Majmua pdf


Amir Temur davlati va saltanati tarixiy geografiyasi


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/85
Sana26.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1127786
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85
Bog'liq
Yordamchi tarix (2)

Amir Temur davlati va saltanati tarixiy geografiyasi. Amir Temur hokimiyat tepasiga
kelgach (1370), uning xalqaro miqyosdagi faoliyati, dastlabki yigirma yil davomida o‘z mavqeini
mustahkamlash, sobik CHigatoy ulusi hududini o‘z tasarrufiga kiritishni va Movarounnahrni
yuksaltirishdan iborat bo‘ldi. Bu ish ancha kiyinchilik bilan amalga oshdi; XIV asrning 70—80
yillarida sobiq Jo‘chi va CHig‘atoy uluslari erlarini qamrab olgan murakkab xalqaro vaziyat yuzaga
keldi. Natijada, Amir Temur Mo‘g‘uliston, Xorazm va Oltin O‘rdaga bir necha bor yurishlar
kilishga majbur bo‘ldi va ularning har birining o‘z sababi bor.
Amir Temur ayniqsa, Mo‘g‘uliston tomondan yangi chopqinlar, yurishlar bo‘lishi
mumkinligidan doim xavfsirardi. Amir Temur 1371 yil birinchi bor Mo‘g‘ulistonga yurish qilib, to
Ili vodiysigacha etib bordi. So‘ngra CHig‘atoy ulusining g‘arbiy chegaralarini tiklashga kirishdi.
O‘z vaqtida CHingizxon butun imperiyasini o‘g‘illariga taqsimlab, O‘rta Osiyo xududlarini
CHig‘atoyga, Xorazmni esa Jo‘chiga tegishli etgan edi. Biroq Xorazmning janubi-sharqiy qismi
va u erdagi Kot va Xiva shaharlarini CHig‘atoyga bergan. Qo‘ng‘irot urug‘idan bo‘lmish Husayn
So‘fi XIV asrning 60-yillarida Oltin O‘rda xoiligida avj olgan feodal nizolardan foydalanib,
Xorazmda xokimiyatni qo‘lga oldi va o‘z nomidan tanga ham zarb etdi. So‘ngra u CHig‘atoy
ulusidagi feodal tarqoqlikdan foydalanib, Xorazmning janubi-sharkiy kismini ham qo‘shib oldi.
Amir Temur Movarounnahrda taxtga o‘tirgach, o‘zini CHig‘atoy ulusining qonuniy
hukmdori hisoblab, Alqa tavochini Xorazmga Husayn So‘fi qoshig‘a elchi qilib jo‘natdi va Kot
hamda Xiva shaharlarini tobe erlari bilan birga kaytarib berishni talab qildi. Tarixchi Hofizi Abru
bu haqda quyidagilarni yozadi: «CHingizxon zamonidan buyon bu ikki viloyat (Kot va Xiva)
bizning (chig‘atoy) hukmdorlariga taallukli bo‘lgan». SHarafiddin Ali YAzdiy «Zarafnoma»sida
ham ushbu mazmun qayd etilgan: «Kot va Xivak CHig‘atoy ulusiga tegishli erur. O‘tgan muddat
ichida uni egasiz topib, o‘z tasarrufing havzasiga kiritmishsan. Endi lozimdirki, uni barcha tobe’ va
tutash (erlari) bilan birga bul tomon elchilari ixtiyoriga qaytarsang, toki (shu asosda), xar ikkala
tomon o‘rtasida samimiyat va do‘stlik yo‘li ochikligicha qolsa, totuvlik va qo‘llab-quvvatlamoq
shart-sharoitlari yaratilsa». Husayn So‘fi elchilarga qo‘pollik bilan: «Bu viloyatni men qilich
vositasida ko‘lga kiritganman va uni kilich bilan olishga to‘g‘ri keladi»,— deb javob qildi.
93


SHundan so‘ng, Amir Temur 1372 yili Xorazmga yurish qilib, to‘la g‘alaba qozondi. Husayn So‘fi
bu mag‘lubiyatdan g‘am-anduhga botib olamdan ko‘z yumdi va Xorazm taxtini uning ukasi YUsuf
So‘fi (1372—1380) egallab, Amir Temurga tobelik izhor etib sulh tuzdi. Ushbu sulxni Amir
Temur taklifiga ko‘ra, qon-qardoshlik iplari bilan bog‘lash maqsadida, O‘zbekxonning nevarasi
Xonzoda ismi bilan mashhur bo‘lgan Savinbekni Amir Temurning o‘g‘li Jahongir Mirzoga
berishga ahdlashildi. Lekin YUsuf So‘fi o‘z va’dasiga vafo qilmadi, aksincha, Kot viloyatiga
chopqin yasadi. Ushbu voqea sababli, Amir Temur 1373 yilning mart oyida ikkinchi marta
Xorazmga yurish qiladi. Lekin u etib borishi bilan YUsuf So‘fi ko‘rqib, uzr so‘raydi va zudlikda
Xonzodani jo‘natadi va temuriylar bilan chingiziylar hukmdorlari xonadoni o‘rtasida
qarindoshlik rishtasi vujudga keladi.
Mo‘g‘ulistonda esa bu paytda dug‘lot amirlaridan Qamariddin siyosiy maydonga chiqadi.
U tez orada chingiziylar avlodini qirib tashlab, zo‘ravonlik bilan taxtni egallaydi. Xon avlodidan
fakat hali juda yosh bo‘lgan Xizrxoja o‘g‘lonni bekitib Badaxshonga jo‘natadilar va shu yo‘l
bilan o‘limdan saqlab qoladilar.
Amir Temur 1375 yili Mo‘g‘ulistonga Qamariddin ustiga yurish qildi. Biroq Qamariddin
jang qilmaydi va^ qochib ketadi. Sohibqiron qo‘shinlari Qamariddinni ta’qib qilib to Yilbogi,

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling