarning 2 tasi qaytib keldi va kompaniya bu tovarlarni almashtirib berdi. Download 52.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling