Majidova zulfiyaning
Materiya tashkillanishining biologik bosqichlari
Download 33.13 Kb.
|
Hayot paydo bo`lishi haqidagi zamonaviy tasavvurlar.
Materiya tashkillanishining biologik bosqichlari
Hayotning paydo bo‘lish muammosidan jonli organizmlar tuzilishi muammosiga o‘ta turib, ta’kidlash lozimki, ushbu sohadagi ilmiy bilimlar ko‘proq yangi fan - molekulya biologiya hisobiga yuqori darajadagi ishonchlilikka ega bo‘lmoqdir. Taxminan 20-asr o‘rtalarida biologiyada ilmiy inqilob ro‘y berdi. 20-asrning ikkinchi yarmida hujayraning moddiy tuzilishi va unda ro‘y berayotgan jarayonlar aniqlandi. Hujayra biologiyadagi o‘ziga xos atomdir. Xuddi shu kabi turli organizmlar ham hujayraning ulkan to‘plamlaridan tarkib topadi. Hujayra va to‘qimalar tarkibini biokimyo o‘rganadi. Biokimyo barcha tirik organizmlarda, ularning eng mayda hamda eng soddalari bo‘lgan viruslar va mikroorganizmlardan tortib, eng katta va murakkablari – o‘simlik hamda hayvon organizmlarigacha bo‘lgan vakillarida kechadigan kimyoviy jarayonlar bilan shug‘ullanadi. Bu jarayonlar organizmda, uning to‘qimalari va a’zolarida hujayra hamda uning tarkibidagi strukturalarda doim sodir bo‘lib turadigan moddalar va energiya almashinuvidan iborat. Biokimyo, avvalo tabiatshunoslikning – yuksak darajasi poydevori sifatida xizmat qilgan bo‘lsa, endi uning tobora tezlashib kechayotgan jarayonlarini yangi g‘oyalar bilan sug‘orib turadi. Chunki jonli hayotning har bir qadami hujayradagi cheksiz kimyoviy jarayonlarning yig‘indisidan iborat. Demak, ular biokimyo shug‘ullanishi zarur bo‘lgan ob’ektdir. Barcha tirik mavjudotlarning eng muhim tarkibiy qismini hujayra tashkil etadi. Hujayra elementar tirik sistema, u mustaqil yashash, o‘zidan ko‘payish va rivojlanish qobiliyatiga ega. Hujayra ko‘pincha uning markazida joylashgan qattiq dumaloq massa – yadrodan va o‘zida mayda a’zolar - organellalar yoki organoidlar tutuvchi tiniq, yarim suyuq massa sitoplazmadan tuzilgan sistemadir. Ilmiy dalolatlar asosida birinchi jonli organizmlar bir hujayrali mayda bakteriyalar Yerda taxminan 3,5 mlrd. yil ilgari paydo bo‘lgan deb gumon qilinadi. Bakteriyalar dunyosida hujayralar sodda strukturaga ega – ular sitoplazma, uni o‘rab turadigan yumshoq hujayra membranasi va qattiq hujayra devoridan, ba’zan yana, ikkinchi tashqi membranadan tuzilgan. Sodda hujayraning bunday tipi prokariotlar deb ataladi, ularning ajralgan yadrolari, ixtisoslashgan membranali tuzilmalari bo‘lmaydi. Yuksak organizmlarning hujayralari eukariotik hujayralar deb ataladi. Ular prokariotlarga qaraganda ancha yirik, sitoplazmada yadrodan tashqari juda ko‘p hujayra ichidagi membranalar bilan bog‘liq strukturalarga ega. Asosan bir hujayralari mikroskopik tirik mavjudotlarning katta guruhi mikroorganizmlar deyiladi. Mikroorganizmlarga bakteriyalar, aktinomesitlar, achitqilar, mog‘or zamburug‘lari, mikroskopik suvo‘tlar va boshqalar kiradi. Mikrorganizmlar prokariotlar (hujayrasida yadro va xromosoma apparati yo‘q organizmlar) va eukariotlar (hujayrasida sitoplazma va membrana bilan ajratilgan yadrosi bor bir yoki ko‘p hujayrali organizmlar)ga bo‘linadi. Mikroorganizmlar tabiatda, ya’ni tuproq, suv, o‘simlik qoldiqlari va boshqalarda keng tarqalgan. Mikroorganizmlar tabiatda moddalar aylanishida katta rol o‘ynaydi. Mikroorganizmlar o‘simlik va hayvon qoldiqlarini parchalab, yashil o‘simliklar o‘zlashtirishi mumkin bo‘lgan mineral birikmalar (masalan, karbonat angidrid gazi, ammiak va boshqalar)ga aylantiradi. Mikroorganizmlar fosfor, azot, uglerod, oltingugurt, temir va boshqalarning tabiatda aylanishida ishtirok etadi. Bundan tashqari, tuproqda ko‘payib, so‘ng nobud bo‘lib, uni organik moddalarga boyitadi. Mikroorganizmlar hayot faoliyati natijasida tuproq unumdorligi ortadi. Kassalik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar ham mavjud. Hujayra a’zochalari yoki organellalari (organoidlari) bir butun sistemaning ayrim tarkibiy qismlari bo‘lib, ular hujayralardan sodda tuzilishi va alohida funksiyaga ega struktura bo‘lganidan ularni subhujayra komponentlari deb ham yuritiladi. Organellalar – eng sodda organizmlar organlari. Ular harakat qilish va qisqarish, resepsiya, hujum qilish, ovqat hazm qilish, ekskresiya va sekresiya kabi turli funksiyalarni bajaradilar. Ko‘pincha organellalar termini organoidlar sinonimi sifatida ishlatiladi. Har bir hujayra plazmatik membrana, yoki hujayra membranasi deb ataladigan, lipid va oqsillardan iborat yupqa qavat bilan o‘ralgan. Plazmatik membrana hujayrani tashqi muhitdan ajratib, sitoplazmadagi turli moddalarni hujayralar orasidagi suyuqlikda erigan moddalar bilan aralashib ketmasligini, ularning har ikki tomondagi konsentratsiyasi farqini ta’minlab turadi. Membrana molekulalar va hatto ionlarni ham tanlab o‘tkazish qobiliyatiga ega. Membrananing kimyoviy tarkibi va arxitektonikasi, ya’ni tarkibiy qismlarning bir-biriga nisbatan joylanishi, uning turi va funksiyasiga bog‘liq. Membrananing ichki va tashqi qavatlarida joylashgan fermentlar, kanalchalar, biologik aktiv moddalar bilan tanlab reaksiyaga kiradigan reseptor deb ataluvchi maxsus molekulyar sistemalar hujayraning hamma funksiyalarini tashqi muhit bilan uyg‘unlikda o‘tishini ta’min qiladilar. Hujayra yadrosi uning hayotini idora qilib turadigan asosiy organelladir. Yadrodan hujayraning ish bajaradigan qismi – sitoplazma komponentlariga buyruqlar va ko‘rsatmalar uzatib turadi. Mana shu informatsiya hujayraning turini aniqlaydi, sitoplazmada qanday oqsillar, fermentlar qay miqdorda sintezlanishi lozim ekanligini tayinlaydi. Yadro hujayra ichidagi eng yirik organelladir. Yadro morfologik tig‘iz, dumaloq massa shaklida bo‘lib, sitoplazmadan ikki qavatli membrana bilan ajralib turadi. Elektron mikroskop bilan kuzatilganda yadro membranasida anchagina g‘ovakchalarni ko‘rish mumkin. G‘ovakchalarning kattaligi hujayralarning turiga qarab 30 nm dan 100 nm gacha bo‘lganidan, makromolekulalar, xususan, oqsil va nuklein kislota fragmentlarining katta parchalari ular orqali o‘tib turishi mumkin. Yadroning ichki bo‘shlig‘i nukleoplazma deb ataladi. Uning uchun ham nafis struktura xos. Nukleoplazma tanasida juda ham tig‘iz RNK molekulalariga boy doira – yadrocha shaklida ko‘rinadi. Yadrocha ribosomalar RNKsi sintezlanadigan joy hisoblanadi. Nukleoplazmada yadrochadan tashqari yana boshqa zona ham mavjud. Bu zona xromatin deb ataladi. Mana shu zonalarda eukariotik (yadroli) hujayra DNKsining 95 %i ishqor tabiatiga ega oqsil – giston bilan bog‘langan holda bo‘ladi. Xromatin hujayraning bo‘linmayotgan davri – interfazada nukleoplazmada tekis taqsimlangan, turli uzunlikdagi to‘g‘ri, ba’zan bukilgan tayoqchalar shaklida ko‘rinadi. Hujayraning bo‘linish davrida yadroda qator hodisalar yuz beradiki, ular markazida xromatin donachalardan hosil bo‘lgan xromosomalar rangli tanachalar turadi. Hujayraning bo‘linish davri – mitozda ular turli shakllarga kiradilar. Har bir xromosoma ikkiga bo‘linadi, hujayrada murakkab iplar sistemasi paydo bo‘lib, xromosomalarning ikkala yarimta bo‘laklarini bir-biridan ajratib, hujayraning qarama-qarshi tomonlariga tortadi. Mana shunday ajoyib mexanizm tufayli ona hujayra bilan undan hosil bo‘lgan ikkita bola hujayralar xromosomalari to‘la identik (bir xil) bo‘lib chiqadilar. Hujayra yadrosidagi informatsiya materiali xromosomalarda joylashgan DNK molekulalari bo‘lib, uning genomini tashkil qiladi. Binobarin hujayra bo‘linishida xromosomalarni ikki bola hujayralariga bir tekis taqsimlanishi tufayli ular teng va bir xil informatsiya bilan ta’minlanadi. Mitoxondriyalar kimyoviy molekulalarda saqlanadigan potensial energiyaning turini o‘zgartirib, hujayra ehtiyojida foydalanishni qulay shaklga keltiradi. Shuning uchun ham ularni energiya transformatorlari, hujayra elektrostansiyasi deb ham yuritiladi. Mitoxondriyalarda modda almashinuvining oraliq mahsulotlari -metobolitlar to‘la oksidlanib, suv va karbonat angidridga aylanadi. Bu jarayonda ajraladigan energiya hisobiga hujayraning ehtiyojlari uchun foydalaniladigan odenozin trifosfat (ATF) ning energiyaga boy fosfat bog‘lari tuziladi. Odam va hayvonlar nerv sistemasining bo‘limini miya tashkil etadi. Miya organizmning eng murakkab hayotiy funksiyalari va muhit o‘zaro munosabatlarining boshqarilishini ta’minlaydi. Psixik faoliyatining oliy shaklini ong tashkil etadi. Ong faqat insonga xos fenomendir. Ong, uning mohiyati masalasi eng qadimiy muammolardan biri. Ongni dastlab diniy va mifologik qarashlar doirasida tushuntirishga uringanlar. Ongni diniy tushuntirish uni ilohiy hodisa, xudo yaratgan mo‘j’iza tarzida talqin qilishga asoslanadi. Ko‘pgina dinlarda inson ongni buyuk ilohiy aqlning namoyon bo‘lish shakli tarzida tavsiflanadi. Ongning mohiyatini izohlashda ikki yo‘nalish – bu ong moddiy olamni inson miyasida aks etishi deb tushunish, uni inson tanasi faoliyati bilan bog‘lab talqin etishdir. Ayni vaqtda materialistik yo‘nalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida ongning mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham paydo bo‘ldi. Aslida ong tarixi insonning inson bo‘lib shakllana boshlashi tarixi bilan bog‘liqdir. Inson ham biologik, ham ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir. Ong insonning fikr va hislari, sezgilari, tasavvurlari, irodasi va qarashlaridan tashkil topgan. O‘z-o‘zini anglash, xotira, iroda, nutq ongning asosiy jihatlaridir. Hozirgi zamon fani ong materiyaning uzoq davom etgan evolyutsiyasining natijasi ekanligini tan oladi. Materiya tabiat hamma vaqt mavjud bo‘lib kelgan, inson esa moddiy dunyoning nisbatan so‘nggi taraqqiyotining mahsulidir. Materiya taraqqiyoti, fikrlay oladigan insonning paydo bo‘lishi uchun bir necha million yillar kerak bo‘lgan. Ong tabiat taraqqiyoti mahsuli, materiyaning xossasidir, barcha materiyaning emas, balki oliy darajada tashkil topgan materiyaning, ya’ni inson miyasining mahsulidir. Lekin ongning bo‘lishi uchun miyaning o‘zigina bo‘lishi yetarli emas. Ong insonni qurshab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit bilan chambarchas bog‘langan va shu muhitning ta’sirida faoliyat ko‘rsata oladi. Hozirgi zamonda murakkab ijodiy jarayonlarni ham amalga oshiruvchi elektron mashinalar yaratilgan, lekin ular ongning o‘rnini bosa olmaydi, chunki ong o‘ta murakkab ob’ektiv mavjudlikdir. Ong ishtirokisiz sodir bo‘ladigan ruhiy jarayon va holatlar ongsizlik deb ataladi. Ongsizlik ko‘pincha, badan harakatida, xotira, hayolda namoyon bo‘ladi. Real mavjud, lekin sezilmaydigan qo‘zg‘atgichlar vujudga keltiradigan javob ta’sirotlarida, asli ongli paydo bo‘lib, takrorlanishi natijasida avtomatlashib ketgan harakatlarda va boshqa holatlarda ro‘y beradi. Masalan, odam o‘z o‘y-hayollariga cho‘mgan holda uyiga qaytadi va har holda yo‘ldan adashmasdan keladi. Agar u biror xavfni sezib qolsa, bu xavfning sababi va qandayligini hali anglamasdan turib ham, himoya harakatini qiladi. Z.Freyd ongsizlikni sof irratsionalistik tarzda talqin etadi. Uning fikricha, ong bilan ongsizlik o‘rtasida murosasiz qarama-qarshilik bor. Insonning butun xatti-harakati ana shu qarama-qarshilik bilan belgilanadi. Ongsizlikni odam anglashga va payqashga jur’at etolmaydi, u insondagi azaliy mayllar maskanidir. Foydalanilgan adabiyotlar: Download 33.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling