Мajburiyatlarning iqtisodiy mohiyati va mazmuni
Download 82.59 Kb.
|
Мajburiyatlarning iqtisodiy mohiyati va mazmuni Mamlakatimizda olib borilayotgan izchil va samarali islohotlar natijasi o‘laroq iqtisodiy ko‘rsatkichlarning barqarorligi saqlanib qolinmoqda, bunga ta’sir etuvchi asosiy omillar sifatida iqtisodiyotning modernizatsiya qilinishi, ishlab chiqarishni erkinlashtirish dasturining bekamu-ko‘st bajarilishi hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o‘zaro majburiyatlarning o‘z vaqtida ijro etilishi, to‘lov intizomiga amal qilinishini keltirishimiz mumkin. Majburiyatlar miqtsori xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faolidtini belgilab beruvchi muhim ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. O‘zbekiston Reslublikasining Fuqarolik kodeksi 234-moddasiga muvofiq, “Majburiyat- fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash va hokazo yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa - qarzdordan o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi»1. O‘z faoliyatini amalga oshirish uchun korxona tasarrufida muayyan iqtisodiy resurslar - bozor talabi bilan ta’minlanadigan iqtisodiy ne’matlar, ishchlab chiqarish uchun foydalaniladigan elementlar mavjud bo‘lishi lozim. Majburiyatlar bu tashqi foydalanuvchilar yoki kreditorlar tomonidan biznesda qarzlar yoki haqdorlik munosabatini yuzaga keltirishdir. Majburiyatlarga misol qilib kreditorlar( taminotchilardan mahsulotni kreditga sotib olganligi uchun qarzdorlik), bank kreditlari, foydalanilgan jamlangan xarajatlar( suv va elektr toki) va soliq to`lovlari kabi to`lanmagan biznes xarajatlarini keltirish mumkin.2 Mulkdorlar tomonidan kiritilgan mablag‘larning (pul, moddiy yoki nomoddiy) umumiy summasi o‘z kapital deb ataladi. Resurslarning bir qismi mulkdor hisoblanmagan boshqalar tomonidan kiritiladi yoki korxona bilan korrespondent aloqalarga kirgan yuridik va jismoniy shaxslardan (kreditorlar, mol yetkazib beruvchilar) jalb qilingan mablag‘larni tashkil qiladi. Jalb qilingan kapital sifatida xo‘jalik subyektining jismoniy yoki yuridik shaxslar oldidagi qarzdorligi natijasida, ya’ni firmaning o‘rnatilgan muddatda olingan iqtisodiy resurslarni yoki ularning pul ekvivalentini (tomonlar kelishuviga binoan), shuningdek, ularga hisoblangan mukofotlarni (agar shartnomada bu nazarda tutilgan bo‘lsa) egalariga (qarz beruvchilarga) qaytarish majburiyati yuzaga keladi. Majburiyat - bu xo‘jalik subyektining amalga oshirilgan harakatlari (bitimlar) natijasida shakllangan jalb qilingan mablag‘lar manbai bo‘lib, tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar yoki bajarilgan yshlar uchun kelgusi to‘lovlar uchun yuridik asos sifatida xizmat kiladi. Tenglamaning o‘ng va chap tomoni miqdori doimo moe keladi, chunki aynan bir narsa turli nuqtai nazar bilan ko‘rib chiqiladi. “Majburiyat” tushunchasiga berilgan ko‘plab ta’riflarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, aksariyat hollarda har bir ta’rif o‘z muallifining fikr va qarashlarini tasdiklash maqsadida shakllantirilgan bo‘lib, ularda bu tushuncha bilan bog‘liq ko‘plab jixatlari bir tomonlama alohida asoslangan holda ko‘rsatilgan. Holbuki, ilmiy kategoriya va tushunchalar o‘rganilayotgan sohaning muhim jixatlarini qamrab olishi, ixcham, sodda va qulay tuzilishga ega bo‘lishi fanning ham, amaliyotning ham samarasini yanada oshiradi. Yuqoridagilarni umumlashtirib majburiyatlarni tavsiflovchi quyidagi holatlarini keltirish mumkin: majburiyatlar - avval bo‘lib o‘tgan xo‘jalik muomalalari natijasidir; majburiyatlar - bir korxonaning ikkinchisiga bo‘lgan qarzdorligidir; majburiyatlar - korxona aktivlarining kamayishiga sabab bo‘luvchi, undiriluvchi qarzdorlikdir. “Majburiyat” tushunchasining asosiy ta’riflarini muayyan tizimga asoslangan tahlili natijasida quyidagi xulosaga kelindi “majburiyat bir korxonaning ikkinchisiga bo‘lgan qarzdorligini ko‘rsatuvchi, ularning so‘ndirilishi esa, qarzdor korxonaning aktivlarini kamaytiruvchi, oldindan yuz bergan xo‘jalik muomalalarning natijasidir”. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda majburiyatlarning yuzaga kelish sabablarini quyidagicha tarkiblash mumkin: iqtisodiy aloqaga kirishayotgan korxonalar tomonidan shartnomaviy majburiyatlarni belgilashga ma’suliyatsizlik bilan yondashuvi, natijada, shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun vujudga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy holatlarning shartnoma shartlarida aniq ko‘rsatilmaganligi; majburiyatlarning o‘z vaqtida, to‘liq va aniq hisobi yuritilmasligi; mahsulot, ish va xizmatlarni sotishda hisob-kitoblarning zamonaviy shakllaridan keng foydalanmaslik; korxonalarning moliyaviy ahvolini mukammal tarzda tahlil qilinmasligi hamda ularning natijalarini boshqaruv xodimlariga o‘z vaqtida taqdim etilmasligi; o‘zaro hisob-kitoblarda tomonlarning to‘lov layoqati pastligi; kredit tashkilotlari bilan mijoz o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlarda korxonalar faoliyatini baholashdagi kamchiliklarning mavjudligi. Bizning fikrimizcha majburiyat uchta asosiy xususiyatga ega bo‘lishi kerak: majburiyat, boshqa subyektga aktivlarning o‘tkazilishi, ishlar bajarib berilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi yoki hisob-kitob raqamidan pul to‘lab berilishi bilan qondirilishi mumkin; majburiyatlar munozarali bo‘lmasligi kerak, ya’ni korxona tomonidan tan olingan qarzdorlik majburiyatlar bo‘lib hisoblanadi; majburiyatning kelib chiqish sababi subyektiv omil tufayli bo‘lmasligi kerak. Birinchi holatda, majburiyatlarni qarzdor korxona tomonidan albatta to‘lanishi lozimligi nazarda tutilgan. Ularning o‘z vaqtida to‘lanmasligi turli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, qarz bergan korxona o‘z haqini talab qilib, xo‘jalik sudiga murojaat qilishi mumkin. Buning natijasida, qarzdor korxona sudda yutqazib qo‘yishi hamda sud jarayoni bilan bog‘liq xarajatlarni, qarz summasini, qarzni o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun sud tomonidan belgilangan jarima summasini va etkazilgan ma’naviy zararni qoplab berishiga to‘g‘ri keladi. Bu holat korxonaga katta zarar yetkazib, uning moliyaviy ahvolini yomonlashishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun majburiyatlarni, o‘z vaqtida mahsulot yetkazib berish, xizmat ko‘rsatish, ishlarni bajarib berish yoki pul to‘lovi orqali undirib borilishi talab qilinadi. Ikkinchi holat, qarzdor korxonada ham, qarz beruvchi korxonada ham majburiyat miqdori bir hil bo‘lishi hamda ushbu majburiyat har ikkalasi tomonidan tan olingan bo‘lishini anglatadi. Qarzdorlikning kelib chiqish sababi o‘rinli bo‘lishi kerak deyilganda, majburiyat paydo bo‘lishi uchun qarz bergan korxona tomonidan qarzdor korxonaga mahsulot yetkazib berilgan, xizmat ko‘rsatilgan, ishlar bajarib berilgan yoki pul ko‘rinishida to‘lov amalga oshirilgan bo‘lishi kerak. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zaro iqtisodiy munosabatga kirishishlari natijasida paydo bo‘lgan majburiyatlarini o‘z vaqtida, aniq va to‘g‘ri hamda turlarga ajratgan holda hisobga olib borilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, majburiyatlarni o‘z vaqtida va aniq hisobga olib bormasligi korxona uchun keyinchalik yuqorida aytib utilgan bir qator unumsiz xarajatlarni keltirib chiqaradi. Kreditorlik qarzi tashqaridan mablag‘lar kelishi hamda xo‘jalik faoliyati jarayonida qarz paydo bo‘lib, uning yozilishi natijasida vujudga keladi. Masalan, byudjetga qarzlar soliqlar hisoblanishi natijasida, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarzlar ish haqi hisoblash bilan yuzaga chiqadi va hokazo. Kreditorlik qarzi tashqaridan mablag‘lar kelishi hamda xo‘jalik faoliyati jarayonida qarz paydo bo‘lib, uning yozilishi natijasida vujudga keladi. Masalan, byudjetga qarzlar soliqlar hisoblanishi natijasida, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarzlar ish haqi hisoblash bilan yuzaga chiqadi va hokazo. Bu qarzlar shu korxonada hosil qilingan qo‘shimcha qiymat evaziga yoki uning qayta hisoblanishi hisobiga vujudga keladi. Kreditorlik qarzining ushbu guruhi bo‘yicha qarz xo‘jalik faoliyati jarayonida yozilganida paydo bo‘ladi, qarzlar olingan daromadlar hisobiga to‘lanadi. Qarz korxonaning turli bitimlarni bajarishi natijasida vujudga keladi va tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar yuzasidan kelgusidagi to‘lovlar uchun huquqiy asos bo‘lib hisoblanadi. rasm. Joriy kreditorlik qarzlari tarkibi 1-sonli BHMS “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot”ga binoan qarzlarni baholashning asosi bo‘lib, sotib olingan aktivlar, xizmat va ishlarning tannarxi yoki qiymati hisoblanadi. 1 2 Download 82.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling