Majidova zulfiyaning


Yerda jonli tabiat to‘g‘risida


Download 33.13 Kb.
bet2/4
Sana23.12.2022
Hajmi33.13 Kb.
#1048998
1   2   3   4
Bog'liq
Hayot paydo bo`lishi haqidagi zamonaviy tasavvurlar.

Yerda jonli tabiat to‘g‘risida hozirgi zamon tabiatshunosligi
Yerda hayotni paydo bo‘lishi
Yerda hayotning paydo bo‘lishi va uning dastlabki taraqqiyot davri to‘g‘risida turli gipotezalar mavjud. Tirik tabiat haqidagi fanlar majsuasi biologiya deb ataladi. Biologiya hayotni barcha ko‘rinishlari: tirik organizmlar va tabiiy jamoalarning tuzilishi va funksiyasini, tirik mavjudotlarning kelib chiqishi va tarqalishi, ularning bir-biri va notirik tabiat bilan o‘zaro bog‘lanishini o‘rganadi
O‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida fanlar taraqqiyoti deyarli to‘xtab qolgan bir davrda Osiyo hududidagi davlatlarda tabiiy fanlar jadal sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Bu davr fanlari tarixida Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy kabi allomalar alohida o‘rin tutadi. Beruniy tabiat 5 element: bo‘shliq, havo, olov, suv va tuproqdan yaratilgan deb e’tirof etadi. U o‘zining “Hindiston” asarida tabiatni daraxtdagi eng baquvvat va sog‘lom novdalarining o‘sishiga imkon beradigan bog‘bonga o‘xshatadi. Bu bilan u tirik organizmlar o‘rtasida yashash uchun kurash borishi va tabiiy tanlanish sodir bo‘lishini bashorat qiladi. Ibn Sino o‘z asarlarida o‘simlik va hayvonlar hamda boshqa tabiiy jismlar, hodisalar va ularning sabablari to‘g‘risida yozib qoldirgan.

Hayotning moddiy asoslari 20 asrda, hayotning vujudga kelishi to‘g‘risidagi birinchi modellar yaratila boshlandi. 1924 yilda A.I.Oparinning “Hayotning kelib chiqishi” kitobida birinchi marta tabiiy-ilmiy konsepsiya ifoda etildi. Unga ko‘ra hayotning yuzaga kelishi – Yerda uzoq davom etgan evolyutsiya natijasi bo‘lib, bu jarayon kimyoviy, so‘ngra esa biokimyoviy xususiyat kasb etgan.
Bu konsepsiya ilmiy doiralarda eng katta e’tiborga sazovor bo‘ldi. Jonli tizimlar rivojlanishining quyidagi bosqichlarini ajartish mumkin, ya’ni dastlab eng oddiydan, so‘ngra esa borgan sari murakkablashib borgan. Moddiy jihatdan olganda, hayotning shakllanishi uchun avvalo uglerod zarurdir. Yerdagi hayot ushbu elementga asoslangan bo‘lib, uglerod hayotning asosini tashkil etadi.


Download 33.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling