Majmua pdf
Kushon podsholigi tarixiy geografiyasi
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
Yordamchi tarix (2)
Kushon podsholigi tarixiy geografiyasi. Miloddan avvalgi IV asr oxirlarida xitoy
manbalarida yuechjilar deb atalgan massaget qabilalari SHarqiy Turkistondan to Mo‘g‘uliston chegaralarigacha bo‘lgan xududlarga ko‘chib ketganlar. Xitoyning shimolida esa. xunn qabilalari yashagan. YUechjilar xunnlarga janubiy ko‘shni bo‘lgan. Miloddan avvalgi 176 yilda xunnlar yuechjilar ustiga xujum uyushtirdilar. Oqibatda xunnlar 165 yilda yuechjilarni g‘arbga uloqtirib tashlaydilar. YUechji qabilalari qadimgi Farg‘ona erlariga chekinadilar va o‘sha erda istiqomat qila boshlaydilar. Jumladan, hozirgi Namangan viloyatining YAngiqo‘rg‘on tumani xududida Kushon qishlog‘i va Kosonsoyda Koson shaxrini yuechjilar barpo kilgan edi. Ma’lumki, miloddan avvalgi 155 yilda YUnon-Baktriya davlati inqiroz sari yuzlandi. SHu qulay vaziyatdan foydalangan yuechjilar miloddan avvalgi 140 yili So‘g‘d erlari orqali Baqtriyaga bostirib keladilar va SHimoliy Baqgriya xududlarini egallab oladilar. YUechjilar Baqtriyada 100 yil mobaynida 5 ta qabilaga bo‘linib yashaganlar. Guyshuan (Kushon) qabilasi (yabg‘usi kudzula Kadfiz edi) to‘rtta qabila yabg‘ularini o‘ziga tobe etib barcha kabilalar ustidan hukmronlik qilardi. U o‘z davlatini Kushon podsholigi sifatida e’lon qildi va xozirgi Surxondaryo viloyatining SHo‘rchi tumanida joylashgan Dalvarzintepani bu beklikning poytaxtiga aylantirdi. Kudzula Kadfiz o‘z davlat chegaralarini kengaytirish va uning qudratini mustahkamlash maqsadida Amudaryoning chap sohilidagi tumanlarini egallashga bel bog‘ladi. U tez orada Parfiya, Afg‘oniston va Kashmirni egalladi. Kudzulla Kadfiz vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Vima Kadfiz taxtga o‘tiradi. Bu davrda Kushonlar davlati Pokiston va Hindistonning markaziy viloyatlarini bosib oladi. Vima Kadfizdan keyin mamlakatni idora qilish Kanishka zimmasiga tushgan. U podsholik qilgan davrda Hindistonning janubiy tumanlari, Markaziy Osienish So‘g‘diyona, Xorazm va CHoch viloyatlarini zabt etadi. Milodning I asr 70-80 yillarida SHarkiy Turkiston erlari masalasida Xitoy-Kushon mojarolari boshlanadi. SHunga qadar kushonlar xitoyliklarning SHarqiy Turkiston erlarini egallash uchun kilgan harbiy harakatlariga xayrixoh bo‘lganlar. Hatto ular 84-yilda xitoylarga karshi kurashish uchun Krshg‘arga yuborilgan Qanguy qo‘shinini tezda chaqirib olishni Qang‘uy 88 podshosidan talab ham qiladilar. Natijada Qang‘uy podshosi o‘z qo‘shinini chaqirib oladi. Qoshg‘ar hokimligi esa xitoyliklarga taslim bo‘ladi. Soson podshosi SHopur I (241-242 yillar) yozdirgan «Zoroastr Kaabasi»da kushonlar saltanatining xududi haqida: «Kushonlar mamlakati Peshavor, Qoshg‘ar, So‘g‘d va CHochga cho‘zilgan», - deyiladi. Markaziy Osiyoda kushonlar asos solgan 3 ta shahar bo‘lgan: 1. Koson- Farg‘ona vodiysida; 2. Kattaqo‘rg‘on - Zarafshon vohasida; 3. Kesh - Qashqadaryo viloyatidadir. Vasudeva davriga kelib Kushon podsholigi 2 kismga bo‘linadi. Mamlakatnik bir qismiga Vasudeva, ikkinchi qismiga Kanishka SH hukmronlik kiladi. Buii ularning har ikkalasi nomidan zarb etilgan tanga pullar isbotlaydi. 226 yilga kelib kushonlar saltanatida g‘arbda - Parfiya davlatining o‘rnida Sosoniylar davlati siyosat maydoniga chikdi. Bu davlat Parfiyaga karar edi. ammo podsho Artashir I davrida mustaqil davlat sifatida faoliyat ko‘rsatishga intildi va kushonlar davlatiga xavf sola boshladi. Bunday vaziyat kushonlarni befarq qoldirmadi. Kushon podshosi Vasudeva sosoniylar tomonidan bo‘ladigan xavfga qarshi ittifoq qidirib, 230 yilda Xitoyga o‘z elchisini yubordi. Kushonlar bilan sosoniylar o‘rtasida jang bo‘lishi tabiiy edi. 242-243 yillarda bo‘lib o‘tgan ikki o‘rtadagi jangda sosoniy SHoggur I ning qo‘shini kushonlarni mag‘lubiyatga uchratdi. SHundan so‘ng sosoniylar hukmdorlari SHarqiy Turkiston hududlarida «Kushonshoh» unvoniga ega bo‘ldilar. 252 yilda esa ular yana «Kushon shohlarining ulug‘ shohi» degan unvonga ega bo‘ldilar. Bu yillarga kelib kushonlar Hindistondagi erlarning xam katta qismidan judo bo‘ldilar. Buni bir budda matnida (SH asr o‘rtalariga oid) «dunyo uch qismga (Xitoy, Rim, Kushon) bo‘lingan, ammo osmon o‘g‘lonlari (saltanatlari) to‘rtga: Xitoy, Rim, Kushon va Hind» deb bergan xabaridan ham bilish mumkin. Hind manbalarida ko‘rsatilishicha, SH asr o‘rtalariga kelib Hindiston kushonlardan mustaqil davlat bo‘lib ajralib chiqqan. Xuddi shu yillarda Xorazm ham kushonlardan ajralib chiqadi. SHu tariqa SH asr o‘rtaparidan e’tiboran kushonlar saltanati chuqur iqtisodiy va siyosiy inqiroz sari yuzlanadi. Ammo shundan keyin ham Kushon davlati Urta SHarqning yirik davlatlardan biri sifatida yana 100 yildan ortiqroq vaqt tarix sahnasida turdi. IV asrning o‘rtalariga kelib kushonlar bilan sosoniylar o‘rtasidagi munosabatlar yana keskinlashdi. Bu davrda SHopur P (309-379) kushonlarga zarba berib, SHimoliy Baqtriya erlarini bosib oladi. Kushon podsholigi va kushonlar davri O‘zbekiston, Tojikiston, Afgoniston, Pokiston va Hindiston tarixida muhim o‘rin tutadi. SHunday qilib, Kushonlar saltanati tarix maydonida o‘z o‘rnini boshqa, o‘zidan kuchliroq siyosiy uyushmalarga bo‘shatib berdi. Kushonlar o‘zlarining taxminan 400 yillik xukmronlik davrida insoniyat jamiyati taraqqiyotida o‘chmas iz qoldirdilar. Bu davrda yaratilgan uning o‘tmishdagi qudratidan dalolatdir. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling